Biologiya fakulteti


Download 154.16 Kb.
bet4/6
Sana20.09.2023
Hajmi154.16 Kb.
#1682897
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dars ishlanma NAMUNAga

Tishlarning tuzilishi. Tishlar yuqori va pastki jagʻlarda joylashgan. Funksiyasiga binoan kurak, qoziq, katta va kichik oziq tishlar boʻladi (52-rasm). Tishlar jagʻlardagi tish alveolalarida joylashgan. Odatda, odamda 32 ta doimiy tishlar, yosh bolalarda 20 ta sut tishlari bor. Tishning milkdan chiqib turadigan koronkasi, milk ichidagi bo'yinchasi, jag‘chuqurchasi – alveolasi ichida joylashgan ildizchasi bor (53 - rasm). Tish ildizining uchki qismida joylashgan teshikcha orqali tish boʻshlig'i – pulpaga qon tomirlari va nervlar kiradi.
Tishlar bir ildizli (kurak, kichik qoziq tishlar) , ikki va uch ildizli (katta oziq tishlar ) boʻladi . Tish ildizi tish chuqurchasiga periodont orqali mustahkam birikkan. Tish dentindan iborat koronkasi emal, ildizi – sement bilan qoplangan.
Emal 96– 97 % mineral (fosfor va kalsiy, biroz ftor) tuzlardan, dentin 28% organik va 72 % mineral ( fosfor , kalsiy , magniy , ftorli kaliy ) dan iborat. Sementning tarkibi suyakka oʻxshaydi. Koronkasi shakliga binoan kurak, qoziq, kichik va katta oziq tishlar boʻladi.
Kurak tishlar koronkasi ponasimon, ildizi bitta, qoziq tishlar koronkasi ikki qirrali boʻladi. Kichik oziq tishlar koronkasi chaynash yuzasida boʻrtiqlar boʻladi. Katta oziq tishlar koronkasi kubsimon, chaynash yuzasida bir necha boʻrtigʻi, ikki yoki uchta ildizi bor . Kurak tishlar yuqori va pastki jagʻlarning oldingi qismida 4 tadan joylashgan. Ular keskir uchli boʻlib, ovqatni tishlab, uzib olish va oziq moddalarini qirib olishga yordam beradi. Kurak tishlardan keyin jagʻlarning har tomonida bittadan oʻtkir uchli yassi qoziq tishlar joylashgan Qoziq tishlar yordamida qattiq ovqat moddalari uzib olinadi va maydalanadi. Qoziq tishlardan keyin jagʻlarning har tomonida 2 tadan kichik oziq va 3 tadan katta oziq tishlar joylashgan. Oziq tishlar yordamida ovqat chaynalib, maydalanadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqning tishlari boʻlmaydi . Taxminan 6 oylikdan boshlab uning birinchi sut tishlari paydo boʻladi . 7–8 yoshlardan boshlab sut tishlari doimiy tishlar bilan almashina boshlaydi . 10–12 yoshga kelib tishlar almashinishi tugallanadi . Aql tishlari 18 yoshdan keyin chiqadi . Tishlar sogʻlom boʻlishi uchun bir qancha gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur . Xususan , tishlarda yongʻoq yoki danaklar chaqish , suyak yoki qattiq kon fetlarni chaynash , issiq ovqatdan so'ng birdaniga sovuq suv ichish yoki muzqaymoq yeyish mumkin emas . Tishlar oraligʻida qoladigan ovqat qoldiqlari mikroblarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi . Ovqat qoldiqlaridan tozalash uchun har kuni uyquga yotishdan oldin tishlarni yuvish , ovqatdan soʻng ogʻizni iliq suv bilan chayish zarur . Tish choʻtkasini sovun bilan yuvib , qaynoq suvda chayib turish lozim . Gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganida emal yemirilib , tish kasallanadi.

Download 154.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling