Biologiya fakulteti


Laboratorya tadqiqotlarining umumiy qoidalari


Download 126.93 Kb.
bet2/11
Sana16.10.2023
Hajmi126.93 Kb.
#1704645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Malika

Laboratorya tadqiqotlarining umumiy qoidalari
1. Laboratoriya ishi o‘tkazilgan sana va ishning tartib raqami.
2. Mavzu.
3. Ishning maqsadi.
4. Ishning bajarilishi (Ishni bajarish tartibi va ko‘rsatmalar qisqacha yozib boriladi).
5. Olib borilgan tadqiqot natijalari, jadval, grafiklar ko‘rinishida yozib boriladi.
6. Xulosalar.
Amaliyot davomida biz hisoblash masalalarini yechish va gravimetriya. Analitik,
tarsion, mikroanalitik tarozilarda tortish va o’lchashni o’rgandik:
Analitik tarozi – moddalarni aniq tortadigan noziK tarozi; kimyoviy analizlarda ishlatiladi. Analitik tarozida ogʻirligi 2 gdan 200 g gacha boʻlgan mod-dalar 0,04 mg gacha aniqlikda tortiladi. Analitik tarozining toʻliq analitik (100–500 g li, 1–5 mg aniqlikda tortadigan), yarim mikroanalitik (20–50 g li, 0,2–0,25 mg aniqlikda), mikroanalitik (20–30 g li, 0,01 mg aniqlikda), probirka (1–2 mg li, 0,04 mg aniqlikda); teng yelkali va bir yelkali xillari bor. Bir yelkalida posangi boʻladi. Koʻpincha, teng yelkali va ikki pallali Analitik tarozi ishlatiladi. Analitik tarozi ni chang, shamol, kishi nafasidan sakdash uchun u oynali shkaf ichiga oʻrnatiladi.
Torsion tarozi - torsion tarozi kichik kuchlarni o'lchash uchun sezgir jismoniy qurilma hisoblanadi. (kuchlarning kichik momentlari). Torsion tarozini 1784 yilda Sh. Kulon tomonidan ixtiro qilingan (shuning uchunn ham u Kulon tarozi deb ham ataladi). Kulon tarozi — nuqtaviy elektr zaryadlar va magnit qutblarning oʻzaro taʼsirini oʻrganishga moʻljallangan burama tarozi. 1789 yilda G. Kavendish Kulon tarozidan gravitatsion oʻlchashlarni va gravitatsion doimiylikni aniqlashda foydalangan. Kulon tarozi shisha idish ichida ingichka metall yoki kvars ipga (Kulon 76 sm li kumush toladan foydalangan) osilgan shisha shayindan iborat. Shayinning bir uchiga yengil metall sharcha va ikkinchi uchiga posangi mahkamlangan (2-rasm). Tarozi kallagi yordamida ipni va unga osilgan shayinni vertikal oʻq atrofida burish mumkin. Kulon tarozi koʻpgina yuqori sezgirlikka ega zavonaviy asboblarda: elektrometrlar, magnitometrlar, gravitatsion variometrlar va boshqalarda qoʻllanadi. Kulon qonuni - bir-biridan maʼlum masofada joylashgan ikkita nuqtaviy elektr zaryadning oʻzaro taʼsir kuchini ifodalaydigan elektrostatikaning asosiy qonuni. Sh. Kulon 1785 yilda kashf qilgan. Nuqtaviy elektr zaryad deb, oʻlchamlari oʻzaro taʼsiri oʻrganilayotgan jismlar orasidagi masofaga nisbatan juda kichik boʻlgan jismdagi zaryadga aytiladi.

Download 126.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling