Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Ongli tanlash. Keyinchalik insoniyat ongining o‘sishi, fan va texnikaning 
rivojlanishi tufayli odamlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmonga 
bo‘lgan talabining ortishi bilan ongli tanlash nav, zot chiqarish ishida asosiy 
o‘rinni egallagan. Bunda yaratilmoqchi bo‘lgan o‘simlik navi, hayvon zoti 
qanday ijobiy belgi-xossalarga ega bo‘lishi oldindan rejalashtirilgan. So‘ngra 
ana shu reja asosida sun’iy tanlash olib borilgan. Bu esa yangi zot, navlar 
chiqarish muddatining qisqarishiga va tanlash natijasining ko‘p jihatdan 
samarali bo‘lishiga imkon bergan. 
Insonlar sun’iy tanlash o‘tkazar ekan, birinchi navbatda o‘z ehtiyojlarini 
qondirishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Bu ehtiyojlar esa turlicha: iqtisodiy, 
xo‘jalik, estetik talablarni qondirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Chunonchi, 
bir odam tovuqning ko‘p go‘sht beradigan, ikkinchisi ko‘p tuxum beradigan
uchinchisi urishqoq, to‘rtinchisi esa dum patlari uzun, chiroyli zotini yaratishni 
maqsad qilib qo‘ygan va o‘z maqsadiga asta-sekin erisha borgan. Sun’iy 
tanlashni turlicha yo‘nalishda olib borish barcha organizmlarga taalluqlidir. 
Qovunlarning ertapishar (handalaklar) yozgi yupqa va qalin po‘choqli hamda 
kuzgi, qishki navlarini, qo‘ylarning qorako‘l, hisor, otlarning axaltaka qora-
bayir zotlari yaratilganligi bunga yorqin misoldir.
Sun’iy tanlash jarayonida inson o‘zi uchun foydali belgi-xossalarini mumkin 
qadar keskin o‘zgartirishga harakat qilgan. Bo‘r doqi qo‘y, cho‘chqa zotlari, 


168
urug‘ ber may di gan o‘simlik navlari, itlarning 
junsiz, kaptarlarning shamolga qarshi ucha 
olmaydigan (tovus kap tar) zotlari chiqaril-
ganligi yuqoridagi fi kr ni tasdiqlovchi dalil-
lardir. Ba’zi madaniy o‘sim lik navlari, 
hayvon zotlarining yovvoyi ajdod lari 
bir tur, boshqalariniki esa ikki-uch tur 
hisoblanadi. Masalan, it zotlari chiyabo‘ri 
va bo‘ridan, qo‘ylar arxar, mufl on kabi 
yov vo yi ajdod turlardan, tovuq zotlari esa 
yov voyi bankiv tovug‘idan, kaptar zotlari, 
yovvoyi ko‘k qoya kaptar turidan, qoramol 
zotlari Yevropa turidan, karam navlari 
yovvoyi karam turidan keltirib chiqarilgan 
(89–90-rasmlar).
Darvin yuqoridagi mulohazalarning 
asos li ekanligini bir qancha dalillar bilan 
isbotlagan. Chunonchi, Hindiston va Janubi 
Sharqiy Osiyo chakalakzorlarida tarqalgan bankiv yovvoyi tur tovuqlari 
odamdan unchalik hurkmaydi, kechalari daraxt, buta shoxlarida uxlaydi va 
xonaki tovuqlar bilan chatishib nasl beradi. Bularning hammasi xonaki tovuqlar 
bankiv yovvoyi tovuqlardan kelib chiq qanligini isbotlovchi dalillar sanaladi. 
Mana shunday usul bilan Darvin boshqa xonakilashtirilgan hayvon zotlari, 
madaniy o‘simlik navlari qaysi yovvoyi turlardan kelib chiqqanligini asoslagan. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling