Biolog 10 indd


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/189
Sana24.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1687024
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   189
Bog'liq
biologiya 10 uzb

Tayanch so‘zlar: dimorfi zm, autosoma, jinsiy xromosoma, gomogametali
geterogametali.
Savol va topshiriqlar:
1. Urg‘ochi organizm gomogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni 
misollar bilan yozib tushuntiring.
2. Urg‘ochi organizm geterogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni 
misollar bilan izohlang.
3. X xromosoma tarqalmaganda belgilarning irsiylanishi drozofi la meva 
pashshasida qanday bo‘ladi?
4. X xromosoma birikkan holatda bo‘lganda belgilarning irsiylanishiga oid 
misollar keltiring.
5. Geterogametali va gomogametali organizmlar yozuvda qanday ifodalanadi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Jadvalni to‘ldiring.
T/r Urg‘ochilari gomogametali organizmlar Erkaklari gomogametali organizmlar
1
49-rasm. Qushlarda jinsning 
irsiylanishi.


95
21-§. JINS BILAN BOG‘LIQ HOLDA IRSIYLANISH
Genlar faqat autosomada emas, balki jinsiy xromosomalarda ham 
joylashgan. Autosomadagi genlar faoliyati erkak va urg‘ochi organizmlarda 
bir xil namoyon bo‘ladi. Jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar jins bilan 
bog‘liq holda nasldan naslga o‘tadi. Bu hodisa amerikalik T. Morgan va 
uning shogirdlari tomonidan drozofi lada oʻrganilgan. Morgan drozofi laning 
ko‘z rangini irsiylanishini o‘rgandi. Ko‘zning qizil rangi dominant, oq rangi 
esa retsessiv ekanligi ma’lum bo‘ldi. Chatishtirish uchun olingan urg‘ochi 
qizil ko‘zli gomozigota drozofi la genotipi X
W+
X
W+
, oq ko‘zli erkakniki X
W

bo‘ladi. Ularni o‘zaro chatishtirish natijasida F
1
dagi urg‘ochi va erkak 
drozofi lalarning ko‘zi qizil bo‘ladi. F
2
dagi urg‘ochi drozofi lalarning hammasi 
qizil ko‘zli, lekin ularning ½ qismi gomozigota, ½ qismi geterozigota holatda, 
erkaklarining ½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi. 
Agar chatishtirish uchun oq ko‘zli urg‘ochi pashshalar bilan qizil ko‘zli
erkak pashshalar olinsa (resiprok chatishtirish), F
1
da hosil bo‘lgan erkak 
drozofi lalar oq ko‘zli, urg‘ochi drozofi lalar qizil ko‘zli bo‘ladi. F
2
dagi urg‘ochi 
drozofi lalarning ½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi, erkaklarining
½ qismi qizil ko‘zli, ½ qismi oq ko‘zli bo‘ladi (50-rasm).

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling