Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi
-mavzu: Muskullarning rivojlanishi,odam qad-qomatining shakllanishi
Download 1.23 Mb.
|
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha
13-mavzu: Muskullarning rivojlanishi,odam qad-qomatining shakllanishi.
1.Muskullar ishining nerv boshqarilishida nerv impulslari o'tadigan yo'lni tartib bilan ko'rsating: a-nerv markazi,b-muskullar,d-sezuvchi nervlar,e-organlardagi retseptorlar, f-harakatlantiruvchi nervlar. A) 1-e,2-d,3-b,4-f,5-a B) 1-e,2-d,3-f,4-a,5-b C) 1-d,2-e,3-a,4-f,5-b D) 1-e,2-d,3-a,4-f,5-b 2.Tushunchalar va ularga mos keladigan iboralarni juftlab yozing: a-qad-qomat,b-retseptorlar,d-sezuvchi nervlar,e-harakatlantiruvchi nervlar; 1-sezuvchi nervlar uchlari, 2-odam tanasining erkin tutiladigan holati, 3-nerv impulslarini orqa miyadan muskullarga uzatiladigan nervlar, 4-nerv impulslarini retseptorlardan orqa miyaga uzatiladigan nervlar. A) a-2,b-4,d-1,e-3 B) a-3,b-1,d-4,e-2 C) a-2,b-1,d-4,e-3 D)a-2,b-3,d-4,e-1 3.Naysimon suyakning tuzilishini o'rganishdagi laboratoriya mashg'ulotida ishning borishini to'g'ri tartibda joylashtiring: 1-suyakning tashqi tuzilishi rasm daftarga chiziladi va uning qismlari yozib qo'yiladi, 2-suyakning uchki tomonlaridagi bo'g'im chuqurchasi va bo'rtig'i topiladi, 3-suyakning tanasi va ikki uchi aniqlanadi; 4-naysimon suyaklardan biri tanlab olinib, uning tuzilishi ko'zdan kechiriladi; A)1,2,3,4 B)4,3,1,2 C)4,3,2,1 D)2,4,3,1 4.Suyaklarning organik va minerall tarkibini aniqlash laboratoriya mashg'ulotida ishning borishini to'g'ri tartibda joylashtiring:1-mashg'ulot oldidan suyak pinset bilan kislotadan olinib, toza suvda yuviladi; 2-laboratoriya mashg'ulotidan 1-2 kun oldin xlorid kislota eritmasi yoki 50-70 ml sirka kislota quyilgan stakanga tovuq yoki qo'y suyagi solib qo'yiladi,3-kalsiysizlashtirilgan suyakning cho'zilishi va egilishi namoyish qilinadi, 4-kalsiysizlashtirilgan suyakning cho'zilishi va sinishi namoyish qilinadi, A)1,2,3,4 B)4,3,2,1 C)1,3,2 D)2,1,3 5. Yassi oyoqlikda oyoqning qaysi qismi og’riq paydo bo’ladi? A)Tovon- kaft, son muskullarida B)Son-boldir,panja muskullarida C)Boldir-panja,son muskullarida D)Tovon-kaft, boldir muskullarida 6. Umurtqa pog’onasini bukishda va ichki organlar bosimini saqlashda tananing … muskullari ishtirok etadi. A. ko’krak B. qorin C. qorin va orqa D. orqa 7. Gavda skeleti qismlarini aniqlang. A) umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi B) umurtqa pog'onasi, qovurg'alar C) qovurg'alar, to'sh suyagi D) umurtqa pog'onasi, to'sh, o'mrov suyaklari 8. Odam tanasining o'zi odatlangan holda erkin turishi ... deyiladi. A) statik ish B) dinamik ish C) qad-qomat D) tetaniya 9. Qaysi muskullar guruhi kurak suyagining harakatini ta'minlaydi va gavdani rostlab turadi? A) orqa B) qorin C) ko'krak qafasi D) yelka kamari 10. Umurtqa pog'onasining lordoz (a) , kifoz (b) va lordoz kifoz bo’lmagan (c) qismini belgilang. 1) bo'yin; 2) ko'krak; 3) bel; 4) dumg'aza 5)dum A) a-1, 2; b-3, 4; c-5 B) a-1, 3; b-2, 4; c-5 C) a-2, 3; b-1, 4; c-3 D) a-3, 4; b-1, 2; c-2 11.Umurtqa pog'onasi va bosh suyaklarinig noto'g'ri shakllanishiga nima sabab bo'ladi? A)yumshoq to'shak B)baland yostiq C)notekis o'rinda yotish D)barcha javoblar to'g'ri 12.Odam sakraganda yoki tasodifan yiqilganida organizmni kuchli zarbadan nima saqlaydi? A)tovon gumbazi B)chanoq suyagi C)tizza qopqog'i D)t.j.yo'q 13.Odam tik turganida boshi va bo'ynini gavdasiga nisbatan tik tutadi,yelkalari bir tekislikda,ko'kragi keng bo'lsa, uning qad qomati haqida qaysi javob to'g'ri bo'ladi? A)spondiloz qad- qomat B)lordoz qad- qomat C)kifoz qad-qomat D)normal qad-qomat 14.Muskullar necha yoshgacha ayniqsa, jadal o'sadi? A)18 yoshgacha B)16 yoshgacha C)15 yoshgacha D)t.j.yo'q 15.Umurtqa pog'onasidagi qiyshayishlar necha xil bo'lishi mumkin? A) 4xil B)3 xil C)5 xil D)6 xil Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling