106
Somatik mutatsiyalar somatik hujayralarda sodir bo‘lib, jinsiy ko‘payish
orqali nasldan naslga berilmaydi. Lekin jinssiz usulda ko‘payuvchi organizmlarda
shu belgili avlodlar paydo bo‘ladi.
Organizmlarni yashash muhitiga moslanishlarini ta’minlovchi mutatsiyalar
foydali, hayot faoliyatiga ta’sir etmaydigan mutatsiyalar neytral mutatsiyalar
deyiladi. Organizmlarning yashash faoliyatini susaytiruvchi mutatsiyalar
yarim
letal mutatsiyalar deyiladi.
58-rasm. Xromosoma mutatsiyalari. (Alifboning har bir harfi bitta gen deb olingan).
Yarim letal mutatsiyalarga kalta oyoqli qo‘ylar va tovuqlarni misol qilib
olish mumkin. Embrional yoki postembrional
rivojlanishning dastlabki
bosqichlaridayoq o‘limga olib keladigan mutatsiyalar
letal mutatsiyalar deyiladi.
Xromosoma mutatsiyalari. Har bir biologik
tur boshqa turdan xromo-
somalarning soni, shakli, hajmi bilan farqlanadi. Xromosoma strukturasining
o‘zgarishi bilan bog‘liq mutatsiyalar
xromosoma mutatsiyalari deb nomlanadi
(58-rasm).
Deletsiya – xromosoma o‘rta
qismining yo‘qolishi;
duplikatsiya –
xromosomalar ayrim qismlarining
ikki marotaba ortishi;
inversiya –
xromosoma ayrim qismining o‘z o‘rnini 180
o
ga o‘zgarishi;
translokatsiya –
nogomologik xromosomalarning o‘zaro ayrim bo‘laklari bilan o‘rin almashishi.
Do'stlaringiz bilan baham: