Biologiya fanidan dars ishlanmasi
Bir hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsin o’zgarishlar
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1675183399 HAYVONOT DUNYOSIDA EVOLUTSION O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir hujayralilar-- soda hayvonlar
- Ko’p hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsion o’zgarishlar
Bir hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsin o’zgarishlar
Evolutsiya jarayonida birlamchi okeanda dastlab turli xil organik moddalar tabiiy yo’l bilan sintezlanib to’planib borgan.Keyinchalik bu moddalardan juda mayda shilimshiq zarrachalar shaklidagi protobiontlar hosil bo’lgan. Tabiiy tanlanish tufayli protobiontlarning tuzilishi mukamallashib, dastlab prokariotlar, ularda yadro va hujayra orgonoidlari paydo bo’lishi natijasida esa bir hujayrali eukariot organizmlar kelib chiqqan. Xivchinlar yordamida harakatlangan bunday organizmlar barcha bir hujayralilarning umumiy ajdodi hisoblanadi. Bir hujayralilar-- soda hayvonlar Bir hujayralilar tanasi mustaqil hayot kechirish xususiyatiga ega bo’lgan bitta hujayradan iborat. Ular hujayrasida ayirish va hazm qilish vakuolalari,harakatlanish orgonoidlari va yadrosi bo’ladi.Soxta oyoqlilar sinfiga oddiy amyoba ularning tipik vakili hisoblanadi.Uning hujayrasi sirtida qattiq qobig’I bo’lmaydi,sitoplazmasi sirtida soxta oyoqlar hosil bo’lib va yo’qolib turganidan tana shakli o’zgarib turadi.Tanasining kattaligi 0,2-0,5 mm. Xivchinlilar sinfiga mansub yashil evglenaning tanasi qattiq qobiq bilan qoplangan bir hujayrali hayvon hisolanadi.Ular bitta yoki bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi.U amyobaga nisbatan 5-10 marta kichik hayvon.Infuzoriyalar va sporalilar sinfi vakllaridan tufelka tanasi kipriklar bilan qoplangan,katta va kichik yadrosi bo’ladi.Uning uzunligi 0,1-0,3 mm bo’lib tanasi poyabzalning ostki qismiga o’xshash shaklda bo’ladi. Hazm qilish va ayirish orgonoidlari boshqa bir hujayralilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Ko’p hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsion o’zgarishlar Dastlabki ko’p hujayrali organizmlar ya’ni hayvonlar koloniya bo’lib yashovchi bir hujayrali xivchinlilardan kelib chiqqan.Tanasi ikki qavat ektoderma va endodermadan tuzilgan bu organizmlar sharsimon koloniya devorining botib kirishi ya’ni envaginatsiya tufayli paydo bo’lganligi haqida aytish mumkin.Gastrula bo’shlig’i keyinchalik birlamchi ichak bo’shlig’iga, gastrula teshigi birlamchi og’izga aylangan.Keyinchalik ichki hujayralar bir qator tig’iz joylashuvi natijasida ichki qavat hujayralari endodermani hosil qilgan, tashqi qavat esa ektodermaga aylangan. Ektoderma hujayralari harakatlanish, sezish va himoya qilish funksiyasini bajarishga moslashgan.Ana shu yo’l bilan kolonial xivchinlilardan ikki qavatli ko’p hujayrali hayvonlar ya’ni bulutlilar va bo’shlig’ichlilar kelib chiqqan.Ular haqiqiy ko’p hujayrali hayvonlar hisoblanadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling