Biologiya fanidan yakuniy davlat attestatsiyasini
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOLOGIYA 9-SINF 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- OʻTKAZISH BOʻYICHA METODIK TAVSIYA VA MATERIALLAR
- 9-SINF 2022
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TAʼLIM MARKAZI 2022–2023-OʻQUV YILIDA UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARINING 9-SINF OʻQUVCHILARI UCHUN BIOLOGIYA FANIDAN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASINI OʻTKAZISH BOʻYICHA METODIK TAVSIYA VA MATERIALLAR TOSHKENT – 2023 Imtihon materiallari Respublika taʼlimi markazining Biologiya fani Ilmiy-metodik kengashida 2023-yil 30-martdagi 1-son qarori asosida foydalanishga tavsiya etildi. Tuzuvchilar: E. Ochilov – Respublika taʼlim markazi biologiya fani metodisti. M. Suyunova – Toshkent shahar Chilonzor tumani 202-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining oliy toifali biologiya fani oʻqituvchisi. Taqrizchilar: S. Haytbayeva – Toshkent shahar Chilonzor tumani 178-IDUM oliy toifali biologiya fani oʻqituvchisi. S. Yodgarova – Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifali biologiya fani oʻqituvchisi. Muharrirlar: O. Musurmonkulova – Respublika taʼlim markazi metodisti. X. Baxtiyorova – Respublika taʼlim markazi metodisti. 202 BIOLOGIYA 9-SINF 2022 – 2023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinflarida biologiya fanidan yakuniy imtihon ushbu tavsiya etilgan bilet savollari asosida ogʻzaki soʻrov shaklida oʻtkaziladi. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari metodbirlashmalarining yigʻilish qaroriga muvofiq yakuniy imtihon materiallariga 15% – 20% gacha oʻzgartirishlar kiritishi mumkin. Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-, 7-, 8-, 9-sinflari biologiya fani boʻyicha mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada nazariy savollar, amaliy va laboratoriya ishlari boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan. Har bir oʻquvchi bittadan biletni tanlab oladi. Biletda oʻquvchiga 3 tadan savol beriladi. Savollarning ikkitasi nazariy, bittasi amaliy, laboratoriya mashgʻulotiga oid boʻladi. Tayyorgarlik koʻrish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Biologiya fanidan variativ reja boʻyicha faoliyat yuritayotgan maktablar pedagogik kengash qarorlari bilan qoʻshimcha savollar va masalalar kiritishi zarur. Har bir berilgan savolga javob 5 ballik tizim asosida baholanadi. Baholar umumlashtirilib oʻrtacha baho chiqariladi. Masalan: 5+4+3=12:3=4 Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling