Biologiya turlari bo


Dastlabki tuban ko’p hujayralilar,Bo’shliqichlilar tipi umumiy tavsifi


Download 1.32 Mb.
bet3/14
Sana09.03.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1255015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mamatqulova

1.1. Dastlabki tuban ko’p hujayralilar,Bo’shliqichlilar tipi umumiy tavsifi.
Ko'p hujayrali hayvonlarning tanasi har xil tuzilishga ega bo'lgan ko'p sonli hujayralardan tashkil topgan. Har qaysi hujayralar guruhi muayyan bir vazifani bajarishga moslashgan. Masalan, muskul hujayralari qisqarish xususiyatiga ega bo’lib, harakatlanish vazifasini bajarsa, nerv hujayralari ta'sirlanish va ta'sirga javob berish vazifasini bajaradi. Ko'p hujayralilar organizmidagi ayrim hujayralar organizm uchun zarur bo'lgan muayyan vazifani bajarishga moslashgan. Shuning uchun organizmdan ajratib olingan ayrim hujayralar mustaqil hayot kechira olmaydi.
Ko'p hujayrali hayvonlar 17 dan ortiq tipga bo'linadi. Hamma ko'p hujayralilarni tana simmetriyasining rivojlanishiga ko'ra shu'lasimon, ya'ni radial va ikkitomonlama, ya’ni bilaterial simmetriyalilarga ajratish mumkin. Shu'lasimon simmetriyali hayvonlarni bo’shliqichlilar va ignaterililar tiplarining vakillari tashkil etadi. Ko'pchilik ko'p hujayralilar ikkitomonlama (bilaterial) simmetriyali hayvonlar hisoblanadi. Bundan tashqari ko'p hujayralilar tana bo'shlig'ining va og'iz teshigining hosil bo’lish xususiyatlariga ko'ra birlamchi tana bo'shliqlilar va ikkilamchi tana bo'shliqlilar, birlamchi og'izlilar va ikkilamchi og'izlilarga bo'linadi.
PLASTINKASIMONLAR (PLACOZOA) TIPI
Plastinkasimonlar amyobaga o'xshash dengiz hayvonlari. Tana hujayralari juda kam ixtisoslashgan hujayralardan iborat. Orqa tomonida orqa epiteliysi, qorin tomonida xivchinli qorin epiteliysi hujayralari joylashgan, ular oralig'idagi mezenximasi soxta oyoqlar yordamida harakatlanadigan amyobasimon hujayralar bilan to'lgan. Mezenximada orqadan qorin tomonga cho'zilgan yirik duksimon hujayralar ham bo'ladi. Bu hujayralar hayvonning orqa tomoniga ko'tarilib, oziq zarralarini yutadi va mezenximaga qaytadi. Plastinkasimonlar eng sodda tuzilgan ko'p hujayralilar bo'lib, ular ko'p hujayralilarning kelib chiqishini tushuntirishda katta ahamiyatga ega.
Plastinkalilarning trixoplaks urug'iga kiruvchi ikki turi ma'lum. Ulardan biri Atlantika okeani, O'rta yer va Qizil dengizlardan, ikkinchi turi Italiyaning Neapol shahri akvariumidan topilgan.
G'ovaktanalilar o'troq yashovchi, ko'pchiligi kolonial suv hayvonlaridir Tanasi kam ixtisoslashgan bir necha xil hujayralardan iborat. Tana devorida juda ko'p teshikchalar – poralar bo'ladi. Bu poralar xivchinli hujayralar (xoanositlar) bilan qoplangan paragastral bo'shliqqa, bo'shliq esa oskulum teshigi orqali tashqariga ochiladi. Tanasining tashqi ektoderma qavati yassi epitelial hujayralardan iborat. Yoqacha xivchinli hujayralar (xoanositlar) ichki endodermani hosil qiladi. Ektoderma bilan endoderma oralig'idagi mezogliyda yulduzsimon hujayralar kollensitlar, skelet hosil qiluvchi skleroblastlar, hazm qiluvchi amyobositlar va ixtisoslashmagan rezerv hujayralar – arxeositlar bo'ladi.





Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling