Биология ва генетика


Erda hayotning paydo bo‟lishi to‟g„risida koatservat va genetik gipotezalar


Download 0.97 Mb.
bet11/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

Erda hayotning paydo bo‟lishi to‟g„risida koatservat va genetik gipotezalar.


Hayot paydo bo‘lish muammosi fan va texnikaning rivojlanishiga qarabdavrlarda turlicha hal etildi. Din peshvozlari va idealizm oqimining nomoyondalar Er yuzidagi barcha o‘simliklar, hayvonlar va odamlar xudo qudrati bilan vujudga kelgan, degan fikrni uzoq davr targ‗ib qilib keldilar. Bunga qarama-qarshi materializm oqimi tarafdorlari esa hayot hech qanday ilohiy kuch ishtirokisiz, tabiiy qonunlar asosida paydo bo‘lganligini e‘tirof etdilar. Biroq materializm oqimining dastlabki tarafdorlari o‘lik tabiat bilan tirik tabiat orasidagi tub sifat fikrlarini etarlicha anglab olmadilar. XVI - asrda yashagan biolog vrach Van Gelmant sichqonlar dondan , vrach SHratsels baliqlar va sichqonlar sasigan suvdan paydo bo‘ladi, degan fikrni targ‗ib qildilar. Paratsels ―katta-kichkina tirik‖ odam gomenkulisni laboratoriyada tayyorlash retseptini ham tuzdi.

  1. asrda yashagan Italyan olimi Franchesko Redi hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi to‘g‗risidagi bunday tasavvurlar noto‘g‗rilgini birinchi bo‘lib tajribada isbotladi.

Mikroskop kashf etilishi va qo‘llanilishi tufayli XVSH asrga kelib, mikroorgaiizmlar olami ma‘lum bo‘la boshladi. Natijada hayot o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi to‘g‗risidagi fikrni' olimlar eksperemental yo‘l bilan isbot kilmoqchi bo‘ldilar.
Fransiya mikrobiologi Lui Paster tajribalarn o‘tqazib yirik organizmlargina emas , xatto eng mayda organizmlar ham o‘lik tabiatdan o‘z-o‘zidan bo‘lmasligini isbotlab berdi. Paster tajribasining yakunlari e‘lon qilingandan so‘ng hayot mangu deb da‘vo qiluvchi gipotezalar maydonga keldi. Kosmozoylar va panspermiya gipotezalarini bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Kosmozoylar gipotezasini birinchi marta 1865 yili nemis vrachi Rixter ilgari surdi. Keyinchalik mazkur girotezani olimlardan Tomson va Gelmgols quvvatladilar. Kosmozoylar gipotezasiga ko‘ra, koinotda hayot mangu bo‘lib, uning zarrachalari bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko‘chib yuradi. Bu zarrachalarning ko‘chib yurishida mitioritlar asosiy o‘rin egallaydi. Mikroskop ko‘rinshpidagi bu hayot zarrachalari metioritlarga yopishib, ular orqaln Erga tushgan va hayotening rivojlanishiga sabab bo‘lgan.
Panspermiya gipotezasi 1907 yili shved olyami Arrenius tomonidan ilgari surildi. Bu gipoteza xuddi kozmoylar gipotezasi singari hayotning manguligini e‘tirof etgan. Bu ikki gipoteza mazmunan bir xil bo‘lib, asosiy farqi xayt zarrachalari erga turli yo‘llar bilan etib kelganligi haqida edi. Panspermiya gipotezasiga muvofiq, hayot kurtaklari quyoshdan ajralgan yorug‗lik nurlarining bosimi ta‘sirida Erga tarqalgan deyiladi. Bu gipoteza ham hayot manguligini e‘tirof etgan.
Olimlardan A.I.Oparin 1924 yili, Xoldeyi 1923 yilda Erda hayot qanday
paydo bo‘lganligi haqida abiogen gipoteza yaratdilar. Oparin hayot paydo bo‘lishi to‘g‗risidagi gipotezani yaratishda Engelsning hayotga bergan ta‘rifi hamda hayot paydo bo‘lishi problemasini qanday hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalariga, shuningdek, astrofizika, astroximiya, geologiya , bioximiya va boshqa fan yutuqlarini e‘tiborga oldi. U o‘z gipotezasida Erdagi hayot boshqa planetalardan ko‘chib kelmaganligini , balki materiyaning milliard yillar davom etgan rivojlagnish natijasi ekanligiii qayd qildi. Oparindan mustasino ravishda ingliz olimi Dj Xoldeyn o‘z maqolasida hayot obiogen yo‘l bilan paydo bo‘lganligini yoqlab, tubandagi fikrlarni aytgan. Ultrabinafsha nurlar ta‘sirida Erning dastlabki atmosferasida har xil organik moddalar , shu jumladan, qand va ba‘zi bir aminokislotalar u sintezlangan. Ular esa oqsilning tuzilishi uchun juda zarur birikmalar hnsoblanadi. Xoldeyn mulohazasiga ko‘ra shunday birikmalar dastlabki okean suvida yig‗ilib borgan va bulon holatiga kirgan. Ana shu bulondan hayot paydo bo‘lgan.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling