Биология ва генетика
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
Uchlamchi davrning – boshlarida iqlim issiq va nam bo‘lgan. Tropik va subtropik o‘simliklar keng tarqalgan. Davr o‘rtalarida iqlim quruq va mo‘‗tadil, oxirida keskin sovigan. Iqlimdagi bunday o‘zgarishlar o‘rmonlarning kamayishiga, o‘t o‘simliklarning paydo bo‘lishiga va keng tarqalishiga olib kelgan. Hasharotlar sinfi avj olib rivojlangan. Ular orasida gulli o‘simliklarning chetdan changlanishini ta‘minlaydigan, shuningdek o‘simlik nektarlaridan oziq oladigan yuksak vakillari paydo bo‘lgan. Sudralib yuruvchi xayvonlar ham kamaygan. Quruklikda, havoda qushlar, sut emizuvchilar, suvda esa balikdar, suv muhitida yashashga moslashgan sut emizuvchilar uchragan. Davr oxiriga kelib qushlarning hozirgi paytda ma‘lum bo‘lgan ko‘p avlodlari paydo bo‘lgan.
Davrning boshlarida sut emizuvchilarningxaltalilar kenja sinfi vakillari keng o‘rin olgan. Davr oxiriga kelib yashash uchun kurashda yo‘ldoshli sut emizuvchi hayvonlar ulardan g‗olib kelgan. Yo‘ldoshli sut emizuvchi hayvonlarning qadimgisi hasharotxo‘rlar turkumi bo‘lib, undan uchlamchi davr mobaynida yo‘ddoshlilarning boshqa turkumlari, shu jumladan primatlar kelib chiqqan. Uchlamchi davrda Markaziy Osiyoning Turkiston - Hisor tog‗ tizmalari orol holatida quruqlikdan iborat bo‘ladi. O‘simliklardan paporotniklar, qirqbo‘g‗imlar, ochiq urug‗li o‘simliklar, yopiq urug‗lilardan daraxtsimon formalar bilan bir qatorda o‘t o‘simliklar rivojlangan. Uchlamchi davrning o‘rtalarida odamsimon maymunlar rivojlanadi. O‘rmonlarning qisqarishi bilan ba‘zi odamsimon maymunlar ochiq erlarda yashashga majbur bo‘ladi. Ulardan keyinchalik dastlabki odamlar kelib chiqqan. Ular kam sonli bo‘lib, tabiatning falokat voqealari yirik yirtqich havonlardan saqlanish uchun doimo kurashib kelganlar. To‟rtlamchi davrda – SHimoliy muz okeani muzlarining bir necha marta janubga siljishi va orqaga chekinishi yuz beradi. Muzlarning janubga tomon harakatlanishi iqlimning sovishi bilan juda ko‘p issiqsevar o‘simliklar janubga, muzlik orqaga chekinishi bilan yana shimol tomon tarqaladilar. O‘simliklarning, bunday takroriy migratsiyasi (lotincha migratio — ko‘chish) populyasiyalarning aralashib ketishiga, o‘zgargan sharoitlarga moslasha olmagan turlarning qirilib sharoitga moslashgan turlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. To‘rtlamchi davrga kelib odam evolyusiyasi tezlashadi. Mehnat qurollari yasash, ulardan foydalanish keskin ravishda takomillashadi. Odamlar atrof-muhitni o‘zgartirib yashash uchun qulay sharoit yaratishni o‘rganib oladilar. Odamlarning atrof-muhitni o‘zgartirish qobiliyati, son jihatdan orta borishi va keng tarqalishi o‘simliklar va hayvonot olamiga ta‘sir eta boshlaydi. Dastlabki ovchilar ovi tufayli ba‘zi o‘txo‘r yovvoyi hayvonlar soni sekin-asta kamaya boradi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling