Биология ва генетика


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar


Download 0.97 Mb.
bet35/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar:
1.Organizmlarga bilvosita ta'sir deb nimaga ataladi?
2.Orografik omillarning ta'siri qanday?
3.Muhit deganda nimani tushunasiz?
4.Yoruglikka bolgan talabiga kora o‗simliklarni nechta guruhga bolinadi?
5.Qisqa va uzun kunli o‗simliklarni ayting.
6.Osimliklarni suv rejimiga bolgan munosabatiga kora necha xil
ekologik guruppaga bolish mumkin?


6-mavzu: Genetika faniga kirish


Reja:

    1. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik to‘g‗risida tushuncha.

.2. Genetika fanining rivojlanish istiqbollari va hozirgi zamondagi vazifalari.



      1. Irsiyat va o‟zgaruvchanlik to‟g„risida tushuncha


Genetika fani tirik organizmlarning ikki asosiy xususiyati-irsiyat va
o‘zgaruvchanligini o‘rganadi. Genetika grekcha «genetikos» so‘zidan olingan bo‘lib, tug‗ilish kelib chiqish degan ma‘noni bildiradi. Genetika o‘rganadigan man‘ba tirik organizmlar - o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, hatto viruslar ham bo‘lib, ular barchasi hujayradan tuzilgan.
Irsiyat deganda odatda organizm o‘z belgilari va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi naslga etkazish xossasi tushuniladi. Irsiy belgilar va xususiyatlarini bir bug‗indan keyingi bo‘g‗inlarga o‘zgarmagan holda o‘tishi hujayrada yozilgan axborotga asosan yuzaga chiqadi. Bu xususiyat hayvonlar, o‘simliklar va mikroorganizmlarda avlod, tur va zot, navlarga oid bedgilarni avlodda saqlanib qolishini ta‘minlaydi.
Hujayra yadrosida joylashgan xromosomalar irsiyashing moddiy negizi bo‘lib, avlodlar o‘rtasida navbatlanishni ta‘minlovchi asosiy man‘ba hisoblanadi.
Jinsiy ko‘payishda erkak (sperma) va urg‗ochi (tuxum) hujay-ralariping o‘zaro qo‘shilish, ya‘ni urug‗lanish davrida, xromosomalar ota-onadan naslga o‘tadi. Demak, irsiyashing moddiy negizi jinsiy hujayralarda joylashib, avlodlar shu hujayra orqali o‘zaro bog‗lanadi. Bunda ona hujayrada bo‘lgan belgi va xususiyatlar xromosoma orqali qiz hujayralariga beriladi. Irsiyat tufayli bug‗doy urug‗idan bug‗doy arpa urug‗idan arpa unib chiqadi.
Genetika o‘zgaruvchanlikni ham o‘rganadi, chunki avlod bir xil bo‘lmaydi. Ingliz olimi CH.Darvin ko‘rsatishicha, hano bir turga kiruvchi individlar xam bir- biridan farq qidadi. Biologiyada genotipni tashqi muhit faktorlari ta‘siriga reaksiyasi o‘zgaruvchanlik deyiladi. O‘zgaruvchanlikni bir necha xillari mavjud: mutatsion va modifikatsion o‘zgaruvchanlik, tashqi faktorlar va ichki irsiy modda genlarini o‘zgarishiga bog‗liq bo‘ladi. SHunday qilib Genetika fani bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan 2 xususiyat irsiyat va o‘zgaruvchanlikni va ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganadi.
Genetika fanida tirik organizmlarning irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganishda asosiy usul-Genetik tahlil hisoblanadi. U o‘z ichiga bir necha tekshirish usullarini oladi:

  1. Duragaylash usuli. Bu usul yordamida ota-ona belgilarini naslga o‘tishini, duragaylash usuli yordamida tahlil qilib boriladi. Duragaylash usuli genetik tahlilning asosi bo‘lib u o‘z ichiga matematik statistika usullarini ham oladi.

  2. Statistik usul. Irgiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini statistik usullar yordamida tahlil qilib kuzatib boriladi.

  3. Sitologik usul yordamida irsiyatning moddiy asosi, hujayra tarkibidagi o‘zgarishlar yorug‗lik va elektron mikroskoplar yordamida kuzatib boriladi, bunda bioximiyaviy, fiziologik va boshqa usullar ham birga olib boriladi.

  4. Ontogenetik usul. Genlarning ta‘siri va ularni organizm individual rivojlanishida yuzaga chiqishi har xil muhit sharoitda nomoyon bo‘lishi o‘rganiladi.

  1. Genetika fanini alohida fan sifatida yuzaga kelishida biologiya fanida ochilgan yirik kashfiyotlar ta‘sir ko‘rsatdi. SHuning uchun genetika fanning rivojlanish tarixi uch davrga bo‘linadi:

  1. Birinchi davr 1865-1910 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davr chex olimi G.Mendel nomi bilan bog‗liq. 1865 y. Brno shahridagi (CHexoslovakiya) tabiatshunoslar jamiyatida Mendel no‘xat o‘simligi duragaylari ustida olib borgan ishlarining natijasini e‘lon qildi. U no‘xat o‘simligining har xil navlarini chatishtirib belgilarni keyingi bo‘g‗inlarga berilish tartibini kuzatib bordi va ma‘lum qonuniyatlarni aniqladi. Bu qonunlar quyidagilardan iborat:

1Ustun kelishlik yoki bir xillik .
2.Avlodlarda elgilarning ajralish xodisasi
Z.Irsiy belgilarning yoki genlarni mustaqil taqsimlanish konini. Mendel ochgan bu qonunlar o‘z davrida fanda olimlar tomonidan tan olinmadi. CHunki bu hodisani boshqa ekinlarda ham tekshirib ko‘rish zarur edi. 1900 y. uch botanik olimlar: Gollandiyada G.De-Friz, (enotera va lolaqizg‗aldoq), Germaniyada K.Korrens (makkajo‘xori) va Avstraliyada Z.CHermak (no‘xat) o‘simlik duragaylari ustida ish olib borib, ular bir-biridan xabarsiz G.Mendel aniqlagan qonunlarni qayta ochib uni to‘g‗ri ekanligini tasdiqladilar, SHuniig uchun 1900 yil genetika fanini tug‗ilish yili deyiladi.
Ikkinchi davr 1911-1953 yillar hisoblanadi. Bu davrda irsiyashi moddiy negizini aniqlash ustida kuzatishlar olib borildi. 1911 yilda Amerika genetigi Tomas Morgan va uning shogirdlari irsiyashing xromosom nazariyasini yaratdi. U drozofila - meva pashshasi bilan olib borgan tajribalarida belgilar naslga o‘tishi xromosomalar bilan bog‗liqligini, genlar xromosomalarni moddiy bo‘lakchalari ekanligini, ular xromosoma tarkibida zanjir shaklida joylashgan bo‘ladi degan ta‘limoshi yaratdi. T.Morgan aniqlagan bu yangilik keyinchalik boshqa olimlar laboratoriya ishlarida ham tasdiqlandi va genlar hujayra yadrosi tarkibidagi xromosomalarda joylashganligi va ular jinsiy hujayralar orqali urug‗lanish davrida naslga o‘tishi tasdiqlandi.
1925 yilda. G.A.Nadson va G.S.Fillipov birinchi marta zamburug‗larga radiy nuri, 1927 1.G.Meller drozofila pashshasiga rentgen nuri ta‘sir ettirib irsiy o‘zgarishlar mutatsiya hosil qilish usulini ishlab chiqdilar.

1928 yili Angliya bakteriologi F.Griffits va 1944 yili Amerika mikrobiologi O.Everi bakteriyalar ustida olib borgan tajribalarida irsiy modda oqsil emas DNK ekanini isbotladilar.


Uchinchi davr 1953 yildan boshlab irsiyashing moddiy negizini o‘rganish yana chuqurlashdi, uni molekulyar darajasida o‘rganish boshlandi, elektron mikroskoplar yordamida xromosomalar tarkibi ikki ipsimon molekula bog‗lamlari DNK-dan iboratligi aniqlandi. 1953 yili Amerika olimlari Dj.Uotson va F.Krik DNK molekulasi tuzilish modelini aniqladilar. 1957 y. A.Korenberg laboratoriya sharoitida birinchi marta DNK molekulasini sintez qildi. 1961-62 yillar M.Nirenberg, G.Mattey, S.Ochoa va F.Krik irsiyat kodini, oqsil tarkibiga kiruvchi 20 ta amino-kislotalar uchun mos bo‘lgan nukleotidlar tripletini ochib berishdi. Fransuz mikrobiologlari F.Jakob va J.Mono hujayrada oqsil sintezini boshqarish nazariyasini yaratishdi. 1969 y. G.Xorana laboratoriyada zamburug‗ hujayrasining genini sun‘iy sintez qildi. 19700y. AQSH Viskon universiteti olimlari tomonidan m-RNK asosida DNK molekulasini sintez qilishda ishtirok etuvchi trakskriptaza fermentining ochilishi katta yutuq bo‘ldi.

  1. Download 0.97 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling