Biolog 10 indd


Populatsiya genofondining o‘zgarishiga olib keladigan jarayonlar


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Populatsiya genofondining o‘zgarishiga olib keladigan jarayonlar
Mutatsiyalar irsiy o‘zgaruvchanlikning asosiy manbayidir. Bir necha 
millionlab individlardan tashkil topgan populatsiyalar genofondidagi har bir 
gen avlodlarda mutatsiyalarga uchrashi mumkin. Bu mutatsiyalar kombinativ 
o‘zgaruvchanlik tufayli nasldan naslga beriladi. Ko‘pchilik mutatsiyalar 
retsessiv bo‘lgani uchun geterozigotalar fenotipida namoyon bo‘lmaydi, 
aksincha yashirin saqlanadi. Mutatsiyalar evolutsion jarayonlar uchun material 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Mutatsiyalar gen, xromosoma, genom va sitoplazmatik xillarga bo‘linadi. 
Mutatsiyalarning ko‘pchiligi zararli bo‘ladi va tabiiy tanlanish orqali bartaraf 
etiladi. Ayrim mutatsiyalar organizm uchun shu konkret sharoitda foydali 
bo‘lishi mumkin. Bunday mutatsiyalar organizmlarning ko‘payishi orqali 
kelgusi bo‘g‘inlariga beriladi va nasldan naslga o‘tgan sari populatsiya 
individlarida to‘plana boradi. Mutatsion o‘zgaruvchanlik uzoq vaqt davomida 
tabiiy tanlanish natijasida mustahkamlanib boradi va populatsiya genofondini 
o‘zgartiradi. Bu esa evolutsiya tomon qo‘yilgan dastlabki qadamdir. 
Populatsiya genofondining o‘zgargan yoki o‘zgarmaganligini qanday bilish 
mumkin? Odatda, populatsiya genofondidagi u yoki bu gen ta’sirida vujudga 
kelgan belgini turli xil organizmlarni bir necha bo‘g‘inlarda sanash orqali 
ularning har bir bo‘g‘indan takrorlanish miqdori aniqlanadi. Ularning o‘zaro 


153
nisbatini taqqoslash yo‘li bilan populatsiya genofondining o‘zgargan yoki 
o‘zgarmaganligi haqida mulohaza yuritiladi. 
Genlar dreyfi  – genetik-avtomatik jarayonlar – bir necha avlodlar 
davomida gen allellarining populatsiyada uchrash ehtimolining tasodifi y 
oʻzgarishi, ya’ni populatsiyalardagi individlar orasida tasodifi y kombinativ 
o‘zgaruvchanlikning yuzaga kelishidir. Kichik populatsiyada ayrim individlar 
o‘zining genotipidan qat’i nazar, tasodifi y sabablarga ko‘ra avlod qoldirishi 
yoki qoldirmasligi mumkin. Ko‘payish davrida hosil bo‘ladigan gametalarning 
hammasi ham zigota hosil qilishda ishtirok etmasligi orqali bu hodisaning 
mexanizmini tushunish mumkin. Bu esa populatsiyada u yoki bu allellarning 
uchrash chastotasi (takrorlanish tezligi)ni o‘zgartiradi. Tasodifi y ravishda 
genlar chastotalarining oʻzgarishi tufayli ayrim allellarning saqlanib qolishi
boshqasining yoʻqolishi roʻy beradi. Genlarning tasodifi y dreyfi natijasida, 
bir xil sharoitda yashayotgan, genetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan populatsiyalar 
asta-sekin o‘zining ayrim allellarini yo‘qotib boradi va populatsiyaning genetik 
strukturasi o‘zgaradi. Genlar dreyfi amerikalik genetik S. Rayt tomonidan 
o‘rganilgan. U bir necha oziqli probirkaga A geni bo‘yicha geterozigota bo‘lgan 
ikkitadan erkak va urg‘ochi drozofi lalarni joylashtirib, ularning nasllari ustida 
kuzatish o‘tkazdi. Bir necha bo‘g‘indan so‘ng probirkalardagi drozofi lalar 
tekshirilganda, ba’zi populatsiyada faqat mutant gomozigota borligi, boshqa 
populatsiya tarkibida u tamoman uchramasligi, uchinchilarida esa dominant 
hamda retsessiv allel formalar borligi aniqlandi. Demak, genlar dreyfi
populatsiya genofondining o‘zgarishiga olib keladi. Genlar dreyfi tabiiy ofatlar 
(oʻrmonlarning yonishi, suv toshqini), zararkunandalarning keng tarqalishi 
va boshqa hodisalar natijasida populatsiya individlari soni keskin kamayib 
ketganida aniq namoyon boʻladi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling