Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Genom mutatsiyalari. Poliploidiya – xromosomlar gaploid to‘plamining 
karrali ortishi. Olimlar o‘simlik urug‘lariga kolxitsin moddasi bilan ta’sir qilib 


107
ko‘plab poliploid formalar oldilar. Kolxitsin moddasi bo‘linish urchug‘ining 
hosil bo‘lishini buzadi va oqibatda mitozning anafazasida xromosomalar ikki 
qutbga tarqalmay ona hujayra markazida qoladi.
Poliploidiya ikki xil bo‘ladi: avtopoliploidiya va allopoliploidiya
Avtopoliploidiya bir turga mansub organizm xromosomalarining karrali ortishi. 
Avtopoliploidlar muvozanatli (4n, 6n, 8n va hokazo) va muvozanatsiz (3n, 5n, 
7n va hokazo)ga ajraladi. Muvozanatli avtopoliploidlar xromosomasi diploid 
bo‘lgan organizmlarga qaraganda poya, barg, gul, meva urug‘lari yirik bo‘ladi. 
Allopoliploidlar har xil turga mansub organizm xromosomalarining 
birlashishidan hosil bo‘ladi. Allopoliploidiya turlararo duragay organizmlardagi 
xromosoma to‘plamining karrali ortishidir. XX asrning 20-yillarida 
G. D. Karpe chenko karam (Brassia oleraceae) bilan turp (Raphanus 
sativus)ni chatishtirib duragay olgan. Bunday turlararo duragaylarning 
vegetativ organlari kuchli rivojlansa ham ular pushtsiz bo‘lgan. Chunki 
turlararo duragaylarda xromosomalar soni 18 ta bo‘lsa ham ularning 9 tasi 
karamga, 9 tasi turpga tegishli bo‘lgani sababli ularning xromosomalari bir-
biri bilan konyugatsiyalanmaydi va oqibatda gametalarning hosil bo‘lishi 
normal bormaydi. G. D. Karpechenko urug‘chi va changchi gametalarining 
ayrimlari ikki avlodning xromosomalar yig‘indisiga (9R+9B) ega ekanligini 
aniqladi. Bunday diploid to‘plamli xromosomaga ega urug‘chi va changchi 
gametalarining o‘zaro qo‘shilishidan 36 xromosomali tetraploid nasl beruvchi 
o‘simlik olindi. Bug‘doyning tetraploid (28) va geksoploid (42) xromosomali, 
g‘o‘zaning tetraploid (52) xromosomali turlari mavjud. 
Aneuploidiya hodisasi xromosomalar soni ortishi yoki kamayishi bilan 
aloqador. Ayrim holatlarda meyoz jarayonida xromosomalar ikki qiz hujayraga 
teng taqsimlanmasligi mumkin. Bunda bir gametaga bitta, ikkita yoki uchta 
xromosoma ortiqcha, ikkinchi gametaga shuncha xromosoma kam taqsimlanadi. 
Agar zigotada bitta xromosoma ortiqcha bo‘lsa trisomik, bitta xromosoma kam 
bo‘lsa monosomik, bir juft ortiqcha bo‘lsa tetrasomik, bir juft kam bo‘lsa 
nullisomik deb ataladi. Xromosomalarning son jihatdan ortiqcha yoki kam 
bo‘lishi fenotipda jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling