Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Protokooperatsiya
- Kommensalizm
- Konsentratsiyalash funksiyasi
Simbioz munosabatning
quyidagi turlari mavjud: mutualizm, protokooperatsiya, kommensalizm. Mutualizm (lotincha «mutus» – o‗zaro) – har ikki populatsiya uchun o‗zaro manfaatli va majburiy munosabat turi. Bu munosabatlarning buzilishi bir yoki har ikkala populatsiya hayotiy faoliyatini cheklab qo‗yadi. Mutualizmga ko‗plab misollar keltirish mumkin. Protokooperatsiya – (yunoncha – «protos» – dastlabki, «cooperatio» – hamkorlik) har ikki populatsiya hayot faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadigan, ikki tomon ham manfaatdor, lekin majburiy bo‗lmagan, ya‘ni har bir populatsiya alohida faoliyat ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan o‗zaro munosabat turi. Tabiatda shunday baliq turlari borki, ular yirik baliqlar terisini, jabra va og‗iz bo‗shlig‗ini parazitlardan tozalab beradi. Asalarilar gulli o‗simliklardan o‗ziga oziq (chang, nektar) olish davomida o‗simliklarni changlantiradi. Kommensalizm (fransuzcha «commensal» – hamtovoq) – birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladi, ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar ko‗rmaydigan o‗zaro munosabatning bir turi sanaladi. 2-savolga javob : Energetik funksiya tirik organizmlarning quyosh energiyasini o‗zlashtirib, uni organik moddalarning kimyoviy bog‗lar energiyasiga aylantirishi va oziq zanjiri bo‗ylab o‗tkazishida namoyon bo‗ladi. Tirik modda Yer va koinotni fotosintez jarayoni orqali bog‗laydi. Energetik funksiya tufayli ekotizimlarda yo‗qotilgan energiya o‗rnining qoplanishi va biosferada hayot davomiyligi ta‘minlanadi. Tirik moddada to‗plangan energiya hisobiga Yer yuzidagi barcha hayotiy jarayonlar amalga oshiriladi. Energiya qisman issiqlik ko‗rinishida tarqal sa, qisman qazilma ko‗rinishida to‗planadi (torf, neft, toshko‗mir va h.k). Konsentratsiyalash funksiyasi tirik organizmlarning hayotiy jarayonlarida ayrim moddalarni to‗plash xususiyatida namoyon bo‗ladi. Bu funksiya tufayli tirik organizmlar tashqi muhitdan biogen elementlarni o‗zlashtiradi va to‗playdi. Tirik modda tarkibida vodorod, uglerod, azot, kislorod, natriy, magniy, kremniy, oltingugurt, xlor, kaliy, kalsiy miqdori anorganik tabiatga nisbatan yuqori bo‗ladi. Tirik organizmlarda uglerod miqdori ko‗p. Metallar orasida miqdori jihatdan kalsiy birinchi o‗rinni egallaydi. Ohaktosh konlari hayvonlarning ohakdan iborat skeleti qoldiqlari hisoblanadi. Bulutlar, diatom suvo‗tlar, nursimonlar kremniy to‗playdi, qo‗ng‗ir suvo‗tlarda yod, umurtqali hayvonlar skeletida esa fosfor ko‗p miqdorda to‗planadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling