Биология ва генетика


Arxey. proterozoy va paleozoy eralaridagi hayot


Download 0.97 Mb.
bet13/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

Arxey. proterozoy va paleozoy eralaridagi hayot


Arxey erasi 900 mln yil davom etgan. Undagi dastlabki hayot o‘zidan hech qanday iz qoldirmagan. Bunga asosiy sabab cho‘kindi qatlamlarning yuqori harorat va bosim ta‘sirida ko‘rinishining o‘zgarib ketishidir.
Organik birikmalar — ohaktosh, marmartosh, ko‘mirli moddalarning bo‘lishi arxey erasida tirik organizmlar prokariotlar — bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlar bo‘lganligidan dalolat beradi.
Arxeyning keyingi qatlamlaridan ipsimon suvo‘tlari ham topilgan.
Bakteriyalar, suv o‘tlar faqat dengizlarga tarqalmay, quruqlikdan ham o‘rin olgan. Quruqlik va atmosferaning anorganik moddalari, tirik organizmlar faoliyati tufayli organik moddalarga aylangan. Organizmlarda hosil bo‘lgan organik birikmalar quruqlikning yuza qismi bilan aralashishi natijasida tuproq paydo bo‘ltan. Atmosferada metan, ammiak, suv kamayib, karbonat angidrid va kislorod to‘plana boshlagan. Suvda ham quruqliqda dastlabki bakteriyalar, suv o‘tlar, uni kislorod bilan to‘yintirib geterotrof organizmlarning hosil bo‘lishi va ularning ba‘zilari quruqlikka chiqishiga sharoit yaratgan. Arxey erasining ikkinchi yarmida fotosintez, jinsiy ko‘payish; ko‘p hujayrali organizmlar paydo bo‘lgan.
Proterozoy erasi 2000 mln yil davom etgan. Arxeyning oxiri proterazoyning boshlarida kuchli tog‗ hosil bo‘lish jarayonlari ro‘y bergan.
Natijada ko‘pgina quruqliklar hosil bo‘lgan. Bu erada bakteriyalar, suv o‘tlar avj olib rivojlangan. Ayniqsa, yashil suv o‘tlarning hosil bulishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qirg‗oqqa yaqin joyda hayot kechiruvchi suv o‘tlarida tana tabaqalashib, uning bir qismi substratga mustahkam ylashadi, boshqa qismi esa fotosintezning amalga oshishiga moslashadi.
Hayotning rivojlanishi Er qobig‗ining shakli va tarkibining o‘zgarishiga olib keladi. O‘simliklar fotosintetik faoliyati natijasida atmosferadagi karbonat angidridni o‘zlashtirib. kislorod ajratib chiqaradi. Quruqlik va suvning kislorod bilan to‘yinishi oqibatida aerob organizmlar paydo bo‘ladi. Proterozoy oxiriga kelib, ko‘p hujayrali organizmlar, suv o‘tlar, kovakichlilar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g‗imoyoqlilar va umumrtqasizlarning boshqa ko‘pgina tiplari ham rivojlanadi. Ko‘p hujayrali hayvonlarning aksariyat ko‘pchiligi ikki yoqlama simmetriyali bo‘lgan. Bu ularning tanasini oldingi va keyingi, elka va qorin qismlarga bo‘linishini ta‘minlaydi. Oldingi qismida sezuv organlari, nerv tugunlari bo‘ladi. Hayvonlarning elka tomoni esa himoya qilish funksiyasini bajaradi. Qorin tomoni harakatlanish va oziq tutishni ta‘minlaydi. Bularning hammasi hayvon fe‘l- atvorini, harakatchanligi, chaqqonligi, hayot faoliyatini o‘zgartiradi.
Proterozoy erasining oxiriga kelib dastlabki xordali hayvonlar bosh skeletsizlar kenja tipi paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Xorda muskullar uchun tayanch vazifasini bajargan. Nafas olish organi jabra rivojlangan. Ularning hammasi organik olamning kelgusida yanada takomillashishi uchun asos bo‘lgan (272—273-betlar).



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling