Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

83-rasm. 
Abu Ali ibn Sino


160
«Tib qonunlari» asari 500 yil mobaynida Yevropa universitetlarida asosiy 
tabobat qo‘llanmasi sifatida o‘qitilib kelindi. Olim odamdagi ba’zi kasalliklar 
(chechak, vabo, sil) ko‘zga ko‘rinmas organizmlar orqali paydo bo‘ladi, deb 
qayd qiladi. Binobarin, mikroskop kashf qilinmasdan, mikrobiologiya fani hali 
shakllanmasdan 600–700 yil oldin Ibn Sino yuqumli kasalliklar suv va havo 
orqali tarqalishini e’tirof etdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) buyuk 
davlat arbobi, shoir bo‘lib qolmasdan, tabiatshunos 
olim hamdir (84-rasm).
Bobur tomonidan yozilgan «Boburnoma»da Mar-
kaziv Osiyo, Afg‘o niston, Hindiston kabi mamlakat-
larning tarixi, geografi yasi, xalqlarning turmush kechi-
rish tarzi, madaniyati bilan birga, o‘simlik va hayvonot 
olami to‘g‘risida qiziqarli ma’lumot berilgan. U o‘zi 
ko‘r gan, kuzatganlariga asoslangan holda hayvon va 
o‘simliklarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o‘zaro 
o‘xshashligi yoki farqlari haqida ma’lumotlarni bayon 
etgan.
Bobur hayvonlarni to‘rt quruhga ajratgan: quruq-
lik hayvonlari, parrandalar, suv yaqinida yashaydigan hayvonlar va suv 
hayvonlariga ajratgan.
Tayanch so‘zlar: murtak, Gippokrat, Aristotel, «Qonlilar», «Qonsizlar».
Savol va topshiriqlar:
1. Farobiyning tabiat to‘g‘risidagi fi krlarini gapiring.
2. Beruniy tabiatshunoslikda qanday kashfi yotlar qilgan?
3. Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fanining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi 
nimalardan iborat?
4. Zahiriddin Muhammad Boburning izlanishlari haqida gapirib bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: Miloddan oldin yashagan tabiat shun os-
larning tabiat to‘g‘risidagi tasavvurlarini yozing.
Qadimgi Misr
Qadimgi Hindiston
Qadimgi Xitoy
O‘rta asrlarda ijod qilgan Markaziy Osiyo olimlarining tabiat tuzilishi haqidagi 
fi krlarini yozing.
84-rasm. Zahiriddin 
Muhammad Bobur


161
Farobiy
Beruniy
Ibn Sino
Bobur

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling