Biologiya fanidan dars ishlanmasi


Ko’p hujayrali hayvonlar-- Bo’shliqichlilar tipi


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana23.03.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1289046
1   2   3   4   5
Bog'liq
1675183399 HAYVONOT DUNYOSIDA EVOLUTSION O

Ko’p hujayrali hayvonlar-- Bo’shliqichlilar tipi 
Bu tipga gidroid poliplar, meduzalar, koral poliplar sinflari kiradi.Chuchuk 
suv gidrasi tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmaydigan chuchuk suv 
havzalarida hayot kechiradi. tanasining uzunligi 5-7 mm, silindrsimon shaklda 
bo’ladi.Dengiz bo’shliqichlilaridan aktiniyalar yakka o’troq yashovchi 
poliplar gidradan ancha yirik va qisman rangli bo’lishi bilan farq 
qiladi.Aktiniyalar suv tubidagi narsalarga yopishib yashaydi, ba’zan tovonida 
asta-sekin harakat qiladi. 
Yassi va to’garak chuvalchanglar tiplari 
Yassi chuvalchanglar tanasi ikki yonlama simmetriyali ko’p hujayralilar. 
Ularning hazm qilish, ayirish,sezgi, jinsiy organlari rivojlangan. Ular kiprikli 
chuvalchanglar,so’rg’ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar sinflarga bo’linadi. 
Kiprikli chuvalchanglarning gavdasi bargsimon shaklda bo’lib,mayda 
kipriklar bilan qoplangan. Ular dengiz va chuchuk suvlarda erkin yashaydi.Oq 
planariya daryo va ko’llarning tubida hayot kechiradi. Oq planariya tanasining 
uzunligi 2-3 sm, oqish yoki kulrang tusda bo’ladi. 
So’rg’ichlilar va Tasmasimon chuvalchanglar sinfi 
So’rg’ichlilarning bargsimon tanasi qalin kutikula bilan 
qoplangan.Voyaga yetgan davrida umurtqali hayvonlarda, lichinkasi 
umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi. Jigar qurti qoramol, qo’y, echki, 
cho’chqa, tuya va boshqa yirik sutemizuvchilar jigarida parazitlik qiladi.


Jigar qurtining uzunligi 3-4 sm. Tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub 
qoramol tasmasimon chuvalchangi voyaga yetgan davrda odamning ingichka, 
lichinkasi qoramol muskuli, jigari va boshqa organlarida parazitlik 
qiladi.Gavdasining uzunligi 8-10 m bo’lib, kichkina bosh, ingichka bo’yin 
hamda tana bo’g’imlariga bo’lingan tana bo’limlaridan iborat. 
Halqali chuvalchanglar ham qadimgi erkin yashovchi kiprikli yassi 
chuvalchanglardan kelib chiqqan. Ko’p tukli halqali chuvalchanglar 
lichinkalari tanasida kipriklarning bo’lishi, nerv va ayirish sistemalari 
tuzilishining yassi chuvalchanglarnikiga o’xshash bo’ladi. 
Yassi chuvalchanglar suv tubida faol o’rmalab hayot kechirishga 
o’tgan. Natijada tabiiy tanlanish ta’sirida ular tanasida faol va xilma- xil 
harakatlanishga yordam beradigan halqalar va harakat organlari 
shakllangan.Suv tubidagi balchiqda va tuproqda yashashga o’tish bilan ko’p 
tuklilarning harakat organlari reduksiyaga uchragan va ulardan kam tukli 
halqalilar, qadimgi kam tukli halqalilardan esa zuluklar paydo bo’lgan. 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling