Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
70-rasm. 1 – maqsadga muvofi q
genni restriktaza yordamida kesib olish; 2 – vektor-plazmida; 3 – plazmidani restriktaza yor- damida kesish; 4 – ajratib olingan genni ligaza fermenti ishtirokida plazmidaga kiritib rekombinant plazmida (vektor konstruksiya) hosil qilish; 5 – vektorni bakteriya hujayrasiga kiritish; 6 – plazmida; 7 – bakteriya DNKsi; 8 – bak- teriyalarni klonlash orqali genni ko‘paytirish. Yot DNK bo‘lagini rekombinant vektor konstruksiyalar vositasida ko‘paytirish genlarni klonlash deb ataladi. DNK bo‘lagini klonlashda vektor 136 sifatida virus va fag DNK molekulasidan yoki ko‘chib yuruvchi genetik elementlardan ham foydalanish mumkin. Demak, gen muhandisligida quyidagilar amalga oshiriladi: 1. Kerakli genga ega donor organizmlardan zarur genlar ketma-ketligiga ega bo‘lgan DNK molekulasi ajratib olinadi. 2. Donor DNKsining zarur geni fermentlar ta’sirida boshqa qismlardan ajtatib olinadi. 3. Retsipiyent hujayra (qabul qiladigan hujayra)ga biror genni kiritish uchun mazkur hujayraga kira oladigan uncha katta bo‘lmagan DNK molekulasidan foydalaniladi. Bunday molekula vektor deyiladi. 4. DNK-vektorni donor genini kiritish mumkin bo‘lgan joyidan ferment yordamida kesiladi. 5. Ajratib olingan gen vektor molekulaga «tikiladi». Rekombinant DNK hosil qilinadi va klonlanadi. Kiritilgan gen saqlovchi yangi DNK molekulasi xo‘jayin retsipiyent hujayrasiga kiritiladi. 6. Xo‘jayin hujayrada DNK replikatsiyalanadi va hujayraning bo‘linishi orqali avlodlarga beriladi. 7. Rekombinant DNKni xo‘jayin hujayraga kiritish transformatsiya deyi- ladi. Yot DNK bo‘lagiga ega bo‘lgan organizmlar transgen organizmlar hisob- lanadi. Tayanch so‘zlar: EcoRI (eko-er-bir), elektroforez geli, vektor konstruksiya, transformatsiya, transgen hujayra. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling