Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq
- 40-§. EVOLUTSIYANI HARAKATLANTIRUVCHI KUCHLAR. IRSIY O‘ZGARUVCHANLIK
Tayanch so‘zlar: zot, nav, ongli tanlash, tur xili, shaxsiy o‘zgaruvchanlik.
Savol va topshiriqlar: 1. Ch. Darvinning evolutsion g‘oyalari Lamarkning g‘oyalaridan nimasi bilan farq qiladi? 2. Ch. Darvin ta’limotining mazmun-mohiyatini izohlang. 3. Ch. Darvin xonaki hayvon, madaniy o‘simlik navlari xilma-xilligining sabab- larini qanday izohladi? 4. Sun’iy tanlashning muvaff aqiyatli chiqishi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim? 5. Darvin fi kricha, shaxsiy o‘zgaruvchanlik nima? Bunday o‘zgaruvchanlik evolutsion jarayonda qanday ahamiyaga ega? Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Sun’iy tanlash bilan tabiiy tanlanish o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni yozing. Ko‘rsatkichlar Sun’iy tanlash Tabiiy tanlanish Tanlash uchun material Foydali o‘zgarishlarga ega organizmlar taqdiri Foydasiz va zararli o‘zgarishli organizmlar taqdiri Tanlash yo‘nalishi Individual o‘zgaruvchanlik tavsifi Tanlash ta’sirining jadalligi Tanlash natijasi Tanlovchi omil 171 40-§. EVOLUTSIYANI HARAKATLANTIRUVCHI KUCHLAR. IRSIY O‘ZGARUVCHANLIK Darvin har qanday hayvon, o‘simlik organizmi nasl qoldirganda, yangi bo‘g‘in ota-ona formalaridan va o‘zaro ayrim belgilari bilan farq qilishini aniqlagan va uni shaxsiy o‘zgaruvchanlik atamasi bilan ta’rifl agan. Darvin yashagan davrda hayvonlar bilan o‘simliklarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi bilimlar yetarli emas edi. Shunga qaramay, u har qanday o‘zgaruvchanlikning asl sababi atrofdagi muhitning o‘zgarishida ekanligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga ko‘ra, tashqi muhit organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bevosita ta’sir etganda tashqi muhit omillari shu organizmga to‘gridan to‘g‘ri ta’sir etadi. Bilvosita ta’sir mazkur organizmning kelgusi avlodida namoyon bo‘ladi. Tashqi muhitning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri ikki xil – muayyan va nomuayyan bo‘lishi ham mumkin. Tashqi muhitning muayyan ta’sir etishida bir tur, zot, navga mansub organizmlar va ularning kelgusi avlodi bir yo‘na- lishda o‘zgaradi. Muayyan o‘zgaruvchanlik guruhli o‘zgaruvchanlik ham deb ataladi. Masalan, oziqning o‘zgarishi hayvonlarning mahsuldorligiga va o‘simliklarning hosildorligiga ta’sir etadi. Kunlar sovishi bilan shimolda yashovchi barcha sutemizuvchi hayvonlarning juni qalinlashadi. Muayyan o‘zgaruvchanlik evolutsiya jarayonida organizmlarning reaksiya normasi doirasida muhitga moslanishini ta’minlaydi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling