Biologiya turlari bo
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
Download 1.32 Mb.
|
Mamatqulova
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
KIRISH 2021-yil 12-yanvar kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi olimlar nigohida” mavzusida respublika ilmiy-amaliy davra suhbati oʻtkazildi. Unda TDYUU professor-oʻqituvchilari va talabalari, huquqshunos olim va mutaxassislar, Universitet qoshidagi akademik litsey oʻquvchilari, Olmazor tumani maktab oʻqituvchilari va OAV vakillari ishtirok etdilar. Bu haqda OTM matbuot xizmati xabar berdi. Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbari Murojaatnomasining jamiyatimiz hayotidagi ahamiyati avvalo shu bilan belgilanadiki, unda soʻnggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijalari bilan bir qatorda, galdagi vazifalar aniq belgilab berildi. Prezidentimiz Murojaatnomasidagi asosiy gʻoya, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar ortga qaytmas, barqaror xususiyat kasb etganligi, yangilanish jarayoni bundan buyon ham qatʼiy va izchil davom ettirilishidan iboratdir. Bunda mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini taʼminlash, ayniqsa yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi boʻlib qoladi. Davlatimiz rahbari taklifiga binoan joriy yilning «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berilishi ham shundan dalolat. Xususan, Prezidentimiz oʻz Murojaatnomasida taʼkidlab oʻtganlaridek, biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Tadbir ishtirokchilari tomonidan taʼkidlanganidek, bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari oldida muhim vazifalar turibdi. Bunda yuridik fan va taʼlimni yana-da takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, professional yuridik taʼlim avvalo jamiyat huquqiy madaniyatining muhim qismi hisoblanadi va uni yuristlarning bir avlodidan keyingisiga yetkazadi. Qolaversa, yurtimizda amalga oshirilayotgan, har bir sohaning meʼyoriy-huquqiy negizini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar koʻp jihatdan aynan yosh huquqshunoslar salohiyati va ilmiy kadrlarning imkoniyatiga bogʻliq boʻladi. Bu, avvalo, oʻqitish uslubiyoti va oʻquv dasturlarini tubdan yangilash, zamonaviy darsliklarni yaratish, taʼlimga axborot texnologiyalarini joriy etish, faol xalqaro integratsiya demakdir. Endilikda yuridik kadrlarni nafaqat davlat va nodavlat sektorda faoliyat yuritish uchun, balki innovatsion yondashuv asosida sohaga oid faoliyat bilan shugʻullanuvchi frilanser yoki startap-akselerator kabi butun dunyoda talab katta boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash maqsadga muvofiq ekanligi anjumanda alohida taʼkidlandi. Shuningdek, joriy yilda Universitet tomonidan innovatsiyalarni joriy etish yoʻnalishida ham ishlar izchil davom ettiriladi. Jumladan, hozirda Toshkent davlat yuridik universitetida “Huquqingiz bor” innovatsion loyihasi orqali kundalik hayotimizda duch kelishimiz mumkin boʻlgan dolzarb va qiziqarli mavzularda nafaqat huquqiy-ommabop risolalar, balki Android va iOS operatsion tizimlari uchun moʻljallangan “Huquqiy Shahar” mobil ilovalari foydalanuvchilarga taqdim etilmoqda. Bu oʻz navbatida, huquqiy targʻibot sohasiga innovatsion yondashuvlarni joriy qilish orqali aholi huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, davra suhbatida yuridik taʼlimning metodologik asoslarini yana-da takomillashtirish yoʻnaltirilgan ilmiy faoliyatni jonlantirish haqida soʻz yuritildi.1 Davlatimiz rahbari Murojaatnomasida qonun ustuvorligini taʼminlash, ayniqsa sud-huquq sohasidagi islohotlariga bagʻishlangan vazifalar – bu davra suhbatida muhokama qilingan yana bir mavzu boʻldi. Taʼkidlanganidek, soʻnggi 4 yilda sud-huquq sohasini isloh etish borasida dadil qadamlarni qoʻyilib, bu yoʻnalishdagi ustuvor masalalar yuzasidan 40 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilingani Prezidentimiz tomonidan Murojaatnomada alohida aytib oʻtildi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling