Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: tranzitsiya, transversiya, deletsiya, duplikatsiya, inversiya, 
translokatsiya.
Savol va topshiriqlar:
1. Irsiy o‘zgaruvchanlik haqida gapirib bering.
2. Gen mutatsiyalari nima?
3. Genom mutatsiyalarini sharhlang.
4. Modifi katsion o‘zgaruvchanlikning ahamiyatini izohlang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: 
«Mutatsiyalarning ahamiyati» mavzusida referat yozing.


110
24-§. GENETIKA VA INSON SALOMATLIGI
Inson salomatligini saqlash, mustahkamlash va irsiy kasalliklarning oldini 
olishda genetika fanining tarmog‘i – odam genetikasi muhim o‘rin tutadi.
Odam Homo sapiens turiga mansub bo‘lib, biologik nazariyalarga ko‘ra 
u organik olamning tarkibiy qismi va uzoq davom etgan evolutsiya jarayoni 
mahsuli. Shu sababli ham tirik organizmlarga qo‘llaniladigan umumbiologik 
qonuniyatlar odam irsiyatini o‘rganishda qo‘llaniladi. 
Insonning shakllanishida uning organik olam shajarasining yuqori 
pog‘onasini egallashiga umumgenetik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar 
ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Odam ijtimoiy muhitda yashaganligi 
sababli, ularda oliy nerv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlar – aql, 
idrok, qobiliyat, nutq, mehnat qilish kabi xususiyatlar paydo bo‘lgan. Bu 
xususiyatlarning irsiylanishi juda murakkab bo‘lib, u genetik va ijtimoiy omillar 
tizimining umumiy ta’sirida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham odam 
genetikasini o‘rganishda uning tabiatda va jamiyatda tutgan o‘rnidan kelib 
chiqadigan o‘ziga xos tomonlari va qiyinchiliklari bor. Odam genetikasini 
o‘rganishda genetikaning duragaylash metodini qo‘llab bo‘lmaydi. Oilada 
farzandlar sonining kamligi belgi va xossalarning irsiylanishning xilma-
xilligini aniqlash imkonini bermaydi, shu sababli odam irsiyati geneologik
sitogenetik, immunologik, biokimyoviy va populatsion statistik metodlar 
yordamida o‘rganiladi. 
Odam genetikasi inson salomatligini mustahkamlashda amaliy ahamiyatga 
ega, odamdagi irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini molekula, hujayra, 
organizm va populatsiya darajalarida o‘rganib, belgi va xususiyatlarining 
normal va patologik holatidagi irsiylanishi va o‘zgarishining qonuniyatlarini 
kashf etadi. Odam genetikasining so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan yutuqlari 
irsiyatning molekular tuzilishi, mutatsiya va ular oqibatida kelib chiqadigan 
irsiy kasalliklarni o‘rganish imkonini beradi. Irsiy kasalliklar irsiy axborotni 
saqlash, avloddan avlodga o‘tkazish jarayonining buzilishi oqibatida kelib 
chiqadi va nasldan naslga o‘tadi.
Barcha tirik organizmlar kabi odam irsiyatida ham mutatsion o‘z-
garuvchanlik ro‘y beradi. Mutatsiyalarning odam organizmi va hayotiy 
jarayonlariga ko‘rsatgan ta’siriga ko‘ra foydali, zararli, neytral, letal, yarim 
letal turlarga ajratiladi.
Keyingi yillarda o‘rta yoshdagi odamlarning 70% ida tasodifi y irsiy 
o‘zgaruvchanlik – mutatsiyalarning ko‘p uchrashi aniqlangan. Mazkur 
mutatsiyalar jiddiy irsiy o‘zgaruvchanlik, inson hayotining davomiyligini 


111
cheklovchi, shuningdek, hayot va ish faoliyatiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadigan 
kasalliklarni vujudga keltiradi. Bugungi kundagi asosiy muammolardan biri 
inson genofondini saqlash orqali salomatlikni mustahkamlash sanaladi. 
Odam irsiyatini o‘rganishda quyidagi metodlardan foydalaniladi:

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling