Biolog 10 indd
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya 10 uzb
50-rasm. Drozofi la meva pashshasida ko‘z rangining jinsga birikkan holda
irsiylanishi. W + – ko‘z rangining qizilligini, W– ko‘z rangining oqligini ifodalaydi. 96 Urg‘ochi organizm gomogameta, erkak geterogameta bo‘lgan taqdirda, jins bilan bog‘liq belgilar boshqa organizmlarda ham shunday usulda avloddan avlodga beriladi. Gemofi liya, daltonizm, muskul distrofi yasi X xromosomaga bog‘liq holda irsiylanadi. Urg‘ochisi geterogameta bo‘lgan organizmlarda jins bilan birikkan belgilarning irsiylanishi boshqacharoq kechadi. Masalan, tovuq va xo‘rozlarning pati chipor bo‘lishi dominant, qora rangda bo‘lishi retsessiv genlarga bog‘liq. Ular X xromosomada joylashgan. Agar qora patli (b) tovuq bilan chipor (B) patli xo‘roz chatishtirilsa F 1 avloddagi tovuq va xo‘rozlarning pati chipor rangda bo‘ladi. F 1 dagi xo‘roz va tovuqlar o‘zaro chatishtirilsa, F 2 avlodning barcha xo‘rozlari chipor, tovuqlarining ½ qismi chipor, ½ qismi qora patli bo‘ladi. Fenotip qora ♀ chipor ♂ P Genotip X b Y x X B X B gameta X b Y X B Fenotip chipor ♂ chipor ♀ F 1 Genotip X B X b x X B Y gameta X B X b X B Y Fenotip chipor ♂ chipor ♂ chipor ♀ qora ♀ F 2 Genotip X B X B X B X b X B Y X b Y Retsiprok chatishtirishda, ya’ni chipor tovuq bilan qora xo‘roz chatishishidan olingan F 1 parrandalarning tovuqlari qora, xo‘rozlari chipor rangda bo‘ladi. Ularning ikkinchi avlodida tovuq va xo‘rozlarning ½ qismi chipor, ½ qismining pati qora rangda bo‘ladi. Organizmlardagi ayrim belgilar Y xromosomada joylashgan genlar orqali irsiylanadi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling