Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi
-$.Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi
Download 1.23 Mb.
|
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha
42-$.Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi.
1.Bosh miya bo'limlari va ularga xos tuzilishi belgilarini juftlab yozing: a-uzunchoq miya, b-miyacha, d-miya ko'prigi,e-o'rta miya,f-oraliq miya, g-miya dastasi, h-miya katta yarimsharlari; 1-chap va o'ng qismlardan iborat, 2-uzunchoq miya bilan o'rta miya oralig'ida joylashgan, 3-orqa miya va miya ko'prigi bilan tutashgan, 4-bosh miya katta yarimsharlari ensa bo'limi ostida joylashgan, 5-o'rta miya ustida joylashgan, 6-miya ko'prigi ustida joylashgan, 7-uzunchoq miya,ko'prik va o'rta miyadan iborat. A)a-1,b-4,d-2,e-6,f-5,g-7, h-3 B) a-2,b-4,d-3,e-6,f-5,g-7, h-1 C) a-3,b-4,d-2,e-6,f-5,g-7, h-1 D) a-3,b-7,d-2,e-6,f-5,g-4, h-1 2.Bosh miya bo'limlari va ular funksiyasini juftlab yozing: a-uzunchoq miya, b-o'rta miya, d-oraliq miya,e-miyacha,f-miya dastasi,g-ko'prik; 1-nafas olish, qon aylanish, hazm qilish markazlari joylashgan, 2-o'tkazuvchi sistemalar orasida informatsiya almashinish, 3-eshitish,ko'rish harakatlari, skelet muskullari tonusini boshqarish, 4-orqa miya segmentlari,nafas olish, qon tomirlari,ko'z va bosh harakatlarini muvofiqlashtirish, 5-harakat aniqligi, tana koordinatsiyasini boshqarish, 6-organizm vegetativ funksiyasi, nerv, endokrin sistemani boshqarish. A)a-1,b-3,d-5,e-6,f-4,g-2 B) a-2,b-3,d-6,e-5,f-4,g-1 C) a-6,b-3,d-1,e-5,f-4,g-2 D) a-1,b-3,d-6,e-5,f-4,g-2 3. Uzunchoq miyaning kulrang moddasida qanday markazlar joylashgan? 1) nafas olish; 2) ovqat hazm qilish bezlarining shira ajratishi; 3) harakat: 4) aksa urish, yo'talish; 5) moddalar almashinuvi; 6)yurak ishini boshqarish A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 5 4.Quyida berilgan ma'lumotlardan qaysilari no'to'g'ri emas:1-bosh miya nerv sistemasining markaziy bo'limi organizmning barcha funksiyalarini boshqarib turadi; 2-odam organizmining oliy nerv faoliyati bosh miyaning funksiyasi bilan bog'liq; 3-bosh miyaning vazni katta yoshda 1020-1970 g bo'ladi, 4-bosh miyaning vazni yangi tug'ilgan chaqaloqlarda -450 g keladi,5-keksalikda miya vazni biroz ortadi, 5- yigirma yoshgacha odam miyasi hajmi 3,5-4 marta ,tana vazni esa 20 marta ortadi, 6-miyaning og'irligi nervlarning miyelin qobiq bilan qoplanishi,qobiqning qalinlashuvi va nerv hujayralarining yiriklashuvi hisobidan ortadi, 7-bosh miya 10 mlrd. dan ortiq neyronlardan iborat. A)1,2,3,4,5,6 B)1,2,3,4,6 C)1,2,3,4,5,7 D)1,2,3,4,7 5.Miya sopini nimalar tashkil qiladi? A)uzunchoq miya,ko'prikcha va o'rta miya B)uzunchoq miya,ko'prikcha va oraliq miya C)o'rta miya, ko'prikcha va oraliq miya D)uzunchoq miya,ko'prikcha va orqa miya 6.Varoliyev ko'prigida qanday markazlar joylashganligini aniqlang? A)nafas olish,yurak ishini boshqarish,hazm qilish B)himoya,ko'zni ochib -yumish,aksa urish,yo'talish C)ko'z soqqasi va yuz muskullarini harakatlantiruvchi D)eshitish,ko'rish,ta'm bilish,teri sezgisi 7.Miyachasi shikastlangan odamda yuzaga keluvchi belgilarni aniqlang? A)yurganda gandriklaydi,beo'xshov chayqalanib harakatlanadi B)barmoqlarning titrashi tufayli yozuvi aniq bo'lmaydi C)ignaga ip o'tkazolmaydi D)hamma javoblar to'g'ri 8.Oraliq miyada qanday markazlar joylashganligini aniqlang? A)nafas olish,yurak ishini boshqarish,hazm qilish B)himoya,ko'zni ochib -yumish,aksa urish,yo'talish C)ko'z soqqasi va yuz muskullarini harakatlantiruvchi D)moddalar almashinuvi,to'yish, och qolish,chanqash 9.O'rta miya nima tashkil topgan? A)miya oyoqchalari, ikkita tepalik va tepaliklar orasida joylashgan suv yo'lidan B)miya oyoqchalari, to'rt tepalik va tepaliklar orasida joylashgan suv yo'lidan C)miya oyoqchalari, ikki tepalik va tepaliklar orasida joylashgan egatchalardan D) miya oyoqchalari, to'rtta tepalik va tepaliklar orasida joylashgan pushtalardan 10. Quyidagi rasmda 4- raqamda qaysi qismlar ifodalanganligini to'g'ri belgilang: A)oraliq miya B)ko'prik C)uzunchoq miya D)qadoq tana 11.Bosh miyaning stvol qismi nimalardan iborat? A)uzunchoq miya,o'rta miya B)miya ko'prigi,oraliq miya C)miyacha,orqa miya D)A va B javoblar to'g'ri 12.O'rta miyada qanday nerv markazlar joylashgan? A)skelet muskullari tonusi B)qo'l barmoqlarining nozik harakatlari C)ko'rish, eshitish va chamalash reflekslari D)hamma javoblar to'g'ri 13.Miya sopidan nechta kalla-miya nervlari chiqadi? A)12 ta B)24 ta C)20 ta D)10 ta 14.Bosh miyaning kulrang moddasi qanday funksiyani bajaradi? A)o'tkazuvchanlik B)reflektorlik C)qo'l barmoqlarning nozik harakatlari D)eshitish,ko'rish refleklari 15.Aksa urish nerv markazlari bosh miyaning qaysi qismida ekanligini aniqlang? A)varoliyev ko'prigi B)uzunchoq miya C)o'rta miya D)oraliq miya Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling