Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pleyotropiya.
56-rasm. Genlarning o‘zaro 1:4:6:4:1 nisbatda polimer
ta’siri. noallel gen ishtirokida F 2 da fenotip bo‘yicha nisbat 15:1 bo‘ladi. Masalan, jag‘jag‘ o‘simligida qo‘zoqcha mevasi uchburchak va tuxumsimon shaklda bo‘ladi. Agar qo‘zoqchasi uchburchak jag‘jag‘ bilan qo‘zoqchasi tuxumsimon 101 shakldagi jag‘jag‘ chatishtirilsa, F 1 avlodda qo‘zoqcha mevalarning uchburchak shakli hosil bo‘ladi, F 2 duragaylarining 15 / 16 qismi uchburchak, 1 / 16 qismi esa tuxumsimon shakldagi mevaga ega bo‘ladi. Pleyotropiya. Genlarning ko‘p tomonlama ta’siri pleyotropiya deyiladi. Genlarning pleyotrop ta’siri biokimyoviy tabiatga ega: bitta gen nazorati ostida hosil bo‘ladigan bitta oqsil – ferment nafaqat bitta belgining yuzaga chiqishiga, shuningdek, boshqa turli xil belgi va xususiyatlarga ham ta’sir etib, ularda o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Genlarning pleyotrop ta’siri birinchi marta G. Mendel tomonidan aniqlangan, bunda u to‘q qizil gulli o‘simliklarning barg qo‘ltig‘ida qizil dog‘larni, urug‘ po‘sti esa kulrang yoki qo‘ng‘ir rangda bo‘lishini kuzatgan. Bunday belgilarning rivojlanishi bitta irsiy omil (gen) ta’sirida amalga oshadi. Odamda retsessiv irsiy kasallik – o‘roqsimon anemiya uchraydi. Gemo - g lobin molekulasida aminokislotalardan birining o‘rin almashib qolishi eritrotsit shaklining o‘zgarishiga olib keladi. Shu bilan bir vaqtda yurak-qon tomir, nerv, ovqat hazm qilish, ayirish sistemalarida chuqur o‘zgarishlar yuzaga chiqadi. Mazkur kasallik bo‘yicha gomozigota organizm bolalikda nobud bo‘ladi. Shunday qilib, «gen belgining rivojlanishini belgilaydi» degan ibora ma’lum darajada shartlidir, chunki genning ta’siri boshqa genlarga bog‘liq. Genlarning o‘zaro ta’siri yuzaga chiqishiga tashqi muhit omillari ham ta’sir ko‘rsatadi. Genotip o‘zaro ta’sirlashadigan genlar sistemasidir. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling