Biologiya turlari bo


Tip vakillarining ko’payishi va rivojlanishi


Download 1.32 Mb.
bet8/14
Sana09.03.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1255015
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Mamatqulova

2.1.Tip vakillarining ko’payishi va rivojlanishi.
Ssifoid meduzalarning hayot siklida jinsiy va jinssiz ko'payishi navbatma – navbat yuz beradi. Ular meduza davrida jinsiy ko'payadi(24 – rasm). Jinsiy hujayralari soyabonning ostki tomonida hosil bo'ladi. Yetilgan urug` hujayra og'zi orqali tashqariga chiqariladi va urg'ochi meduza og'zidan ichkariga kirgach, tuxum hujayra bilan qo’shilib, urug'lanadi. Urug'langan tuxum hujayradan hosil bo'lgan planula lichinkasi kipriklarini tashlaydi va suv ostiga cho'kib, juda mayda polipcha hosil qiladi. Polipcha ko'ndalangiga bir necha marta bo'linib, yassi kurtakchalar hosil qiladi. Kurtakchalardan esa meduzalar о'sib, yetishadi. Shunday qilib, meduza ssifo meduzalarning jinsiy ko'payadigan avlodi, poliplar esa jinssiz avlodi hisoblanadi. Lekin polip davri juda qisqa davom etadi.



7– rasm. Ssifoid meduzalarning rivojlanishi.
1 – tuxum, 2 – planula lichinkasi, 3 – ssifistom polipi, 4 – kurtaklanayotgan ssifistom, 5 – ssifistomning ko'ndalang bo'linishi, 6 – yosh mcduza efira, 7 – yetuk meduza.

Ssifomeduzalarning xilma – xilligi. Meduzalar juda xilma – xil bo'lib, tanasining diametri bir necha santimetrdan ikki m gacha yetadi, ayrim meduzalar otuvchi hujayralarining zahari yirik hayvonlar va hatto, odam uchun ham xavfli hisoblanadi. Tropik dengizlarda keng tarqalgan fizaliyaning suv yuzasida turuvchi chiroyli yelkani bo'ladi. Yuqoridan pastga qarab osilib turgan paypaslagichlari 30 m ga yetadi. Uning kuydiruvchi hujayralaridan zaharlangan odamning ko'ngli ayniydi va harorati ko'tariladi. Dengiz arisi nomini olgan xiropsalmus meduzasi Avstraliya qirg’oqlarida uchraydi. Uning zahari odamni falaj qilish xususiyatiga ega. Uzoq Sharqdagi Kuril orollari yaqinida va Amur daryosining quyilish joyida uchraydigan butli meduza zahari odam uchun juda xavfli hisoblanadi. Ssifo meduzalar sinfiga 200 dan ortiq tur kiradi.
Korall poliplar sinfiga 6000 dan ortiq turdagi, asosan koloniya bo'lib yashovchi bo'shliqichlilar kiradi. Ayrim vakillari yakka yashaydi.
Ko'pchiiik vakillari iliq suvli tropik dengizlarda tarqalgan. Ularga aktiniyalar va korall poliplar kiradi.
Aktiniyalar (Actinia sp.) yakka holda yashovchi korall poliplarga kiradi. Ularning tanasi silindrsimon bo'lib, diametri bir necha millimetrdan 0,5 m gacha yetadi. Tanasining yuqori uchida og'iz teshigi joylashgan. Og'iz teshigi atrofida ko'p miqdordagi paypaslagichlari bir necha qator bo'lib joylashgan. Og'iz teshigi tor naysimon halqum orqali ichak bo'shlig'i bilan tutashgan. Ichak bo'shlig'i ko'ndalang yoki tik to'siqlar yordamida bir necha qismga bo'linadi.
Aktiniyalar – o'troq yashovchi, kamharakat yirtqich hayvonlar. Ular tovoni bilan juda sekin harakatlanishi mumkin. Aktiniyalar paypaslagichlari yordamida har xil dengiz hayvonlarini, shu jumladan, qisqichbaqasimonlar va mayda baliqlarni tutib yeydi. Paypaslagichlarda juda ko’p otuvchi hujayralar bo'ladi. Shuning uchun boshqa hayvonlar aktiniyalarga tegmaydi. Zohid qisqichbaqalar dushmanlardan o'zini himoya qilishi uchun chig’anog'i ustiga bitta yoki bir nechta aktiniyani o'tqazib, olib yuradi. Zohid qisqichbaqa aktiniya yordamida o'zini himoya qilish bilan birga o'zi tutgan oziqni aktiniya bilan baham ko'radi(25 – rasm). Ikkita jonivorning bunday o'zaro hamkorlikda hayot kechirishi simbioz deyiladi.


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling