Биология ва генетика


Download 0.97 Mb.
bet30/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

3. Abiotik omillar.
Abiotik omillarga iqlim, yorug‗lik, issiqlik, namlik, havo oqimi, shamol, suv, edafik-tuproq, orografik-relef omillari kiradi.
Yoruglik. Quyoshdan taralayotgan yoruglik nuri barcha organizmlar uchun u yoki bu darajada ta'sir korsatadi. Shuning uchun ham yoruglik eng muhim hayotiy omillardan biri hisoblanadi. Quyosh nuri, ya'ni yoruglik omili osimliklarda boladigan fotosintez jarayonida, osimliklarning osishi va rivojlanishi uchun zarur organik moddalar hosil bolishida qatnashadi. Fotosintez jarayoni natijasida yutilgan yoruglik energiyasi boglangan kimyoviy energiyaga aylanadi. Yoruglik boshqa omillarga (suv, issiqlik) nisbatan yer yuziga bir xil taqsimlangan. Buni esa yer sharining yorug‗lik tanqisligi tufayli mutlaqo osimlik osmaydigan joy yoqligidan ham bilish mumkin. Tun uzoq boladigan qutb viloyatlarida osimliklarning sekin va kam osishiga yoruglik emas, balki harorat sharoitining noqulayligi sabab boladi.
Ma'lumki, osimlik yoruglikni tabiiy holda faqat quyoshdan oladi. Osimlik faqat tik tushgan yoruglikni emas, tarqoq holda tushgan yoruglikdan ham foydalanadi. Tik tushgan yoruglik o‗simlikning xlorofil donachalari va sitoplazmasini oldirib, osimlikka salbiy ta'sir korsatadi. Tarqoq tushgan yoruglik foydali bolib, osimlik bunday yoruglikni toliq ozlashtiradi. Sababi tarqoq, tushgan yoruglik sariq-qizil nurlardan iborat boladi.
Yer sharining har bir mintaqasida yorug‗lik sharoiti oziga xos boladi. Chol, dasht, baland tog mintaqalari yoruglik bilan kuchli ta'minlangan bolsa, aksincha gorlar yoruglik bilan kam ta'minlanadi. Shuning uchun ham har bir hududning yoruglikka nisbatan moslashgan oziga xos osimlik turlari mavjud boladi. Yoruglikka bolgan talabiga kora o‗simliklarni 3 ta guruhga bolish mumkin:
a) yorug sevar osimliklar –geliofitlar guruhi. Bular yoruglik yetarli bolgan sharoitda normal osib rivojlanadi. Ushbu turlarning yoruglik bilan taminlanishi 100 % ni tashkil etadi.
b) soya sevar osimliklar – ssiofitlar guruhi. Bu guruhga mansub osimliklar yoruglik bilan kam ta'minlangan muhit osimliklaridir. Bular yoruglikni kop xohlamaydigan turlar bolib, osimliklar qoplamining pastki pogonalarida yaxshi osib rivojlanadi. Bunday turlarga xona va oranjeriya, issiqxona osimliklari, moxlar, poporotniklar, yongoqzorlarda osuvchi xina, togbinafsha, marvaridgul kabi turlarni kiritish mumkin. Soyada osadigan oimliklar yoruglikda osadigan osimliklardan morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan keskin farq qiladi;
v) oraliq osimliklar- (soyaga chidamli osimliklar) yuqoridagi ikki guruppa oraligida uchraydigan osimlik turlari bo‗lib, bular ham yoruglikka, ham soyaga ancha bardoshlidir. Bular odatda quyosh nuri bevosita tushadigan yerlarda yoki shunga yaqin joylashgan yerlarda ham yaxshi osib rivojlanadi. Shu bilan birga quyosh kam tushadigan yerlarga ham tez moslashadi. Bularga ortacha iqlim zonasidagi ormon va otloqlarda osadigan qongirbosh, qoraqaragay, shumrut madaniy osimliklardan qulupnay kabi osimlik turlari kiradi.
Shimolda yoruglik intensivligi kuchsiz boladi. Yoritilish muddati uzoq boladi. Janubda esa kun ancha qisqa boladi. (Ekvatorda esa 12 soatga teng). Ammo yoruglik intensivligi yuqori bo‗ladi. Shimolda yoruglik intensivligi kam bolib, uzoq muddat yoruglikning davom etishi u yerdagi osimliklarning osib rivojlanishiga yordam beradi va bularni uzun kunli osimliklar deb atashga mos keladi. Bugdoy, javdar kabi boshoqli osimliklar, sachratqi, sapsargul kabi turlarlar misol boladi.
Osimliklarga uzun kun va tun almashinishi, yoruglik va qorogilikning korsatgan ta'sirini amerikalik olimlar V. Garner va N. Allard tajribada organib buni fotoperiodizm yoki aktinoritmizm deb atagan. Ularning fikricha kun uzunligi yoki yoruglik 12 soatdan kam bo‗lsa uzun kun osimliklar gullamaydi, gullagan takdirda ha ancha kech gullaydi. Umuman toliq urug‗ bermaydi.
Qisqa kunli osimliklarning (kun uzunligi 12 saotdan kam bolgan sharoitdagi osimliklar) rivojlanishi qisqa kun uzunligida yaxshi otadi. Qisqa kunli osimliklar ham uzun kunda (yoruglik 12 soatdan kop bolganda) gullamaydi, ba'zan juda kech gullaydi. Goza, tariq, bodring, makkajoxori, qovun, kungaboqar, mavrak qisqa kunli osimliklardir. Qisqa kunli o‗simliklar uzoq kunli sharoitda kuchli morfologik ozgarishlarga uchrashi mumkin. Masalan, gigantizm- boyning haddan tashqari osib ketish hodisasi roy beradi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling