Biolog 10 indd


Genlarning modifi kator ta’siri


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Genlarning modifi kator ta’siri. Organizm genotipida belgiga bevosita 
ta’sir etuvchi gendan tashqari ushbu genlar faoliyatini kuchaytiruvchi 
yoki susaytiruvchi genlar ham bo‘ladi. Bunday genlar modifi kator genlar 
deb nomlanadi. Chunonchi, qoramol yungi ba’zan ola-bula rangda bo‘ladi. 
Bu belgi bitta asosiy retsessiv gen va ikkita modifi kator genlar ta’sirida 
rivojlanadi. Uning bittasi oq rangning hosil bo‘lishini kuchaytiradi, ikkinchisi 
esa susaytiradi. Natijada birinchi holatda terida oq rangli, ikkinchi holatda qora 
rangli dog‘lar ko‘proq bo‘ladi.
Braxidaktiliya kasalligining barmoqlar kamroq qisqarishidan tortib ko‘proq 
qisqarishigacha bo‘lgan shakllari bor. Barmoqlari qisqa odamlar genotipi 
geterozigota (Bb), sog‘lom odamlar genotipi (bb) bo‘ladi. Ushbu mutatsiyaga 
uchragan odamlar shajarasini o‘rganish tufayli bu belgi fenotipda asosiy (B) 
genidan tashqari modifi kator genlar ishtirokida namoyon bo‘lishi aniqlandi. 
Modifi kator retsessiv genlar (n) gomozigota holatda bo‘lsa, barmoqlarning 
keskin qisqarishiga olib keladi. Modifi kator genlarning dominant alleli 


102
(N) gomozigota holatda barmoqlarning kamroq qisqarishiga olib keladi, 
geterozigota holatda esa o‘rtacha qisqarishiga sababchi bo‘ladi. 
Tayanch so‘zlar: allel, noallel, kumulativ, nokumulativ, pleyotropiya, modifi kator.
Savol va topshiriqlar:
1. Allel genlarning o‘zaro ta’sirining qanday turlari bor?
2. Noallel genlarning o‘zaro ta’sirining qanday turlari bor?
3. Komplementarlik deganda nimani tushunasiz? Unga misollar keltiring.
4. Epistaz irsiylanishni misollar yordamida tushuntiring.
5. Polimeriya nima? Polimer genlar deb qanday genlarga aytiladi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-masala. Arpa o‘simligida xlorofi ll pigmentini sintezlashda 2 ta ferment 
qatnashadi. Ularning bo‘lmasligi pigment sintezining buzilishiga olib boradi. 
Har bir fermentning sintezi har xil autosomalarda joylashgan dominant (A va 
B) genlar bilan ifodalanadi. Agar fermentning bittasi bo‘lmasa, o‘simliklar oq 
rangda, 2-fermentning bo‘lmasligi sariq rangda bo‘lishiga olib keladi. Ikkala 
fermentning bo‘lmasligi o‘simlikning oq rangini, ikkalasining bo‘lishi yashil 
rangini ta’minlaydi. Agar digeterozigota arpalar o‘zaro chatishtirilsa, avlodda 
olingan duragaylarning necha foizi faqat yashil rangli bo‘ladi? 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling