Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


Turning fazoviy strukturasi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

Turning fazoviy strukturasi
– populatsiya individlarining o‗zlari egallagan hudud da tarqalishi. 
Turlarning biotopda ham gorizontal, ham vertikal yo‗nalishlarda ma‘lum qonuniyat asosida taqsimlanishi
biotsenozning fazoviy strukturasini belgilaydi. Biotsenozga vertikal yaruslilik va gorizontal mozaik 
struktura xosdir. Quruqlik biotsenozlarida vertikal strukturaning shakllanishida bo‗yi turlicha balandlikdagi
o‗simliklar asosiy rol o‗ynaydi. Yarus – biotsenozda birgalikda o‗sadigan, bir-biridan balandligi bilan
farqlanadigan turli guruhlarga mansub bo‗lgan o‗simlik turlaridir. Turli yaruslar o‗simliklarning xilma-xil 
hayotiy shaklla ridan hosil bo‗ladi. Yuqori yarusni yorug‗sevar o‗simliklar tashkil etadi. Pastki yarusda soyaga
chidamlilari, eng quyida esa soyasevar o‗simlik turlari o‗sadi.
O‗simliklarning bunday joylashishi quyosh
energiyasini to‗liq o‗zlashtirilishini ta‘minlaydi. Birinchi yarusni baland daraxtlar (eman, terak, shumtol, 
jo‗ka), ikkinchi yarusni unchalik baland bo‗lmagan daraxtlar (yovvoyi olma, nok, chetan) tashkil qiladi.
Uchinchi yarus butalar (o‗rmon yong‗og‗i, kalina), to‗rtinchisi baland o‗tlar va chala butalardan, beshinchi 
yarus baland bo‗lmagan o‗tlar (yertut, yo‗sinlar)dan tashkil topgan.
Biotsenozning gorizontal strukturasi (mozaiklik
). Tabiiy populatsiyalar individlari bir tekis, tasodifiy va
guruhli tarzda taqsimlanadi. Oziq zaxiralari va hudud uchun kurash keskin kechadigan turlarning 
@UzBMBA


individlari arealda bir tekis taqsimlanadi. Masalan, quyuq o‗rmonda qo‗shni daraxtlar bir-biridan
taxminan shox-shabbasining hajmiga teng masofada uzoqlikda o‗sadi. Ekologik shart-sharoitlarga ko‗ra
yashash muhiti bir xil bo‗lgan arealda individlar tasodifiy taqsimlanadi. Guruhli taqsimlanish tabiatda
eng ko‗p uchraydi. Organizmlar arealning ma‘lum hududlarida to‗plangan bo‗lib, bunday hududlar
orasida foydalanilmagan maydonlar bo‗ladi. O‗simliklarning guruhli taqsimlanishi ularning ko‗payish
usulining mevasi va urug‗larning tarqalishi bilan bog‗liqdir. Masalan, ayrim o‗simliklarning mevalari
yirik, og‗ir (o‗rmon
yong‗og‗i, eman yong‗og‗i) bo‗lib, ular daraxt yoniga tushadi, guruh hosil qilgan holda shu yerdan unib
chiqadi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling