Biologik teshirishlarda radionukleidli usullardan foydalanish
Download 0.78 Mb.
|
BIOLOGIK TESHIRISHLARDA RADIONUKLEIDLI USULLARDAN FOYDALANISH OZODA
Hozirgi vaqtda radionuklid diagnostika shakllangan bo‘lib, tibbiyot sohasida keng qo‘llanilmoqda. To‘rtinchi davr 1970-2000 yillarga to‘gri keladi. Bu davr tibbiyot diagnostikasi sohasida "IN VITRO" yangi usul -radioimmunologik tahlil (RIT) bilan uzviy bog‘liq. Bu usulning prinsipial asosi 1960 yilda NyuYorkda R.Yalou, Londonda S.Berson va R. Ekensonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Yangi ilmiy tadqiqotlar uchun ular 1977 yilda Nobel mukofoti laureati bo‘lganlar. R.Yalou esa 1978 yilda Xeveshi faxriy medalini olishga muyassar bo‘lgan.
1982 yil avgust oyida Parijda bo‘lgan III Xalqaro kongress qatnashchilari diagnostika sohasidagi yangi usul -radioimmunologik tahlil asoschisi olima R.Yalou ma`ruzasini tinglab, uni o‘rinlaridan turib olqishlaydilar. Bu usulning ahamiyati shundaki, u bilan qon tarkibida kam miqdorda bo‘ladigan moddalar (gormonlar, fermentlar, aminokislotalar, dorilar, turli kasalliklarga xos moddalar va b. q.)ni aniqlash mumkin. Radioimmunologik tahlil mohiyati shundan iboratki, u organizmning molekulyar, hujayra va umumiy sezgirligini, turli begona (yot) moddalar (antigenlar)ga reaksiyasini o‘rganadi. Antigen organizmga kirganda, unda antitelolar ishlab chiqariladi va antigenni topib, uni o‘rab oladi va himoya qilib moddani qabul qiladi. Bu radioimmunologik tahlil asosi hisoblanadi. Mualliflarning hizmati antigenni radionuklid bilan nishonlab, nishonlangan antigenni olish va antitelo - nishonlangan antigen kompleks miqdorini aniqlashdan iborat
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling