Биология ва генетика
Siklik partogenezda muqarrar partogenez k
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
Siklik partogenezda muqarrar partogenez ko‟payish bilan bir qatorda, populyasiyadagi erkak va urg„ochi organizmlardan jinsiy ko‟payish ham sodir bo‟ladi. Masalan,ayrim sodda isqichbaqasimonlar
(dafniyalar) asosan partenogenez bilan ko‟payadi.Kuz faslida erkaklari Paydo bo‟lib jinsiy ko‟payish ham ro‟y beradi. Sun‟iy partenogenezda tuxum hujayrasini turli ta‟sirlar (kislota, kuchsiz elektr toki va b.) bilan qitiqlash natijasida shu gametadan etuk organizm hosil qilishga erishiladi.Ushbu usul bilan ninaterililarda, chuvalchang, shiliqqurt, hasharot va hatto sut emizuvchilarda sun‟iy partenogenezga erishilgan. Sun‟iy partenogenez dastavval A.A.Tixomirov (1885 yilda) tomonidan ipak qurtining kapalaklarini etishtirishda qo‟llanilgan. Ginogenez partenogenezga yaqin bo‘lgan ko‘payish usulidir. Bu jinsiy ko‘payishda spermatozoid tuxum hujayrasiga kiradi, ammo spermatozoid va tuxum xo‘jayra yadrolari o‘zaro qo‘shilmaydi. Spermatozoid tuxum hujayrasiga kirib, unga ta‘sir etadi – «qitiqlaydi, o‘zi keyingi jarayonlarda ishtirok etmaydi – yo‘q bo‘lib ketadi. Tuxum hujayralardan yangi organizm hosil bo‘ladi. Ginogenez ayrim baliqlarda uchraydi. Spermatozoidga tuxum yadrosi bilan qo‘shila olmaydigan darajada birorta ta‘sir o‘tkazib, so‘ng tuxum hujayrasini urug‗lantirish bilan sun‘iy usulda ginogenez paydo qilish ham mumkin. Androgenez usulida ko‘payish ginogenezga o‘xshasada, ammo tuxum hujayrasiga kirgan spermatozoid yadrosi tuxum hujayra yadrosi bilan qo‘shilmaydi, tuxum hujayraning yadrosi yo‘qolib, spermatozoid yadrosi saqlanib qoladi. Ko‘payishning androgenez usuli A.Astaurov (1937 yilda) tomonidan kashf etilgan. U ipak qurti tuxum hujayrasining yadrosini harorat ta‘sirida nobud qilib, uni sun‘iy urug‗lantirgan. Natijada hujayraning sitoplazmasi ona hujayraniki, yadrosi esa ota hujayraniki bo‘lib qolgan. SHu zigotadan erkak organizm rivojlangan. Androgenez genetikada belgilarning ota yoki onaga bog‗liqligini hamda sitoplazmaning belgilari yuzaga chiqishdagi rolini aniqlashda muhim usul hisoblanadi. Meyoz. Ma‘lum differensirlangan birlamchi jinsiy hujayra meyoz bo‘linishga kirishadi. Meyozda ketma-ket 2 marta (I va II) bo‘linish sodir bo‘ladi. Birinchi bo‘linish reduksion bo‘linish bo‘lib, xromosoma soni ikki karra kamaygan 2 qiz hujayra hosil bo‘ladi. Ikkinchisi ekvatsion (teng bo‘lgan) bo‘linish bo‘lib, reduksion yo‘l bilan bo‘lingan, xromosomasi gaploid to‘plamga ega bo‘lgan har bir hujayradan ikkitadan hujayra hosil bo‘ladi. Ekvatsion bo‘linish jarayoni xuddi hujayraning mitoz bo‘linishi kabi ro‘y beradi. Meyoz jarayoni mitoz bo‘linishdan keskin farq qiladi. Meyoz bo‘lnnish ketma-ket ro‘y beradigan, murakkab bosqichlardan iborat jarayondir. Bunda hujayra xromosomasi ma‘lum tarzda qonuniy o‘zgarishlarga uchraydi. Meyozda interfazadan so‘ng birinchi bo‘linishdagi profaza I, metafaza I, anafaza I, telofaza I sodir bo‘ladi va so‘ng hujayra qayta interfazaga kirmaydi. Bunday hosila hujayrada interfazaga xos bo‘lgan DNK replikatsiyasi sodir bo‘lmaydi, hujayra yana to‘g‗ridan-to‘g‗ri ikkinchi bo‘linishga kirishib ketadi. SHuning uchun ham bu oraliq interfaza emas, interkinez deyiladi. Interkinez o‘ta qisqa vaqtni egallaydi. So‘ng, ikkinchi bo‘linish boshlanib ketadi va unda ham profaza II, anafaza II, metafaza II, telofaza II bosqichlari mavjuddir. Birinchi bo‘linish profaza I da xromosomada ko‘pgina jarayonlar ro‘y beradi. Bu bosqichning o‘zi bir qancha davrlardan iborat: liptoten, zigoten, paxiten, diploten, diakinez. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling