Biologiya fanidan dars ishlanmasi
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1675183399 HAYVONOT DUNYOSIDA EVOLUTSION O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo’g’imoyoqlilar tipi
- Xordali hayvonlarda yuz bergan evolutsion o’zgarishlar
Molluskalar tipi
Molluskalarning tashqi ko’rinishi va ichki tuzilishi yuqorida keltirilgan hayvonlarning birortasiga o’xshamaydi. Lekin degizda yashovchi ikki pallali va qorinoyoqli molluskalar lichinkasining tuzilishi ko’p tukli halqali chuvalchanglarnikidan deyarli farq qilmaydi.Ularning ba’zilari jabralari yordamida suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Quruqlikda tarqalgan molluskalar o’pka bilan nafas oladi.Hayvonot olamida yuz bergan muhim evolutsion o’zgarishlardan biri nafas olish organlari Jabra va o’pkaning paydo bo’lishi sanaladi. Bo’g’imoyoqlilar tipi Bo’g’imoyoqlilarning tipiga mansub sinflarning vakillari bir-birlaridan tanasining bo’limlarga bo’linganligi, bosh bo’limning ixtisoslashuvi darajasi, oyoqlarning tuzilishi va lichinkalarning rivojlanishi bilan farq qiladi. Gavdaning oldingi bo’g’imlaridan bosh paydo bo’lgan, orqa qon tomiri kengayib, yurakni hosil qilgan. Bo’g’imoyoqlilarning tanasi qattiq va pishiq xitin bilan qoplangan, tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan. Xordali hayvonlarda yuz bergan evolutsion o’zgarishlar Xordalilar orasida lansetnik eng tuban tuzilgan bo’lib, uning ayirish organlari tananing ikki yoni bo’ylab juft- juft joylashganligi,bosh miyasining rivojlanmaganligi, qonaylanish sistemasining tuzilishi va yuragining bo’lmasligi bilan halqali chuvalchanglarga o’xshab ketadi.Barcha xordalilarda o’q skelet xorda rivojlangan.Nafas olish sistemasi murakkab tuzilishga ega Jabra va o’pkadan iborat.Qon aylanish sistemasi yopiq. Iqlimning asta- sekin quruqlashib borishi natijasida qadimgi suyakli baliqlar orasida tabiiy tanlanishni ikki yo’nalishda borishiga olib kelgan, birinchidan qadimgi ikki xil nafas oluvchilar pancha qanotli baliqlarning juft suzgichlari quruqlikda yashovchi hayvonlarning harakatlanish organlari oyoqlarga aylana borgan, ikkinchidan jabralar o’rniga o’pka va teri orqali nafas olish paydo bo’lgan. Umurtqali hayvonlarning suv muhitida quriqlikda yashashga moslashgan dastlabki vakillari qadimgi suvda hamda quruqlikda yashovchilar hisoblanadi.Umurtqali hayvonlarning suv muhitidan quruqlikda yashashga o’tishi birinchidan havodagi kislorod bilan nafas olish, ikkinchidan qattiq substratda harakatlanishni talab etadi.Oldingi va orqa oyoqlarning paydo bo’lishi, yuragining uch kamerali bo’lishi, qon ikki doira bo’ylab harakatlanishi, nog’ora parda va eshitish suyakchasining paydo bo’lishi suvda hamda quruqlikda yashovchilarga quruqlik muhitida yashash imkonini yaratadi. Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar bo’lib, ularning terisi quruq, nafas olishda ishtirok etmaydi. Tashqi urug’lanish o’rniga ichki urug’lanish kelib chiqqan.ular yirik sariqlikka boy tuxum qo’yadi.Ularning markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Iqlimning sovub ketishi natijasida gigant sudralib yuruvchilar yashash uchun kurash va tabiiy tanlanishda qirilib ketgan. Qushlarda quydagi evolutsion o’zgarishlar vujudga kelgan. Nerv sistemasi organlardan kuchli taraqqiy etgan va harakatlari uchishga muvofiqlashgan. Yuragi to’rt kamerali, yurak qorinchalari to’liq ajralgan. Arterial va venoz qonlari aralashmaganligi moddalar almashinuvi jadallashuvi tufayli tana harorati doimiy bo’ladi. Qushlarning asosiy harakati uchish bilan bog’liq holda muayyan evolutsion o’zgarishlar vujudaga kelgan. Qushlarning gavdasi suyri shaklda, oldingi oyoqlari uchish organi qanotga aylangan, skeletida toj suyagi yuzaga kelgan. Tanasi murakkab pat qoplami bilan qoplangan. Tanasida havo xaltachalarining bo’lishi va ularning nafas olishda bevosita ishtirok etishi qushlarning yashash uchun kurashda va tabiiy tanlanishda saqlanib qolishiga yordam beradi. Sutemizuvchilarning bosh miyasida oliy nerv faoliyati markazlari paydo bo’lgan. Bosh miya yarimsharlari po’stlog’I yaxshi rivojlangan. Shu sababli ularning xulq atvori murakkablashgan va ular tashqi muhit ta’sirlariga mukammal tarrzda javob qaytaradi. Eshitish va hid bilish organlari yaxshi rivojlanganligi ularning tashqi muhit sharoitiga moslanish, o’zini himoya qilish va oziq topishiga imkon beradi. Yuragi to’rt kamerali, o’pkalari alveolardan tuzilgan bo’lib, nafas olish yuzasi ortgan.Terida turli xil vazifalarni bajaradigan yog’, sut, ter, hid ajratuvchi bezlar bo’lib, teri jun bilan qoplangan. Sutemizuvchilarda bachadonning paydo bo’lishi, embrionning bachadonda rivojlanishi hayvonot olamidagi yirik aramorfozlardan biri sanaladi. Sutemizuvchilarning suv, havo va quruqlikka moslanish belgilari idioadaptatsiya natijasida vujudga kelgan. Hayvonlar filogenezini to’liq tasavvur qilish uchun tirik organizmlarning organlar sistemalari rivojlanishini o’rganish lozim. Tirik organizmlarning muhim xususiyatlaridan biri o’z-o’zini boshqarish sanaladi. 3-Topshiriq. Guruhlarga hayvonat dunyosini bulgan holda vazifalar beriladi ya’ni kim ko’p hayvonlar nomini yozish o’yinini o’ynaydi. 1.Guruhga baliqlar nomlarini yozish.(zog’ora,treska,keta,gorbusha,ugor,okun,tilyapiya,tikan baliq,skat,manta,baqra,soxta kurakburun,beluga strelyad,losos,bukri baliq,muylov baliq,qora baliq,moy baliq,oqcha baliq,laqqa, oq amur,xumbosh,olabug’a, sudak,ilonbosh,cho’rtan,karp va hakozolar). 2.Guruhga sudralib yuruvchi hayvonlar nomlarini yozish (ildam kalta kesak,dasht agamasi,kulrang echki emar,sariq ilon,gekkon,urchiqsimon kaltakesak,bo’g’ma ilon,taroq barmoq gekkon,kulrang gekkon,bo’z echkiemar,shaqildoq ilon,kapcha ilon,ko’lvor ilon,qora ilon,charx iloni,qalqontumshuq ilon,chipor ilon,toshbaqa,timsoh va hakozolar). 3.Guruhga qushlar nomlarini yozish.(ko’k kaptar,qarg’a,mayna, to’ti,qaldirg’och,laylak,kakku,kayra,chumchuq,musicha,chug’urchiq, yurg’a,chittak,kaklik,qirgovil,zog’cha,qorayaloq,turna,bulbul,zarg’aldoq,o’rda k, g’oz,oqqush,hakka,jiblajibon,zag’izg’on,kaklik,qizilushton,g’urrak,qirg’ovul, kurka,tovus va hakozolar). 4.Guruhga sut emizuvchi hayvonlar nomlarini yozish.(mol,echki,qo’y,to’ng’iz,it, dilfin,kit,o’rdak burun,yexidna,kenguru,tipratikan,sichqon,ko’rshapalak,yumronqoziq, jayra,kalamush,ondatra,nutriya,sug’ur,quyon,bo’ri,tulki,yo’lbars,ayiq, dingiz mushugi,morj,jayron,jirafa,alqor,maymun,ot,bo’rsiq va hakozolar). 4-Topshiriq.Nuqtalar o’rniga to’g’ri mos javob yozish. 1.guruhga.Bir hujayralilar tanasi mustaqil hayot kechirish……..(xususiyatiga) ega. Bitta …….(hujayradan) Iborat.Ular hujayrasida …….. (ayirish)va……(hazm)qilish …….(vakuolalari),harakatlanish orgonoidlari va …….(yadrosi) bo’ladi. 2.guruhga.Ko’p hujayrali organizmlar ya’ni hayvonlar…….(kaloniya)bo’lib yashovchi bir hujayrali …………(xivchinlilardan) kelib chiqqan.Tanasi ikki qavat ……..(ektoderma) va ........(endoderma)tuzilgan. 3.guruhga Xordalilar orasida …………(lansetnik) eng tuban ……..tuzilgan bo’lib, uning ………(ayirish) organlari ………(tananing) ikki yoni bo’ylab ……..(juft- juft)joylashganligi ……..(bosh) miyasining rivojlanmaganligi, …….(qon aylanishning)sistemasining tuzilishi va ………..(yuragi) mavjud emas. 4.guruhga Sutemizuvchilarning…………..( bosh miyasida) oliy……..(nerv) faoliyati ………. (markazlari) paydo bo’lgan. Bosh miya……….. (yarim sharlari) po’stlog’i yaxshi rivojlangan. …………(Eshitish) va…………(hid) bilish organlari yaxshi rivojlangan. 5-Topshiriq,,uyga vazifa tanlovi’’.Bunda o’quvchilar tomonidan uyda tayyorlab kelishgan: referatlar,bukletlar,ma’lumotlar,krossvordlar, amaliy ijodiy ishlar baholanadi va Tayyorlangan ishlar guruhlar o’rtasida almashinadi. Dars so’ngida mavzu yakunlanib, o’quvchilar bilimi baholanadi. Document Outline
Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling