Биология ва генетика


Spora hosil qilish (sporogoniya)


Download 0.97 Mb.
bet20/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

Spora hosil qilish (sporogoniya). Bu xil ko‘payish ayrim o‘simlik va bir hujayrali mavjudotlarning ko‘payish usuli hisoblanadi. Masalan, bezgak plazmodiysi va toksoplazma sporogoniya usulida ko‘payadi. Spora – bu ko‘payish jarayoning ta‘minlovchi va tashqi ta‘sirdan saqlanish uchun qobiqka o‘ralib olgan hujayralar to‘plamidir.


2-rasm. Hujayraning ichki bo‟linish – taksoplazma parazitining endodiogeniyasi:


1 - ikkita shakllanayotgan hujayrani tutgan ona hujayra;
2 - qiz hujayralar – merozoitlar; 3 - hujayra yadrosi.

Jinnssiz ko‘payishning bir xili bo‘lgan sporogoniyani ayrim bakteriya (yoki bir hujayrali organizm – masalan, ichak balantidiysi, lyambliya) larning spora hosil qilishdan farqlamoq lozim. Bu xil sporalanish ko‘payish uchun emas, noqulay sharoitdan saqlanishgagina xizmat qiladi.


Kurtaklanish usuli bilan ko‘payishda ona organizmi (hujayra) da yadroning bir qismini tutgan sitoplazmatik do‘mboqcha – kurtak paydo bo‘ladi. Do‘mboqcha o‘sadi va ona qismdan ajraladi. Ayrim bakteriyalar va kipriklilar shu zaylda ko‘payadi. Vegetativ ko‘payish usulida ko‘p ho‘jayrali organizm tanasining bir qismidagi hujayralar to‘plamidan yangi organizm hosil bo‘ladi. Masalan, gidralar ko‘payishida ona organizmdan hujayralar to‘plamidan iborat kurtak hosil bo‘ladi va so‘ng u ajralib, alohida organizmni yaratadi.
Vegetativ ko‟payish (masalan, gidralarda) jinsiy ko‘payish bilan almashinib turadi. Xalqali va kiprikli chuvalchanglar ma‘lum qismlarga, bo‘linib har bir qism o‘z navbatida yangi organizm hosil qilishi mumkin.
Jinsiy ko‟payish. Jinsiy ko‘payish natijasida genetik informatsiyaning almashinuvi, hosila individda yangi genetik to‘plamning vujudga kelishi va shunga monand ravishda o‘zgacha (o‘zgargan) biologik xususiyatga ega bo‘lgan ya‘ni ota- ona organizmiga qaraganda chidamli, moslashuvchan yangi avlod yuzaga keladi. Mana shunga ko‘ra ham jinsiy ko‘payish biologik jihatdan afzal va mukammallashgan organizmlarning ko‘payish xili hisoblanadn. Jinsiy ko‘payish odatda ikki jinsiy hujayra – gametalarning ko‘shilishi bilan ro‘y beradi. Jinsiy ko‘payishning bunday gametalarning ko‘shilishi bilan sodir bo‘lishi ham evolyusion tarzda, asta-sekin yuzaga kelgan. Jinsiy ko‘payishning eng qadimiy – ibdidoiy ko‘rinishi plazmogamiya xodisasida namoyon bo‘ladi. Plazmogamiyada (ayrim amyobalarda sodir bo‘luvchi) ikki hujayra qo‘shilib ikki yadroli tuzilma hosil qiladi. Qisqa muddatdan so‘ng hujayra sitoplazmasi qayta ikkiga bo‘linadi har bir hosila hujayra avvalgi yadrolardan biriga ega bo‘ladi. Har bir amyobaning sitoplazma tarkibi aralashgan, ya‘ni ikkita qo‘shilgan amyoba, sitoplazmasidan iborat bo‘ladi. Mana shu sitoplazma mahsulotining aralashishi bilan hosil bo‘lgan nndivid – amyoba o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishning anchagina murakkablashgan xillarini 2 guruhga ajratish mumkin: konyugatsiya, kopulyasiya.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling