Биология ва генетика
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer yuzida barcha osimliklarni issiqlik omiliga bo‗lgan munosabatiga kora ikki xil ekologik guruppaga bolish mumkin
Issiqlik. Issiqlik osimliklar uchun eng muhim ekologik omillardan biridir. Osimliklar uchun quyosh energiyasi faqat yoruglik manbai bolib qolmasdan balki, issiqlik manbai ham hisoblanadi. Shuning uchun ham ularda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar issiqlik bilan bogliqdir. Birgina urugning unib chiqishi uchun issiqlik ikki xil ta'sir korsatadi:
a) foydali bolgan past issiqlik urug‗larni tinim holatidan chiqaradi; b) urugning unib chiqish darajasi va tezligini ham issiqlik belgilaydi; Issiqlik osimliklarda kechadigan fotosintezga teskari jarayon bolgan nafas olishda ham katta ahamiyatga ega. Ma'lumki nafas olish sutka davomida amalga oshadigan jarayondir. Issiqlikning kecha va kunduzda almashinib turishi osimlik uchun katta ahamiyatga ega. Issiqlikning har kuni bir xilda ritmik almashinib turishiga osimliklarning moslashuvi – termoperiodizm deb ataladi. Yer yuzida barcha osimliklarni issiqlik omiliga bo‗lgan munosabatiga kora ikki xil ekologik guruppaga bolish mumkin: a) issiqsevar – termofil osimliklar guruhi. yer sharining janubiy kengliklarida osadigan goza, mandarin, apelsin, limon kabi osimliklar issiq sevar osimliklar bo‗lib, yuqori darajali issiklikda yaxshi osib rivojlanadi. Xususan, vegetativ organlari, bargining yuzasi qisqargan, poya va barglar qalin tuklar bilan qoplangan, ozidan efir moylari ajratib chiqaradigan bez va tuklarga ega bolgan tinim davriga otishga moslashgandir. Shunday bosada ota kuchli issiqlik osimlikning nobud bolishiga olib keladi. Bunday hol issiqlik haddan tashqari uzoq muddat davom etganda yoki yuqori harorat qisqa muddat bolib otganda kuzatiladi. Osimliklarning yuqori issiqlikka chidamliligi osuvchi kurtaklarning xazon qatlami va tuproq bilan muhofaza qilinganligi katta samara beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib termofil osimliklar guruhini issiqqa chidamsiz osimliklar, issiqqa bardoshli osimliklar, issiqqa chidamli osimliklar guruhiga bolish mumkin. Osimliklarning bunday xususiyatlaridan Raunkier hayotiy shakllarning sistemasini tuzishda foydalangan. b) sovuqsevar –psixrofil osimliklar guruhi. Sovuqsevar osimliklar eng past haroratda osishga moslashgan yoki osish imkoniyatiga ega bolgan osimliklardir. yer sharining shimoliy kengliklarida osuvchi qarag‗ay, tilog‗och, qoraqaragay kabi daraxtlar sovuqqa chidamli turlardir. Osimliklarni sovuqqa chidamli deganda uzoq muddat + 1 dan + 10 gradusgacha bolgan sharoitda yashashiga, ota chidamli deganda minus haroratda ham yashashiga tushuniladi. Tropik va sub tropik olkalarda osuvchi osimliklar harorat nol gradusga tushganda halok boladi. Ba'zi sovuq iqlimda osadigan osimliklardan tilogoch - 62 S0 ham halok bolmaydi. Sovuq haroratda osimliklarning turli organlari har xil darajada shikastlanadi. Dastlab gul va barg keyinchalik poya va novda, song ildiz 96 zararlanadi. Ba'zi bir bakteriyalar va suv otlari juda past haroratda (-30 °S dan -35°S gacha ) ham yashab qoladi. Suv. Suv ekologik omillar ichida eng muhim ekologik omil bolib, osimliklar qoplamiga ahamiyati juda katta. Ma'lumki osimliklar tanasinint 50-90 % suvdan iborat boladi. Sitoplazma tarkibida suv mikdori 85-90 % ni tashkil etadi. Osimliklarning sersuv mevalarida, yumshoq barglarida va ildizlarida suv kop miqdorda boladi. Hattoki osimliklarning quruq holdagi spora va uruglarida ham suv bor. Ammo moyli ekinlar urugida suv boshqa osimliklarga nisbatan kam boladi. Suv tabiatda bug, suyuq va qattiq kristal shaklida mavjuddir. Suv barcha moddalarni ozida eritgan holda osimliklarda transport vositasi sifatida xizmat qiladi. Har qanday osimliklar qoplamiga suvning yetishmasligi bunda tub ozgarishlar sodir bolishiga olib keladi. Osimliklar suvni, asosan, tuproqdan oladi. Bundan tashqari atmosfera yognlari ( qor, yomg‗ir, do‗l, qirov, shudring, tuman) hamda yer osti sizot suvlari hisobiga ham hayot kechiradi. Ko‗pgina, cho‗llarda osuvchi efemer turlar suvni bahorgi yog‗inlardan oladi. XIX asrning oxirlarida A. Shimper va ye. Verming osimliklarning suv rejimiga bolgan munosabatlarini organib ularni 5 ta ekologik gruppaga bolgan. Bular gidatofitlar, gigrofitlar, gidrofitlar, mezofitlar, kserofitlardir. Gidatofitlar - bu guruhga hayoti doimo suvda otuvchi osimliklar, ya'ni suv otlari kiradi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling