Biologiya fanidan dars ishlanmasi


Bir hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsin o’zgarishlar


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.03.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1289046
1   2   3   4   5
Bog'liq
1675183399 HAYVONOT DUNYOSIDA EVOLUTSION O

Bir hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsin o’zgarishlar 
Evolutsiya jarayonida birlamchi okeanda dastlab turli xil organik 
moddalar tabiiy yo’l bilan sintezlanib to’planib borgan.Keyinchalik bu 
moddalardan juda mayda shilimshiq zarrachalar shaklidagi protobiontlar hosil 
bo’lgan. Tabiiy tanlanish tufayli protobiontlarning tuzilishi mukamallashib, 
dastlab prokariotlar, ularda yadro va hujayra orgonoidlari paydo bo’lishi 
natijasida esa bir hujayrali eukariot organizmlar kelib chiqqan. Xivchinlar 
yordamida harakatlangan bunday organizmlar barcha bir hujayralilarning 
umumiy ajdodi hisoblanadi. 
Bir hujayralilar-- soda hayvonlar 
Bir hujayralilar tanasi mustaqil hayot kechirish xususiyatiga ega 
bo’lgan bitta hujayradan iborat. Ular hujayrasida ayirish va hazm qilish 
vakuolalari,harakatlanish orgonoidlari va yadrosi bo’ladi.Soxta oyoqlilar 
sinfiga oddiy amyoba ularning tipik vakili hisoblanadi.Uning hujayrasi sirtida 
qattiq qobig’I bo’lmaydi,sitoplazmasi sirtida soxta oyoqlar hosil bo’lib va 
yo’qolib turganidan tana shakli o’zgarib turadi.Tanasining kattaligi 0,2-0,5 
mm. Xivchinlilar sinfiga mansub yashil evglenaning tanasi qattiq qobiq bilan 
qoplangan bir hujayrali hayvon hisolanadi.Ular bitta yoki bir nechta 
xivchinlar yordamida harakatlanadi.U amyobaga nisbatan 5-10 marta kichik 
hayvon.Infuzoriyalar va sporalilar sinfi vakllaridan tufelka tanasi kipriklar 
bilan qoplangan,katta va kichik yadrosi bo’ladi.Uning uzunligi 0,1-0,3 mm 
bo’lib tanasi poyabzalning ostki qismiga o’xshash shaklda bo’ladi. Hazm 
qilish va ayirish orgonoidlari boshqa bir hujayralilarga nisbatan murakkab 
tuzilgan. 


Ko’p hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsion o’zgarishlar
Dastlabki ko’p hujayrali organizmlar ya’ni hayvonlar koloniya bo’lib 
yashovchi bir hujayrali xivchinlilardan kelib chiqqan.Tanasi ikki qavat 
ektoderma va endodermadan tuzilgan bu organizmlar sharsimon koloniya 
devorining botib kirishi ya’ni envaginatsiya tufayli paydo bo’lganligi haqida 
aytish mumkin.Gastrula bo’shlig’i keyinchalik birlamchi ichak bo’shlig’iga, 
gastrula teshigi birlamchi og’izga aylangan.Keyinchalik ichki hujayralar bir 
qator tig’iz joylashuvi natijasida ichki qavat hujayralari endodermani hosil 
qilgan, tashqi qavat esa ektodermaga aylangan. Ektoderma hujayralari 
harakatlanish, sezish va himoya qilish funksiyasini bajarishga 
moslashgan.Ana shu yo’l bilan kolonial xivchinlilardan ikki qavatli ko’p 
hujayrali hayvonlar ya’ni bulutlilar va bo’shlig’ichlilar kelib chiqqan.Ular 
haqiqiy ko’p hujayrali hayvonlar hisoblanadi. 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling