Biologiya fanidan dars ishlanmasi


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana23.03.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1289046
1   2   3   4   5
Bog'liq
1675183399 HAYVONOT DUNYOSIDA EVOLUTSION O

Molluskalar tipi 
Molluskalarning tashqi ko’rinishi va ichki tuzilishi yuqorida keltirilgan 
hayvonlarning birortasiga o’xshamaydi. Lekin degizda yashovchi ikki pallali 
va qorinoyoqli molluskalar lichinkasining tuzilishi ko’p tukli halqali 
chuvalchanglarnikidan deyarli farq qilmaydi.Ularning ba’zilari jabralari 
yordamida suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Quruqlikda tarqalgan 
molluskalar o’pka bilan nafas oladi.Hayvonot olamida yuz bergan muhim 
evolutsion o’zgarishlardan biri nafas olish organlari Jabra va o’pkaning paydo 
bo’lishi sanaladi. 
Bo’g’imoyoqlilar tipi 
Bo’g’imoyoqlilarning tipiga mansub sinflarning vakillari bir-birlaridan 
tanasining bo’limlarga bo’linganligi, bosh bo’limning ixtisoslashuvi darajasi, 
oyoqlarning tuzilishi va lichinkalarning rivojlanishi bilan farq qiladi. 
Gavdaning oldingi bo’g’imlaridan bosh paydo bo’lgan, orqa qon tomiri 
kengayib, yurakni hosil qilgan. Bo’g’imoyoqlilarning tanasi qattiq va pishiq 
xitin bilan qoplangan, tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan. 


Xordali hayvonlarda yuz bergan evolutsion o’zgarishlar
Xordalilar orasida lansetnik eng tuban tuzilgan bo’lib, uning ayirish 
organlari tananing ikki yoni bo’ylab juft- juft joylashganligi,bosh miyasining 
rivojlanmaganligi, qonaylanish sistemasining tuzilishi va yuragining 
bo’lmasligi bilan halqali chuvalchanglarga o’xshab ketadi.Barcha xordalilarda 
o’q skelet xorda rivojlangan.Nafas olish sistemasi murakkab tuzilishga ega 
Jabra va o’pkadan iborat.Qon aylanish sistemasi yopiq. 
Iqlimning asta- sekin quruqlashib borishi natijasida qadimgi suyakli 
baliqlar orasida tabiiy tanlanishni ikki yo’nalishda borishiga olib kelgan, 
birinchidan qadimgi ikki xil nafas oluvchilar pancha qanotli baliqlarning juft 
suzgichlari quruqlikda yashovchi hayvonlarning harakatlanish organlari 
oyoqlarga aylana borgan, ikkinchidan jabralar o’rniga o’pka va teri orqali 
nafas olish paydo bo’lgan.
Umurtqali hayvonlarning suv muhitida quriqlikda yashashga moslashgan 
dastlabki vakillari qadimgi suvda hamda quruqlikda yashovchilar 
hisoblanadi.Umurtqali hayvonlarning suv muhitidan quruqlikda yashashga 
o’tishi birinchidan havodagi kislorod bilan nafas olish, ikkinchidan qattiq 
substratda harakatlanishni talab etadi.Oldingi va orqa oyoqlarning paydo 
bo’lishi, yuragining uch kamerali bo’lishi, qon ikki doira bo’ylab 
harakatlanishi, nog’ora parda va eshitish suyakchasining paydo bo’lishi suvda 
hamda quruqlikda yashovchilarga quruqlik muhitida yashash imkonini 
yaratadi. 
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar bo’lib, 
ularning terisi quruq, nafas olishda ishtirok etmaydi. Tashqi urug’lanish 
o’rniga ichki urug’lanish kelib chiqqan.ular yirik sariqlikka boy tuxum 
qo’yadi.Ularning markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi 
organlari yaxshi rivojlangan. 
Iqlimning sovub ketishi natijasida gigant sudralib yuruvchilar yashash 
uchun kurash va tabiiy tanlanishda qirilib ketgan. Qushlarda quydagi 
evolutsion o’zgarishlar vujudga kelgan. Nerv sistemasi organlardan kuchli 
taraqqiy etgan va harakatlari uchishga muvofiqlashgan. Yuragi to’rt kamerali, 
yurak qorinchalari to’liq ajralgan. Arterial va venoz qonlari aralashmaganligi 
moddalar almashinuvi jadallashuvi tufayli tana harorati doimiy bo’ladi. 
Qushlarning asosiy harakati uchish bilan bog’liq holda muayyan 
evolutsion o’zgarishlar vujudaga kelgan. Qushlarning gavdasi suyri shaklda, 


oldingi oyoqlari uchish organi qanotga aylangan, skeletida toj suyagi yuzaga 
kelgan. Tanasi murakkab pat qoplami bilan qoplangan. Tanasida havo 
xaltachalarining bo’lishi va ularning nafas olishda bevosita ishtirok etishi 
qushlarning yashash uchun kurashda va tabiiy tanlanishda saqlanib qolishiga 
yordam beradi. 
Sutemizuvchilarning bosh miyasida oliy nerv faoliyati markazlari paydo 
bo’lgan. Bosh miya yarimsharlari po’stlog’I yaxshi rivojlangan. Shu sababli 
ularning xulq atvori murakkablashgan va ular tashqi muhit ta’sirlariga 
mukammal tarrzda javob qaytaradi. Eshitish va hid bilish organlari yaxshi 
rivojlanganligi ularning tashqi muhit sharoitiga moslanish, o’zini himoya 
qilish va oziq topishiga imkon beradi. Yuragi to’rt kamerali, o’pkalari 
alveolardan tuzilgan bo’lib, nafas olish yuzasi ortgan.Terida turli xil 
vazifalarni bajaradigan yog’, sut, ter, hid ajratuvchi bezlar bo’lib, teri jun 
bilan qoplangan. Sutemizuvchilarda bachadonning paydo bo’lishi, 
embrionning bachadonda rivojlanishi hayvonot olamidagi yirik 
aramorfozlardan biri sanaladi. 
Sutemizuvchilarning suv, havo va quruqlikka moslanish belgilari 
idioadaptatsiya natijasida vujudga kelgan. Hayvonlar filogenezini to’liq 
tasavvur qilish uchun tirik organizmlarning organlar sistemalari rivojlanishini 
o’rganish lozim. Tirik organizmlarning muhim xususiyatlaridan biri o’z-o’zini 
boshqarish sanaladi.
3-Topshiriq. Guruhlarga hayvonat dunyosini bulgan holda vazifalar beriladi 
ya’ni kim ko’p hayvonlar nomini yozish o’yinini o’ynaydi.
1.Guruhga baliqlar nomlarini
yozish.(zog’ora,treska,keta,gorbusha,ugor,okun,tilyapiya,tikan 
baliq,skat,manta,baqra,soxta kurakburun,beluga strelyad,losos,bukri 
baliq,muylov baliq,qora baliq,moy baliq,oqcha baliq,laqqa, oq 
amur,xumbosh,olabug’a, sudak,ilonbosh,cho’rtan,karp va hakozolar). 


2.Guruhga sudralib yuruvchi hayvonlar nomlarini yozish (ildam kalta 
kesak,dasht agamasi,kulrang echki emar,sariq ilon,gekkon,urchiqsimon 
kaltakesak,bo’g’ma ilon,taroq barmoq gekkon,kulrang gekkon,bo’z 
echkiemar,shaqildoq ilon,kapcha ilon,ko’lvor ilon,qora ilon,charx 
iloni,qalqontumshuq ilon,chipor ilon,toshbaqa,timsoh va hakozolar). 
3.Guruhga qushlar nomlarini yozish.(ko’k kaptar,qarg’a,mayna, 
to’ti,qaldirg’och,laylak,kakku,kayra,chumchuq,musicha,chug’urchiq, 
yurg’a,chittak,kaklik,qirgovil,zog’cha,qorayaloq,turna,bulbul,zarg’aldoq,o’rda
k, g’oz,oqqush,hakka,jiblajibon,zag’izg’on,kaklik,qizilushton,g’urrak,qirg’ovul, 
kurka,tovus va hakozolar). 


4.Guruhga sut emizuvchi hayvonlar nomlarini 
yozish.(mol,echki,qo’y,to’ng’iz,it, dilfin,kit,o’rdak 
burun,yexidna,kenguru,tipratikan,sichqon,ko’rshapalak,yumronqoziq, 
jayra,kalamush,ondatra,nutriya,sug’ur,quyon,bo’ri,tulki,yo’lbars,ayiq, dingiz 
mushugi,morj,jayron,jirafa,alqor,maymun,ot,bo’rsiq va hakozolar). 
4-Topshiriq.Nuqtalar o’rniga to’g’ri mos javob yozish. 
1.guruhga.Bir hujayralilar tanasi mustaqil hayot kechirish……..(xususiyatiga) 
ega. Bitta …….(hujayradan) Iborat.Ular hujayrasida …….. 
(ayirish)va……(hazm)qilish …….(vakuolalari),harakatlanish orgonoidlari va 
…….(yadrosi) bo’ladi. 


2.guruhga.Ko’p hujayrali organizmlar ya’ni hayvonlar…….(kaloniya)bo’lib 
yashovchi bir hujayrali …………(xivchinlilardan) kelib chiqqan.Tanasi ikki 
qavat ……..(ektoderma) va ........(endoderma)tuzilgan. 
3.guruhga Xordalilar orasida …………(lansetnik) eng tuban ……..tuzilgan bo’lib, 
uning ………(ayirish) organlari ………(tananing) ikki yoni bo’ylab ……..(juft-
juft)joylashganligi ……..(bosh) miyasining rivojlanmaganligi, …….(qon 
aylanishning)sistemasining tuzilishi va ………..(yuragi) mavjud emas. 


4.guruhga Sutemizuvchilarning…………..( bosh miyasida) oliy……..(nerv) 
faoliyati ………. (markazlari) paydo bo’lgan. Bosh miya……….. (yarim sharlari) 
po’stlog’i yaxshi rivojlangan. …………(Eshitish) va…………(hid) bilish organlari 
yaxshi rivojlangan. 
5-Topshiriq,,uyga vazifa tanlovi’’.Bunda o’quvchilar tomonidan uyda 
tayyorlab kelishgan: referatlar,bukletlar,ma’lumotlar,krossvordlar, amaliy 
ijodiy ishlar baholanadi va Tayyorlangan ishlar guruhlar o’rtasida 
almashinadi. Dars so’ngida mavzu yakunlanib, o’quvchilar bilimi baholanadi. 

Document Outline


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling