Biolog 10 indd


Nomuayyan yoki shaxsiy (individual) o‘zgaruvchanlikda


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Nomuayyan yoki shaxsiy (individual) o‘zgaruvchanlikda esa tashqi muhit 
omillari ta’sirida bir tur, zot, navga kiruvchi organizmlar turli yo‘nalishda 
o‘zgaradi va bunday o‘zgarish ayrim individlarda sodir bo‘lib, boshqalarida 
kuzatilmaydi. Evolutsiya jarayonida muayyan o‘zgaruvchanlikka nisbatan 
nomuayyan irsiy o‘zgaruvchanlik katta ahamiyatga ega, chunki u nasldan 
naslga o‘tadi va shuning uchun xonakilashtirilgan hayvon zotlari, madaniy 
o‘simlik navlarining tabiiy sharoitda esa turlar vujudga kelishida nihoyatda 
muhim rol o‘ynaydi. 
Hozirgi vaqtda organizmlardagi irsiy o‘zgaruvchanlik ularning tabiatiga 
qarab bir necha xillarga bo‘linadi. Siz irsiy o‘zgaruvchanlik va uning turlari 
bilan avvalgi boblarda tanishgansiz. 
Kombinativ o‘zgaruvchanlik. Bu o‘zgaruvchanlik ota-ona organizmlari 
genotiplaridagi genlarning qayta kombinatsiyalanishi, ularning o‘zaro ta’siri 
natijasida vujudga keladi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyozda gomologik 
xromosomalarning mustaqil taqsimlanishi, urug‘lanish paytida gametalarning 
tasodifi y kombinatsiyalari, xro mosomalar chalkashuvi va genlarning rekom-
binatsiyasi asosida kelib chiqadi. 


172
Mutatsion o‘zgaruvchanlik. Irsiy o‘zgaruvchanlikning bu xili organizm-
lar genotipining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘ladi. Mutatsiyalarning genlar 
va xromosomalarning o‘zgarishi bilan bog‘liqligi, ota-ona organizmlarida 
bo‘lmagan yangi va turg‘un irsiylanuvchi sifat o‘zgarishlarning kelib chiqishi 
mutatsion o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi muhim ahamiyatini belgilaydi. 
Mutatsiyalar foydali, neytral va zararli bo‘ladi. Foydali mutatsiyalar, 
deyarli kam uchrasa ham ular namoyon bo‘lgan organizmlar tabiiy va sun’iy 
tanlash jarayonida saqlanib qoladi. 
Mutatsiyalarni genotipning qaysi tarzda o‘zgarishiga qarab bir qancha tiplarga 
ajratish mumkin. Gen mutatsiyalari bir gen doirasida sodir bo‘ladigan irsiy o‘z-
garuvchanlikdir. Gen mutatsiyalari boshqa xil mutatsiyalarga nisbatan ko‘proq 
tarqalgan. DNK molekulasida bitta gen doirasida nukleotidlar tartibining o‘zgarishi 
yoki bir nukleotid o‘rniga boshqasining o‘rnashib qolishi gen mutatsiyasining kelib 
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xromosoma mutatsiyalari xromosomalarning 
anchagina katta, mik roskopda ko‘rsa bo‘la digan mutatsiyalardir. Xromosoma 
mutatsiyalarida xromosomalar soni o‘z garmaydi, ammo bir yoki bir nechta 
xromosomada qayta tuzilishlar kuzatiladi. Genom mutatsiyalar, bir tur organizm-
lariga xos xromosomalar to‘p lamidagi xromosomalar sonining o‘zgarishiga bog‘liq 
mutatsiyalardir. Genom mutatsiyasi to‘plamdagi xromosomalar sonining karrali 
ortishi xarakteriga qarab turlarga ajratiladi: polip loidiya – xromosoma to‘plami 
sonining o‘zgarishi, geteroploidiya – to‘plam dagi ayrim gomologik xromosoma 
sonining o‘zgarishi. 
Poliploid turlar o‘simliklar olamida ko‘p tarqalgan. Hayvon turlari orasida 
poliploid organizmlar juda kam uchraydi. 
Shunday qilib, kombinativ o‘zgaruvchanlik, tabiiy va sun’iy ravishda vu-
judga keladigan mutatsion o‘zgaruvchanlik nihoyatda xilma-xil bo‘lib, or-
ganizmlar evolutsiyasi va seleksiyada katta rol o‘ynaydi.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling