Biologiya fakulteti
III. Yangi mavzu bayoni: 20 minut
Download 154.16 Kb.
|
Dars ishlanma NAMUNAga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovqat hazm qilish sistemasi organlari.
- Ogʻiz boʻshligʻi.
III. Yangi mavzu bayoni: 20 minut
Ovqat hazm qilish sistemasi organlari Reja: 1. Ovqat hazm qilish organlari. 2. Og’iz bo’shlig’i: so’lak bezlari va tilning tuzilishi, vazifasi. 3. Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. 4. Ovqatning og’iz bo’shlig’ida o’zgarishi. Ovqat hazm qilish sistemasi organlari. Oziq moddalarining tishlar yordamida maydalanishi, ichakda fermentlar ta'sirida parchalanishi va ichak devori orqali qonga so'rilishiga hazm qilish deyiladi. Ovqat hazm qilish sistemasi organlari: ogʻiz boʻshligʻi, halqum, qizilo'ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo'g'on ichak va toʻgʻri ichakdan iborat (51-rasm). Ogʻiz boʻshligʻi. Og'iz bo'shlig'i - ovqat hazım qilish kanalining boshlang ich qismi. Unda tishlar va til joylashgan. Til ogʻiz boʻshligʻida joylashgan, muskuldan tashkil topgan organ boʻlib, u ovqatni aralashtirib, tomoq tomonga o‘tkazish va uning taʼmini aniqlash vazifasini bajaradi. Tilning eng muhim vazifalaridan biri soʻzlarning ravon talaffuz qilinishini ta'minlashdir. Til uch qismdan iborat: uchi, tanasi,ildiz. Tilning ustini qoplagan shilliq qavatda sezuvchi nerv tolalarining uchlari boʻlib, uning uchida, asosan , shirin, ildiz qismida achchiq, yon tomonlarida shoʻr va nordon ta’mlarni sezuvchi retseptorlar boʻladi. Ogʻiz boʻshlig'iga tilosti, jag'osti va quloqoldi so'lak bezlarining yo'li ochiladi. Bundan tashqari, og'iz bo'shlig'i va tilning shilliq pardasida juda koʻp mayda soʻlak bezlari joylashgan. Og'iz boʻshligʻida ovqat hazm boʻlishida soʻlak bezlarining ahamiyati. Og'iz bo'shligʻiga uch juft: tilosti, jagʻosti, quloqoldi soʻlak bezlarining kanalchalari ochiladi. Bu bezlardan ajralgan soʻlak og'iz bo'shlig'iga quyilib , ovqatni hoʻllab , uning yutilishini qulaylashtiradi. Soʻlak tarkibida uglevodlarni parchalovchi ptialin fermenti boʻladi . Shuning uchun non ogʻizda koʻproq chaynalsa, shirin maza beradi. Soʻlak tarkibida lizotsim, degan modda boʻlib, u ogʻiz bo'shlig'iga tushgan mikroblarni eritib yuborish xususiyatiga ega. Download 154.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling