Biolog 10 indd


Qadimgi Yunonistonda tabiat haqida qarashlar. Tabiat haqida qa-


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Qadimgi Yunonistonda tabiat haqida qarashlar. Tabiat haqida qa-
dimgi Yunoniston va Rimdagi tasavvurlar. Qadimgi Yunonistonda tabiat -
shunoslikning rivojlanishi birinchi muallim nomini olgan Aristotel (eramiz-
gacha bo‘lgan 384–322-yillar) hayvonlar klassifi katsiyasining asosini tuzgan, 
solishtirma anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fi krlarni bayon etgan 
hamda organlar korrelatsiyasi va tabiatdagi asta-sekin rivojlanish to‘g‘risida 
ba’zi fi krlarni ilgari surgan. Uning fi kricha, tabiat sekin-asta jonsiz narsalardan 
rivojlanadi. Aristotel – hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan hamda 
hayvonot olamining klassifi katsiyasiga asos solgan olim. U hayvonlarni tasnif-
lash da ularning ayrim xossalariga emas, balki ko‘p belgilariga e’tibor berish 
kerakligini e’tirof etgan. U barcha hayvonlarni 2 ta guruhga – «qonlilar» 
va «qonsizlar»ga bo‘lgan. Bu guruhlar hozirgi «umurtqali» va «umurtqasiz» 
hayvonlarga to‘g‘ri keladi. «Qonlilar»ni 5 ta «katta avlod»ga ajratgan. Aristo-
telning katta avlodlari umurtqali hayvonlarning hozirgi sinfl ariga to‘g‘ri 
keladi. Olimning uqtirishicha, meduza, aktiniya, bulutlar tuzilishi jihatidan bir 
tomondan hayvonlarga, ikkinchi tomondan o‘simliklarga o‘xshash. Shuning 
uchun ularni Aristotel «zoofi tlar» deb atagan. «Hayvonlarning paydo bo‘lishi» 
asarida uqtirilishicha, embrion ma’lum izchillikda rivojlanadi. U oldin zoofi tlar, 
keyin umuman hayvonlar, so‘ng o‘z turiga xos tuzilishga va nihoyat shaxsiy 
xossalarga ega bo‘ladi. Uning fi kricha, qonli hayvonlarning barchasida ichki 
organlar o‘zaro o‘xshash va bir xil joylashgan.
Aristotelning shogirdlaridan biri Teofrast o‘simliklarning 400 dan ortiq 
turini o‘rgangan. Ularning tuzilishini, fi ziologiyasini, amaliy ahamiyatini tas-
vir lab bergan. U bir o‘simlik turi boshqa turga aylanishi mumkin degan fi krni 
quvvatlagan.
Rim olimi Lukretsiy Kar (er.av. 99–55) olam o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan, 
hayvonlar nam yerdan kelib chiqqan, dastlab ularning mayib-majruh xillari, 
keyinchalik harakatlanadigan, oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan o‘zini 
himoya qiladigan normal hayvonlar paydo bo‘lgan deb hisoblagan. Klavdiy 
Galen (130–200) tibbiyot asoschilaridan biri bo‘lgan. U qo‘y, it, ayiq va 
boshqa umurtqali hayvonlar tuzilishini o‘rgangan. Maymun va odam tana 
tuzilishi o‘xshashligini e’tirof etgan. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling