Biologiya turlari bo


– rasm. G'ovaktanlilarning rivojlanishi


Download 1.32 Mb.
bet5/14
Sana09.03.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1255015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mamatqulova

3 – rasm. G'ovaktanlilarning rivojlanishi.
А – hayvon tanasidagi psevdogastrula. В – erkin yashovchi amfiblastula. D – mayda hujayralammg botib kirishi va psevdogastrulaning hosil bo'lishi. E – lichinkaning yopishib olib metamorfozning boshlanishi.






4 – rasm. Shishasimon g‘ovaktanlilar.
A – Venera savatchasi (Euplectella),
В – Gialonema (Hyalonema).

1.2.Tip vakillarining tana shakli va simmetriyasi.
Bu tipga 10000 dan ortiq tumi o'z ichiga olgan sodda tuzilgan ko'p hujayralilar kiradi. Ko'pchilik bo'shliqichlilar dengiz va okeanlarda, faqat ayrim turlari chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Ular orasida yakka yashovchi, koloniya hosil qiluvchi hamda o'troq va erkin yashovchi turlari bor.
Bo`shliqichlilar tipiga kiruvchi hayvonlarning tanasi shu'lasimon, ya'ni radial simmetriyali bo'ladi. Tanasi ikki qavat bo`lib joylashgan hujayralardan iborat. Tashqi qavati ektoderma, ichki qavati endoderma deyiladi. Ektoderma va endoderma har xil tuzilishga ega bo'lgan hujayralardan iborat. Bu ikkala qavatni hujayrasiz parda – mezogliy ajratib turadi. Ektoderma va endoderma tana bo'shlig'ini o'rab turadi. Tana bo'shlig'i ichak vazifasini ham bajaradi. Bu bo'shliq tashqi muhit bilan faqat og'iz teshigi orqali bog'langan. Nerv hujayralari ko'pincha tanada tarqoq joylashgan. Hamma bo'shliqichlilar ektodermasida otuvchi hujayralar bo'ladi.
Bo'shliqichlilar tipi gidroid poliplar (Hydrozoa), ssifomeduzalar (Scyphozoa) va korall poliplar (Anthozoa) sinflariga bo'linadi.
Gidropoliplar dengiz va okeanlarda koloniya bo'lib yashaydi. Ayrim vakillari chuchuk suvlarda yakka holda hayot kechiradi. Gidroid poliplar sinfiga 4000 ga yaqin tur kiradi. Gidra (Hydra sp.) bu sinfning xarakterli vakili hisoblanadi.
Gidra tiniq suvli ko'l va hovuzlarda hamda daryolarning tinch oqadigan qismida suv o'tlariga yoki boshqa narsalarga yopishib hayot kechiruvchi polip hisoblanadi. Bizdagi suv havzalarida gidrani bahor, yoz va erta kuzda uchratish mumkin.
Gidraning tanasi silindrsimon bo'lib, uzunligi 5 – 7 mm keladi. Tanasining ostki tomoni tovon deb ataladi. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi. Gidraga o'xshash kam harakat, o'troq hayot kechiradigan bo'shliqichlilar polip deyiladi ("polip" so'zi "ko'poyoq" degan ma'noni anglatadi). Tanasining yuqori uchida og'iz teshigi joylashgan. Og'iz teshigi atrofida 5 – 12 ta uzun, ingichka paypaslagichlari bo'ladi(20 – rasm).
Gidra shu'lali yoki radial simmetriyaga ega. Uning tanasi orqali xayolan bitta o'q chiziq o'tkazilsa, uning paypaslagichlari ana shu o'q atrofida xuddi bitta yorug'lik manbaidan tarqaladigan shu'la singari har tomonga taralib joylashadi. Shu'lali simmetriya birmuncha mo`tadil suv muhitida o'troq yashaydigan bo'shliqichlilar va ignaterililar uchun xosdir.


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling