Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

2-savol javobi:
Biosfera chegaralari.
Biosfera ma‘lum chegaralarga ega bo‗lib, bu chegaralar hayotni ta‘minlovchi
shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Hayotni ta‘minlovchi shart-sharoitlarga tirik organizmlar hayot faoliyati
uchun qulay harorat, yorug‗lik, yetarli miqdorda suv, kislorod, karbonat angidrid gazi va boshqa mineral
moddalarning mavjudligi kabilar kiradi. Bu shart-sharoitlar Yer sharining uchta qobig‗i: atmosfera,
litosfera va gidrosfera tutashgan joyda yuzaga keladi. Biosfera litosferaning yuqori qatlamini,
gidrosferaning barcha qatlamlarini va atmosferaning quyi qatlamini o‗z ichiga oladi.
3-savol javobi
:
BILET-17 
1. Antropogen omillar haqida ma‘lumot bering. 
2. Rasmda qanday jarayon ifodalangan? Izohlang: 
3. Botqoq va o tloq tipidagi oziq zanjirlarini tuzing. Ularni o zaro solishtiring, tahlil qiling. 
ʻ
ʻ


1-savolga javob: 
Antropogen omillar deyilganda insonning atrof-muhitga, ya‘ni tirik organizmlar, biogeotsenozlar,
biosferaga har qanday (bevosita va bilvosita) ta‘siri tushuniladi. Antropogen omillar insonning faoliyati
natijasida kelib chiqadigan omillardir. Antropogen ta‘sir natijasida tirik organizmlarning yashash muhiti 
o‗zgaradi, bu esa o‗z navbatida, ekotizimlarning tarkibiy qismlari o‗rtasidagi bog‗lanishlarning
buzilishiga olib keladi. Inson o‗z ehtiyojlaridan kelib chiqib tabiatga ta‘sir ko‗rsatishi oqibatida 
o‗simliklar, hayvonlarning yashash muhitlari ham o‗zgaradi. Insonning tabiatga ta‘siri bevosita va
bilvosita bo‗lishi mumkin. Insonning bevosita ta‘siri to‗g‗ridan to‗g‗ri tirik organizmlarga qaratilgan bo‗ladi.
Masalan, ko‗mir qazib olganda, yog‗och kesganda inson ko‗mir yoki o‗rmonga nisbatan to‗g‗ridan to‗g‗ri 
yoki bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Nooqilona, rejalashtirilmasdan hayvonlarning ko‗plab ovlanishi turlar
sonining keskin kamayishiga olib keladi. Insonning tabiatga ta‘sir kuchi ortib borayotganligi tabiatni
muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Insonning bilvosita ta‘siri iqlim, landshaftlar,
atmosfera va suv
havzalarining fizik va kimyoviy ko‗rsatkichlari, tuproq, o‗simliklar va hayvonot dunyosini o‗zgartirish
orqali amalga oshiriladi. Bilvosita ta‘sirda inson tabiatning muayyan obyektiga emas, balki boshqa
obyektlarga ta‘sir qiladi. Masalan, o‗rmondagi daraxtlarning kesilishi daraxtlarga nisbatan to‗g‗ridan to‗g‗ri 
ta‘sir hisoblanadi, lekin bu o‗z navbatida o‗rmondagi boshqa o‗simliklar va hayvonot dunyosining
o‗zgarishiga, tuproq yemirilishiga olib keladi. Zararkunandalarga qarshi zaharli kimyoviy moddalarning 
qo‗llanilishi boshqa hasharotlarning hamda tuproqda yashovchi hayvonlarning ham nobud bo‗lishiga olib
keladi. Bunday kimyoviy moddalarning tuproqdagi va o‗simliklardagi qoldiqlari oziq-ovqat mahsulotlari
orqali odam salomatligiga ham ta‘sir qiladi. Inson omili organizmlarning yashash muhitini o‗zgartirish 
bilan ham ularga bilvosita ta‘sir qilishi mumkin. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling