Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy ekologiya
- 2-savol javobi : Rasmga izoh. Kislorodning davriy aylanishi.
Evolutsion ekologiya
– sayyoramizda hayotning paydo bo‗lishi bilan birga ekologik sistemalarning o‗zgarishini, biosfera evolutsiyasiga insonning ta‘sirini o‗rganadi. Evolutsion ekologiya paleontologik ma‘lumotlardan va hozirgi zamon ekologik sistemalari haqidagi @UzBMBA @UzBMBA @UzBMBA ma‘lumotlardan foydalanib qa dimiy ekosistemalarni nazariy rekonstruksiyalash (qayta yaratish)ga harakat qiladi.Tarixiy ekologiya – insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishi natijasida neolit davridan hozirgi davrgacha yuz bergan ekologik o‗zgarishlarni o‗rganadi.Bundan tashqari, bu fanning sayyoramiz tabiatidagi alohida zonalarni o‗rganuvchi bo‗limlari bor. Masalan, o‗rmon ekologiyasi, cho‗l ekologiyasi, botqoq ekologiyasi, ko‗l ekologiyasi va hokazo. 2-savol javobi : Rasmga izoh. Kislorodning davriy aylanishi. Yerdagi hayotni, atmosferadagi gazlar tarkibini muvozanatda ushlab turadigan fotosintez jarayoni kislorodning davriy aylanishiga zamin tayyorlaydi.Yashil o‗simliklar va sianobakteriyalar biosferaga kislorodni yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Kislorod organizmlarning nafas olishi uchun zarur. Kislorod fotosintez natijasida hosil bo‗ladi va tirik organizmlar nafas olishida organik birikmalarning oksidlanishi uchun sarflanadi. Kislorod tirik organizmlarda uchraydigan anorganik moddalar: suv, karbonat kislotaga, kalsiy karbonat va organik birikmalarning tarkibida bo‗ladi. Dengiz hayvonlari chig‗anoqlari tarkibida kislorodga boy bo‗lgan kalsiy karbonat moddasi uchraydi. Bu hayvonlar halok bo‗lgandan keyin ularning qoldiqlari dengiz tubiga tushadi va vaqt o‗tishi bilan litosferaning cho‗kindi jinslariga aylanadi. Fotosintez qiluvchi organizmlar faoliyati natijasida paydo bo‗lgan erkin kislorod (O 2 ) atmosferada ultrabinafsha nurlar ta‘sirida ozonga (O 3 ) aylanadi. Ozonning to‗planib borishi natijasida atmosferaning yuqori qatlamlarida ozon ekrani hosil bo‗ladi. Kislorod miqdorini bir me‘yorda ushlab turish faqatgina fototrof organizmlar hisobiga amalga oshiriladi. So‗nggi yillarda o‗rmonlar qisqarishi, tuproq eroziyasi, fotosintez mahsuldorligining pasayishi kabi holatlar kuzatilmoqda. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling