Биология ва генетика


Download 0.97 Mb.
bet24/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

Interfaza ni boshidan kechirgan hujayrada DNK molekulasining replekatsiyasi ro‘y berib, hujayra genetik materiali diploid (2p) to‘plam xromosomaga ega bo‘lsada, DNK miqdori ikki hissa oshgan (4s) bo‘ladi.
Profaza I ning leptotena davrida aslida 2 xromatidadan iborat xromosoma iplari ingichka, nozik ipchalar hosil qiladi. Hromosomaning zichlanishi, spirallashishi bilan xromatida iplari ko‘rina boshlaydi va xromomerlar yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Zigotena davrda ikkita gomologik xromosoma o‘zarotortiladi va bir-biriga xromomerlari bilan jipslashadi. Bu jarayonga xromosomalarning kon‘yugatsiyasi (yoki sinapsisi) deyiladi. Gomologik xromosomalarning mana shunday juftlashishi biva-lentlar hosil qiladi.
Paxitena davrda xromosomalar spirallanishining davom etishi bilan ular yo‘g‗onlashadi. Yo‘g‗onlashish gomologik xromosomalarda bir vaqtda ro‘y beradi. Bivalent hosil qilgan gomologik xromosomalarning har biridagi ikkita xromatida aniq ifodalanadi. Ikkala xromatida ham xromomer bilan birlashgan bo‘ladi. Demak har bir bivalent hosil qilgan xromosomalarda 4 ta xromatida mavjuddir. O‘z navbatida bivalent tarkibidagi har bir xromosoma 2 xromatida – diada tutadi. O‘zaro chirmashib ketgan gomologik xromosomalararo ayrim qismlarning almashishi – chalkashishi (krossingover) ro‘y beradi.
Diplotena davrda paxitena davrning aksi bo‘lgan jarayon ro‘y beradi, ya‘ni gomologik xromosomalar bir-biridan itariladi va har bir xromosomada xromatidalar yaqqol ifodalanadi. Bivalent gomologik xromosomaning xromomer qismining bir-biridan itarilishidan qolgan qismlarida o‘zaro kesishib qolgan joy – xiazma aniqlanadi. Bu xiazma bilangina gomologik xromosomalar tutashib turadi. Gomologik xromosoma qismlariaro almashishning morfologik ifodasi diploten bosqichidagi mana shu xiazmalarning hosil bo‘lishidir.
Diakinez da xromosomaning har bir xromatidasi spirallashuv davomida qisqaradi, yo‘g‗onlashadi. Bivalentdagi har bir gomologik xromosomadagi xromatida yana ham ravshanlashadi – bivalent tetrada hosil qiladi. Xiazma susayadi (xromosomaning uchlarida saqlanib qoladi). Hujayradagi tetradalar soni xromosomaning gaploid to‘plamiga teng bo‘ladi. Bivalentdagi gomologik xromosomaning har biridagi juft xromatida sentromerasi bilan tutashib turgan
bo‘ladi. Xromosomalardagi spirallashish jarayoni davom etaveradi. SHu vaqtga kelib, yadrocha yo‘qoladi, yadro membranasi parchalanadi va bo‘linish duki yaqqollashadi.
Metafaza I da bivalent gomologik xromosomasi ikkala sentromerasi bilan hujayra bo‘linish duklarining ekvator sathiga siljiydi hamda har bir xromosomaning sentromerasiga, alohida qutbdan yo‘nalgan bo‘linish duki birikadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling