Biologiya fakulteti
Ovqatning og'iz bo'shlig'ida oʻzgarishi
Download 154.16 Kb.
|
Dars ishlanma NAMUNAga
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 10 minut
- So’zni top” (Find words!) metodi!
Ovqatning og'iz bo'shlig'ida oʻzgarishi . Og'iz bo'shlig'ida ovqat tishlar yordamida chaynaladi , soʻlak bilan aralashtirilib , hazm qilishga tayyorlanadi Soʻlak bezlari sutka davomida 0,5 litrdan 2 litrgacha soʻlak ishlab chiqaradi.
Soʻlak ishqoriy reaksiyaga ega boʻlib , uning tarkibida murakkab uglevodlarni parchalaydigan amilaza fermenti hamda og'iz bo'shlig'i shilliq pardasi zararlanganida uni tiklaydigan lizotsim moddasi bo'ladi. Soʻlak ajralishi reflektor tarzda boshqariladi . Ovqat tarkibidagi moddalar til va og'iz bo'shlig i devori retseptorlarida qoʻzgʻalish paydo qiladi . Qoʻzgʻalish retseptorlardan uzunchoq miyada joylashgan soʻlak ajratish markaziga , u yerdan soʻlak bezlariga uzatiladi . Bezlar soʻlak ishlab chiqara boshlaydi. Soʻlak ovqatni koʻrganda, uning hidi ta'sirida va hatto ovqat toʻgʻrisida o'ylaganda ham ajralishi mumkin. Chaynalib, soʻlak bilan aralashtirilgan ovqat luqmasi til yordamida halqumga, undan qiziloʻngachga oʻtkaziladi (54 - rasm). Ovqat yutilayotganida hiqildoq yoʻlini hiqildoqusti tog‘ayi yopadi. Qizilo'ngach devoridagi muskullarning qisqarishi natijasida ovqat oshqozon tomonga suriladi. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 10 minut: Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilar bilan “So’zni top” (Find words!) metodidan foydalanamiz. Bu metod qiziqarli hamda diqqatni tezda jamlashga yordam beradi. Xotirada uzoq muddat saqlashni ta’minlaydi. Chunki kombinativ bog’lanish mavjud. “So’zni top” (Find words!) metodi! Bunda jadval kataklarida harflar beriladi, siz esa jadval ichidan tezkorlik bilan so’zlarni topib organ nomini hosil qilishingiz kerak. Organ nomini aniqlashingiz uchun jadval pastida beriladigan savollarga aniq javob topishingiz shart. Bu metod diqqatingizni bir joyga yig’ish va tezkorlik bilan assotsiativ fikrlashingizga yordam beradi. So’zni topishda turli yo’nalishlardan foydalanishingiz mumkin! Sizga 6 daqiqa vaqt beriladi ishlash uchun, guruh bo’lib ishlashadi va o’qituvchi tomonidan taekshiriladi. Barcha savollarga to’g’ri va birinchi bo’lib javob bergan guruh a’zolari a’lo baho bilan rag’batlantiradi.
Download 154.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling