Biologiya turlari bo
– rasm. G‘ovaktanlilarning tuzilishi
Download 1.32 Mb.
|
Mamatqulova
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – rasm. Govaktanlilarning tuzilish tiplari.
1 – rasm. G‘ovaktanlilarning tuzilishi.
A – tana devorining ko‘ndalang kesimi. В – skelcti spikulalarining har xil shakllari: 1 – tana sirti va naylari devorini qoplovchi hujayralar, 2 – yoqali xivchinli hujayralar, 3 – mezogleyadagi tuxum hujayra, 4 – mezogleyadagi skleroblast, 5 – naychalar, 6 – yulduzsimon hujayra. Tuzilishiga binoan g'ovak tanalilar askon, sikon, leykon tiplariga bo'linadi (2 – rasm). Askon eng sodda tuzilgan, mezogleyasi qalin emas. Tana devoridagi teshikchalar ingichka naychalar orqali bevosita xivchinli hujayralar bilan qoplangan paragastral bo'shliqqa ochiladi. Sikon tipidagi g'ovaktanalilar xivchinli hujayralar mezogleyaga botib kirib turadigan kameralar devorida joylashgan. Suv poralardan naychalar orqali dastlab ana shu kameralarga, ulardan paragastral bo'shliqqa ochiladi. Leykon tuzilishiga ega bo'lgan g'ovaktanalilar mezogleysi yaxshi rivojlangan, xivchinli kameralar mezogleyga chuqur botib kiradi. Tana yuzasidagi teshikchalar dastlabki naychalar orqali ana shu kameralarga, kameralar esa naychalar orqali paragastral bo'shliqqa ochiladi. 2 – rasm. G'ovaktanlilarning tuzilish tiplari. A – askon. В – sikon. D – leykon: 1 – teshiklar, 2 – xivchinli kameralar, 3 – oskulum. Strelkalar suv oqimi yo'nalishini ko'rsatadi. G'ovaktanalilar tashqi yoki ichki kurtaklanish orqali jinssiz ko'payadi. Tashqi kurtaklanib, koloniyani hosil qiladi. Ichki kurtaklanish orqali chuchuk suv g'ovak tanlisi bodyaga kuzda gemmula hosil qiladi. Gemmula qishlab qoladi. Jinsiy ko'payishda ohak skeletli g'ovaktanalilar ikki xil hujayrali amfiblastulani hosil qiladi. Gastrulyatsiya jarayoni ikki marta sodir bo'ladi. Lekin birinchi marta gastrulyatsiya hosil bo'lishi oxiriga yetmasdan murtak yana amfiblastula holiga o'tadi. Amfiblastula ikkinchi marta teskari ag'darilib psevdogastrulani hosil qiladi. Shuning uchun g'ovaktanalilar teskari ag'darilgan hayvonlar deyiladi. Kremniy va spongin skeleti g'ovaktanalilarda dastlab blastula devoridagi ayrim hujayralarning blastoselga ko'chib o'tishi (immigratsiya) tufayli parenximula lichinkasi, undan esa psevdogastrula hosil bo'ladi. Lichinka suv tubiga cho'kib, teskari ag'dariladi. G'ovaktanalilar tipiga 5000 dan ortiq tur kiradi.Skeleti tuzilishiga binoan g'ovaktanalilar tipi ohak skeletli, shishasimon skeletli va oddiy g'ovaktanalilar sinflariga ajratiladi. Ko'pchilik turlari (dengiz apelsinlari, geodeyalar, po'kak g'ovaktanalilar, zimokka, bodyagalar) oddiy g'ovaktanalilarga mansub. А ^ Е Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling