V-sinflar uchun nazorat ishlari.
I-yarim yillik
1-nazorat ishi.
1.Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida qanday ma’lumotlar bor?
A) O’simlik va hayvonlarning tuzilishi,
ularning hayot tarzi
B)Ichki kasalliklar, jarrohlik,
dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga oid bilimlar
C) O’simlik va hayvonot olamidan va turli moddalardan
tayyorlanadigan dorilar
D) Turli kasalliklar haqida
2.Botanika (I) va zoologiya (II) nima haqidagi fanlar?
A) I-o’simliklar,
II-hayvonlar
B) I-o’simliklarni guruhlash II-hayotiy jarayonlar
C) I-O’simliklar II-zamburug’lar
D) I-zamburug’lar, II-hayvonlar
3. Zamburug’arni biologiyaning qaysi sohasi o’rganadi?
A) Mikrobiologiya B) mikologiya C) zoologiya D) ekologiya
4.Tibbiyotda qaysi hayvon zaharidan foydalanish mumkin?
A) ilon zahri,
chayon zahri
B) asalari zahri,
qovoqari zahri
C) asalari zahri, qoraqurt zahri
va ilon zahri
D) qoraqurt zahri, o’simlik zahri
5.Qaysi olim qalqonsimon bez faoliyatini o;rgangan?
A) M.Valixonov B) J.Musayev C) J.Azimov D) Y.To’raqulov
6.Qaysi laboratoriya jihozi moddalarning xususiyatini o’rganish uchun ishlatiladi?
A) Petri idish B) pipetka C) pinset D) probirka