Биология ва генетика


Mezozoy va kaynazoy eralaridagi hayot


Download 0.97 Mb.
bet16/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

Mezozoy va kaynazoy eralaridagi hayot


Mezozoy erasi 175 million yil davom etgan. Trias davrida iqlim quruq kelgan. O‘rmonlar ochiq urug‗lilar, ninabargli o‘simliklar, sagovniklar, qisman sporali o‘simliklar — paporotniklar, qirqbo‘g‗imlardan iborat bo‘lgan. Quruqlikda sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi ortgan. Ularning keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan kuchli rivojlangan. Hozirgi vaqgda yashab turgan kaltakesak, toshbaqalarning ajdodlari ham shu davrda paydo bo‘lgan. Trias davrida ayrim hududlarda iqlim quruq va sovuq bo‘lgan. Oqibatda yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish natijasida ba‘zi bir yirtqich sudralib yuruvchilardan tanasi kalamushdek dastlabki sut emizuvchi hayvonlar kelib chiqqan. Taxmin qilinishicha ular hozirgi o‘rdakburun, exidnalar singari tuxum qo‘yib ko‘paygan.
Yura davrida iqlim issiq va nam bo‘lgani uchun daraxtsimon o‘simliklar avj olib rivojlangan. O‘rmonlarda ilgaridek ochiq urug‗lilar va paporotniksimonlar hushronlik qilgan. Ularning ba‘zilari, ya‘ni sakvoyalar hozirgi vaktgacha etib kelgan. SHu davrda paydo bulgan dastlabki gulli o‘simliklarning tuzilishi anchagina ibtidoiy bo‘lgan va keng tarqalmagan. Sporali va ochiq urug‗li o‘simliklarning gurkirab rivojlanishi natijasida o‘txo‘r sudralib yuruvchi hayvonlar tanasi nihoyatda yiriklashgan. Ba‘zilarining tanasi 20-25 m ga etgan. Sudralib yuruvchi hayvonlar faqat quruqlikda emas, balki suv, havo muhitiga ham tarqalgan. Havoda uchar kaltakesaklar keng o‘rin olgan. Arxeopterikslar shu davrda paydo bo‘lgan.
Yura davrining yotqiziqlarida 250 ta o‘simlik turi aniqlangan.
Bo‟r davrida iqlim keskin o‘zgardi. Osmonni qoplagan bulutlar juda kamayib, atmosfera quruq va shaffof bo‘lgan. Quyosh nurlari to‘g‗ridan-to‘g‗ri o‘simlik barglariga tusha boshlagan. Iqlimning bunday o‘zgarishi ko‘pgina
paporotniksimonlar va ochiq urug‗lilar uchun noqulay bo‘lgan va ular kamaygan. YOpiq urug‗li o‘simliklar esa aksincha ko‘paya boshlagan. Bo‘r davrining o‘rtalariga kelib, yopiq urug‗li o‘simliklarning bir pallali, ikki pallali sinflarining ko‘p oilalari paydo bo‘lgan. Ularning xilma-xilligi, tashqi qiyofasi ko‘p jihatdan hozirgi zamon florasiga iqinlashdi. Quruqlikda sudralib yuruvchilar sipfi hali ham o‘z hukmronligini saqlab qolgan, Yirtqich, o‘txo‘r sudralib yuruvchilar tanasi kattalashgan yoki shoxlar, suyakli qalqonlar bilan himoyalangan. Qushlar tishli bo‘lib boshqa xossalari bilan hozirgi zamon qushlariga o‘xshagan. Bo‘rning ikkinchi yarmida sut emizuvchilarnipg xaltali va yo‘ldoshli kenja sinf vakillari paydo bo‘lgan.
Kainozoy erasi 70 million yil davom etgan. Kaynozoy gulli o‘simliklar, hasharotlar, qushlar, sut emizuvchi hayvonlar avj olib rivojlangan eradir.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling