Биология ва генетика


Download 0.97 Mb.
bet9/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

Darvin bitta podaning o‟zidagi hayvonlar orasida yoki bitta dalaning o‟zidagi o‟simliklar orasida uchraydigan haddan tashqari xilma-xil o‟zgarishlarni belgilanmagan o‟zgaruvchanlik deb atadi. Bu o‟zgarishlarning belgilanmaganligi shundaki, turli xil tashqi hisoblanadi. Sun‟iy tanlash inson tomonidan qadimdan qo‟llanib kelingan. Darvin mulohazasiga ko‟ra, sun‟iy tanlashning 2 xil formasi mavjud. Bular metodik va ongsiz tanlashdir. Metodik tanlashning ongsiz tanlashdan asosiy farqi shundan iboratki, bu tanlashda inson yangi zot va nav chiqarishni oldindan planlashtiradi yoki boshqacha aytganda, zot va nav chiqarishga ongli ijobiy yondoshadi. Bu esa o‟z navbatida zot va navning tez vaqt ichida keskin o‟zgarishiga sabab bo‟ladi.5


YAngi zot va nav chiqarishda Darvin metodik tanlash bilan bir qatorda
ongsiz tanlash ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlagan.
Sun‘iy tanlash kishloq xo‘jaligida hayvon va o‘simliklarning yangi shakllarining vujudga kelishini tushuntirib beradigan umumiy prinsip ekanligi aniqlangandan keyin Darvin shu prinsip tabiatda ham yangi shakllar vujudga kelishiga olib bormasmikan ya‘ni evolyusion jarayonning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib qilmasmikan degan savolni o‘z oldiga qo‘ydi.
Darvin tirik mavjudotning moiil ekaniga o‘z e‘tiborini qaratdim. Bu qonunga ko‘ra, har qaysi tur individlarning soni cheksiz miqdorda ko‘payish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biroq tabiatda geometrik progressiya asosida ko‘payish xech qachon amalga oshmaydi, zero cheksiz ko‘payish imkoniyatlari yo‘lida « yashash uchun kurash» to‘sqinlik qilib turadi.
YAshash uchun kurash ko‘rinishlarini Darvin uch turga ajratadi: turlararo,tur ichida va anorganik tashqi muhit sharoitlariga karshi kurash.
Tur ichidagi yashash uchun kurash populyasiya individlari orasida boradi. Kurashning 6u turi juda keskindir, chunki bir turga mansub individlar bir xil oziqlanadi va bir xil xavf xatarga duch keladi. Tur ichidagi raqobat munosabatlari o‘simliklar o‘rtasida xam kuzatiladi. SHox shabbasi keng quloch yozgan baland daraxatlar quyosh nuridan ko‘proq baxramand bo‘ladi. Baquvvat ildiz sistemasi yordamida suv va unda erigan mineral moddalardan ko‘proq oziqlanib, yon atrofdagi kichikroq daraxtlarni siqib qo‘yadi. Baquvvat daraxtlar boshqa daraxtlarning o‘sishi va rivojlanishini to‘xtatib, ularni butunlay nobud qiladi.
Turlararo yashash uchun kurash xar xil turga kiruvchi populyasiyalar o‘rtasida boradi. Masalan, yirtqich xayvon bilan uning o‘ljasi, o‘txo‘r xayvonlar bilan o‘simliklar, xashoratxo‘r qushlar bilan xashoratlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat .
Tabiiy tanlanish va individlarning eliminatsiyalanishi jarayonida anorganik tabiatning shart sharoitlari juda katta rol o‘ynaydi.
Turlar miqdorini belgilashda esa iqlim muhim rol o‘ynaydi, haroratning pasayishi yoki qurg‗oqchilik ko‘payishi yomon tasir qiladi. Qaxraton qish, qurg‗oqchilik, keskin iqlim o‘zgarishlari natijasida deyarli xar yili qanchadan qancha o‘simliklar qurib qoladi. YAshash uchun kurash jarayonida juda ko‘p individlar qirilib ketadi, yoki ayrim individlar o‘zidan keyin nasl qoldirmaydigan bo‘lib qoladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling