Biologiya turlari bo
Mamatqulova
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.Bo’shliqichlilarning sistematikasi hamda filogeniyasi . Dunyo
- Korall poliplar(Anthozoa) sinfi.
- “rif”
Tip
|
Kenja tip |
Sinf |
Kenja sinf |
Turkum | |||||||
Tur | |||||||||||
1. |
G`ovaktanlilar (Bulutlar) – Porifera (Spongia) |
|
Ohak skeletli g`ovaktanlilar – Calcarea (Calcispongia) |
|
| Askon tipidagi – Asetta Leykon tipida tuzilgan ohakli bulut |
| ||||
2. |
Shishasimon skeletli g`ovaktanlilar – Hyalospongia |
|
Euplectella | Vinera savatchasi – Euplectella Vinerae Gialonema – Hyalonema |
| ||||||
3. |
Oddiy g`ovaktanlilar – Demospongia |
|
Kremniy – muzguz skeletlilar – Demospongia | Tualet g`ovaktanlisi – Spongia zimocca |
| ||||||
4. |
Spongilla | Chuchuk suv bodyagasi – Bodiaga Bodyaga buluti – Spongilla lacustris |
|
2.2.Bo’shliqichlilarning sistematikasi hamda filogeniyasi.
Dunyo – hayvon – Zoa
Kenja dunyo – ko`p hujayralilar – Metazoa
Bo`lim – haqiqiy ko`p hujayralilar – Eumetazoa
№ |
Tip |
Kenja tip |
Sinf |
Kenja sinf |
Turkum |
Tur |
1. |
Bo`shliqichlilar – Coelenterata |
|
Gidrozoylar – Hydrozoa |
Gidroidlar – Hydroidea |
Gidropoliplar – Leptolida | Butli meduza – Gonionemus Obeliya gidropolipi – Obelia geniculate Chuchuk suv meduzasi – Craspedacusta Traximeduza aglantha Hydrocorallia |
2. |
Meduza holida hayot kechiruvchi – Tachylida | Parazit gunina – Cunina Baliq parazit gidrasi – Polypodium hydriforme | ||||
3. |
Gidralar – Hydrida | Poyachali gidra – Pelamathohydra Chuchuk suv gidrasi – Hydra oligactis Qo`ng`ir gidra – Hydra vulgaris Yashil gidra – Hydra viridis Kulrang gidra – Hydra grisea | ||||
4. |
Bo`shliqichlilar – Coelenterata |
|
Gidrozoylar – Hydrozoa |
Sifonoforalar – Siphonophora |
| Portugaliya kemachasi – Physalia Fizafora – Physofora hydrostatica |
5. |
Sifoid meduzalar – Scyphozoa |
|
Stavromeduzalar – Stauromedusae | Lyutsernariya – Lucernaria Galiklistus – Haliclystus | ||
6. |
Kubomeduzalar – Cubomedusae | Dengiz arisi – Chiropsalmus | ||||
7. |
Korall poliplar – Anthozoa |
Sakkiz nurlilar – Octocorallia |
Semaeostomeae | Dengiz laganchasi – Aurelia aurita Qutb meduzasi – Cyanea capillata Nur taratuvchi – Pelagia | ||
8. |
Ildizog`iz meduzalar – Rhizostomida | Ildizog`iz meduza – Rhizostoma pulmo | ||||
9. |
Muguzsimon korallar – Gorgonaria | Qizil korall – Corallium rubrum | ||||
10. |
|
Oltinurlilar – Hexacorallia |
Aktiniyalar – Actinaria | Aktiniya – Actinia eguina Qisqichbaqasimonlar bilan simbioz yashovchi – Sagartia “Zohid” qisqichbaqa aktiniyasi – Adamisia rondeleti | ||
11. |
Madreporlar – Madreporaria | Madrepor – Madrepor |
Filogeniyasi. Taroqlilar ayrim tuban tuzilish belgilarga ega. Masalan, kipriklar yordamida harakatlanish xuddi shunday belgilardan deyish mumkin. Rivojlanish davrida mezoderma qavatining hosil bo‘lishi esa ularni chuvalchanglarga yaqinroq ekanligini ko‘rsatadi. Ana shu sababdan taroqlilar bo‘shliqichlilar bilan birga bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan deyish mumkin
Knidariyalarning (Cnidaria) asosiy belgisi – ularda evolyutsiyasida “knidotsit” larni paydo bo‘lishidir. Ularni nomi - Cnidaria ham shundan olingan. Knidotsit sensor va effektor ho‘jayra bo‘lib ham sezadi, ham javob reaksiyasi qaytaradi. Knidotsit ichida “knida” (otiluvchi kapsula va suyuqlik bilan to‘lgan membrana kapsulasi hamda spiralsimon otiluvchi ip) joylashgan bo‘ladi.
Bo‘shliqichlilar (Cnidaria) deb shunday hayvonlarga aytiladiki ular tanasining katta qismini egallagan markaziy bo‘shliq bir vaqtning o‘zida ichak va tana bo‘shlig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Ichak tana (gastral) bo‘shlig‘i og‘iz teshikchasi orqali tashqi muhit bilan tutashgan. Gastral bo‘shliqning devori ektoderma va entoderma epiteliya to‘qimasidan tuzilgan. Bularning orasida turlicha rivojlangan mezogleya qavati joylashgan. Og‘iz teshigi atrofida yoki tanasining sirti boshqa qismida joylashgan paypaslovchilari oziqni ushlab olish va himoya vazifasini bajaradi.
Ektodermada joylashgan maxsus otiluvchi ho‘jayralar mazkur tip uchun harakterli bo‘lib, bulardan chiqadigan zaharli ip hujum (ovqatni olish) va himoya vazifasini bajaradi.
Garchi kovak ichlilar haqiqiy ko‘p ho‘jayralilar bo‘lsada ularni koloniya bo‘lib yashaydiganlari murakkab tuzilgan. O‘troq va koloniya holda yashovchi turlari har xil katta kichiklikda bo‘lib, xilma-xil shakllarda bo‘lishi mumkin. Yakka yashovchi o‘troq turlari bir muncha sodda bo‘lsa suzib yuruvchilari-meduzalar murakkab tuzilgan.
Bo‘shliqichlilar (Cnidaria) avlodlari orasida bir necha 10 mmli mayda formalaridan tortib tanasi bir necha metrli formalari ham mavjud.
Hozirgi davrda fanga ma’lum bo‘lgan kovakichlilarning 10 mingga yaqin turi bo‘lib, shundan 20 ta turi chuchuk suvlarda uchraydi. 3 sinf 18 ta turkumga bo‘linadi.
1. Korall poliplar (Anthozoa) sinfi.
2. Medusozoa taksoni. Ssifoid meduzalar (Scyphozoa) sinfi.
3. Gidrasimonlar (Hydrozoa) sinfi.
Korall poliplar(Anthozoa) sinfi.
Korall poliplar (Anthozoa) yoki Marjon poliplar – tashqi tomondan ma’lum darajada gidroid poliplarga o‘xshash, o‘troq kovak ichlilar bo‘lib, ba’zi turlari yakka holda; ko‘pchiligi esa koloniya bo‘lib yashaydi. Bular uchun tananing bir muncha murakkablashganligi, jumladan gastral bo‘shlig‘ida maxsus iskanalar va cho‘ntakcha (karmoncha)lar hosil bo‘lganligi, og‘iz teshigi bilan gastral bo‘shlig‘ini tutashtiruvchi ektodermal halqum bo‘lishi harakterlidir.
Gastral bo‘shlig‘i atrofidagi entodermal iskanalar devorida otiluvchi juda ko‘p ho‘jayralar saqlovchi mezenteriya iplarining mavjudligi, paypaslovchilarining sakkizta yoki ko‘p bo‘lishi, ko‘pchilik turlarida ektodermadan yoki mezogleya qavatida hosil bo‘luvchi ohak skelet mazkur sinf uchun o‘ziga xos hususiyatlardir. Koralli poliplarda meduzasimon erkin yashovchi avlodlar bo‘lmaydi. 6000 dan ortiq turni birlashtiruvchi mazkur sinfning hamma vakillari faqat ochiq (okean bilan tutash) dengizlarda yashaydi.
Bular ikkita kenja sinfga bo‘linadi.
1. Olti nurli korallar.
2. Sakkiz nurli korallar.
Aktiniya tuzilishi va hayoti. Yakka yashovchi olti nurli polip aktinialarning ba’zi kichikroq turlar Qora dengiz sohillarida, bir necha turlari uzoq Sharq dengizlari va Barens dengizi sohillarida uchraydi. Aktinia g‘o‘lasimon tanasining ostki tovon qismi bilan suv osti buyumlariga yopishib yashaydi.
Tananing ustki og‘iz diski deb nomlanuvchi qismida og‘iz, diskning chetida esa bir qancha kaltaryoq paypaslagichlari joylashgan. Gastral bo‘shlig‘i tikkasiga joylashgan bir nechta entoderma iskanalari bilan ajralib, iskanalar oralig‘ida karmon hosil qilgan.
Paypaslovchilar va og‘iz oldi diski yuz minglarcha zaharli otiluvchi ho‘jayralar bilan ta’minlangan. Gastral bo‘shlig‘i iskanalarining qirg‘oqlarida mezenteriya iplari degan tolalar bo‘lib, bular ham juda ko‘p otiluvchi ho‘jayraga ega tanasining ostki qismi muskulli va notekis. Ba’zan aktinia tanasi bilan harakatlanadi.
Aktinialar ko‘pchiligi turli hayvonlar, jumladan bir muncha yirik qisqichbaqasimonlar, hatto mayda hayvonlar bilan oziqlanadigan yirtqichlardir. Bularni ovlashda chaqqon va otiluvchan zaharli iplar xizmat qiladi. Chala o‘lik “ov” mezenteriya iplarining zahridan o‘ladi. Otiluvchi ho‘jayralar zahri kuchli ta’sir qiladi. ( Jumladan odamga ham) Aktinia ayrim jinsli. Gonadalari endodermal iskanalarda joylashgan. Tuxum ona aktinia gastral bo‘shlig‘ida urug‘lanadi. Urug‘ suv orqali kiradi. Dastlabki rivojlanish ona tanasidan chiqib biror substratga yopishib oladida mustaqil hayot kechiradi.
Bundan tashqari aktiniyalar kurtaklanib ham ko‘payadi. (Xuddi gidradek) Aktiniya okean va dengizlarda ko‘p tarqalgan. Janubiy issiq dengizlarda ularning bir qancha katta (30-70 sm) turli rangdagi turlari uchraydi.
Bularning hayoti uchun krablar tanasi ustiga joylashib simbioz hayot kechirishi harakterlidir. Kovak ichlilar ichida aktinialar eng uzoq yashaydigan hayvonlar bo‘lib, 50-60 yilgacha umr ko‘rishi aniqlangan.
Madreparariyalar turkumi. Yakka yashovchi madreparariyalar tashqi ko‘rinishi jihatidan aktinialarga bir oz o‘xshasada, bularda tananing ostki qismi ektodermadan hosil bo‘luvchi ohak skelet bo‘lishi harakterlidir.
Kaloniya bo‘lib yashovchi madreporariyalarning individlari yonma-yon yashab tanasining ostki qismi (ohak) 1-1iga qo‘shilib ketadi.
Bularning bir avlodi o‘lib ketib bu avlod skeleti ustiga yosh kaloniya kelib joylashadi.
Yillar o‘tishi bilan bir necha avlod skeleti qoldig‘idan dengiz ostida juda katta ohak qatlamlari hosil bo‘ladi. Bulardan “rif” lar hosil bo‘ladi. Mazkur riflarning juda katta “qatori” Avstraliyaning sharqiy sohillarida, Tinch okeanida va Hind okeanda uchraydi.
Sakkiz nurli koralli poliplar. Sakkiz nurli koralli poliplarning hamma avlodlari koloniya bo‘lib yashaydi. Ularning tuzilishida tananing og‘iz oldi diskida 8 ta shoxlangan paypaslovchilar, gastral bo‘shlig‘ida 8 ta entodermal iskanalar bo‘lishi, koloniyalarning poya va poliplardan tarkib toplanligi hamda mezogleya qavatida ichki skelet hosil bo‘lishi harakterlidir.
O‘rta Dengiz va Qizil dengizda ko‘p tarqalgan alsionium koloniyasi tashqi tomondan bo‘ta yoki daraxtga o‘xshaydi.
Download 1.32 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling