Биология ва генетика


Download 0.97 Mb.
bet27/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

Maydalanish. Zigota va undan hosil bo‘lgan hujayralarning mitoz bilan bo‘linishi maydalanishdir. Maydalanishda hosila hujayralar bo‘linishi ro‘y bergan sari ular maydalanib boradi va hujayralar bir-biriga zich joylashgan bo‘ladi. Biror tasir natijasida hosila hujayralar bir-biridan uzoqlashib, kelsa uzoqlashgan to‘daning har birida o‘lar holicha maydalash davom etadi va har bir to‘da alohida organizmni hosil qiladi, natijada bir tuxumli egizaklar vujudga keladi.
Gastrulyasiya. Gastrulyasiya jarayoni murakkab bo‘lib, blastula hujayralarini siljishi va o‘zaro tasiri natijasida ikki qavatli murtak hosil qiladi. Bu qavatlar entoderma va entoderma-embrional varaqlar bo‘lib, ulardan uchinchi embrional varaq-mezoderma bunyodga keladi.

Gastrulyasii 4 tipi tafovut etiladi:



  1. Invaginatsiya (botib kirish);

  2. Epiboliya (o‘rab ketishi);

  3. Immigratsiya (ko‘chib o‘rnashish);

  4. Delyaminatsiya (qatlamlarga ajralish).

3. Ontogenez bosqichlari


Invaginatsiya yo‘li bilan gastrulyasiyaning kechishida blastodermaning bir qismi botadi va blastotsel torayib yangi bo‘shliq - gastrotsel hosil bo‘la boshlaydi. Botiqlik boshlangan joyda hosil bo‘lgan teshik birlamchi og‗iz (blastopor) orqali gastrotsel atrof-muhit bilan bog‗lanadi. Botiqlik qarama qarshi devorga taqalishi bilan blastotsel yo‘qoladi va barcha bo‘shliq gastrotseldan iborat bo‘lib qoladi. Bu bo‘shliqni ikki ichki (entoderma) va tashqi (ektoderma) qavat o‘rab turadi. Blastopor yuqori va quyi lablarga ega.
Gastrulyasiya immigratsiya yo‘li bilan sodir bo‘lganda blastodermaning ayrim hujayralari ko‘chib blastotselga tushadi va bu hujayralar bo‘linish jarayonida blastodermaning ichki yuzasiga o‘tirib, ichki qavat - entodermani blastodermaning tashqi hujayralari esa ektodermani shakllantiradi. Immigratsiya bilan kechadigan gastrulyasiya ko‘pgina kavakichaklilarga xosdir. Delyaminatsiya blastoderma hujayralarinyang jadal bo‘linishi va hosila hujayralarning blastotsel bo‘shlig‗iga siqilib chiqishi va hosila hujayralarning blastotsel‘ bo‘shligiga siqilib chiqishi va qo‘shimcha qavat - entodermaning vujudga keltirish bilan yuzaga chiqadi, tashqi qavat hujayralari entoderma hujayralari bo‘lib qoladi.
To‘qimalarning hosil bo‘lishi – gistogenez hamda a‘zolarning vujudga kelishi organogenez embrional varaq hujayralarining marakkab o‘zaro ta‘siri ularning siljishi, ko‘payishi, o‘sishi natijasida ro‘y beradi. Organogenez jarayoni embrional rivojlanishning so‘ngidagina oxiriga etadi. A‘zolarning murakkablashishi, o‘sishi tug‗ilgandan keyin ham davom etadi. Entodermada murtakning uzunasi bo‘ylab hujayra to‘plami vujudga kelib, undan ajraladi va xorda hosil qiladi. Xorda yuqori taraqqiya etgan mavjudotlarda yo‘qolib ketadi. Ayrim xordalilarda u bir umr saqlanib qoladi.
Mezodermaning o‘zi ayrim qismlarga bo‘linadi. Segmentlashgan qismi somitlarga ajraladi. Somitlarga bo‘linish xorda va nerv nayi hujayralarining induksion ta‘siri natijasida ro‘y beradi. Mezoderma sklerotom, dermatom, lenotom, nefrotom va splanxnatom kabi somitlar hakozo. Sklerotom suyaklar (umurtqa, qovurg‗a, kurak) dermotom teri, lenotom mushaklar, nefratom ayiruv a‘zolarini bunyod etadi. Splanxnatomning o‘zi 2 (ektodermaga qaragan pariotal va entoderma ichaknayi bilan chegaralangan visteral) varaqchaga ajralib, oralig‗ida ikkilamchi bo‘shliq – selom paydo bo‘ladi. Splanxnatom ichki a‘zolarini qoplovchi pardalarni hisil qiladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling